-§ Fizika o’quv mashg’ulotlarini tashkil qilish va ularni loyihalashtirish




Download 1,23 Mb.
bet4/8
Sana16.02.2024
Hajmi1,23 Mb.
#157587
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qadamova Zuxra. kurs ishi (2)
Avazjon, ХФХ-1 мажмуа 2021 (1), Plant genetic engineering and genetically modified crop breeding history and current status, MUHAMMAD ALI , Shovqin va titrashning Ularning inson organizmiga zararli ta´sir-fayllar.org, 5-mavzu. Marketing tizimi va sohasi-fayllar.org, 2 Elektr tokining asosiy xarakteristikalari. Om qonuni. Tokning -fayllar.org, 13816, 5-ma`ruza elektronika leksiya (1), referat Sharipova S, Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari, 10-tajriba ishi, shartnoma Nilufar, 8-9-amaliyot Abror Inoyatov OS, 5-ma\'ruza Saralash algoritmlari 2(uzb)
1.2-§ Fizika o’quv mashg’ulotlarini tashkil qilish va ularni loyihalashtirish
Maktabda fizikadan o‘quv mashg'ulotlarini loyihalashtirish asosiy shakli u yoki bu turdagi darsdir. Dars qat’iy jadval asosida olib boriladi. Mashg'ulotlar sistemasi darsdan tashqari ekskursiyani, uy ishlarini, fakultativ mashg'ulotlarni, sinfdan tashqari ishlarni loyihalashtirishni ham o‘z ichiga oladi. O‘quv ishlarini loyihalashtirishda mashg‘ulotlarning barcha shakllarini e'tiborga olish kerak, chunki hammasi birgalikda ta'lim va tarbiyaning yagona sistemasini tashkil etadi. Ta’lim va tarbiyada asosiy rolni o'ynovchi dars pedagogika, psixologiya va didaktika prinsiplariga mos holda tuzilishi lozim. Didaktik maqsadlarga ko‘ra fizika darslarini loyihalashtirish quyidagi turlarga bolinishi mumkin:

  1. Yangi materialni o'rganish darsi.

  2. Qobiliyat va malaka hosil qilish. bilimni amaliyotga qo‘llash darsi.

  3. Avval o‘rganilganlarni takrorlash va umumlashtirish darsi.

  4. Bilimni nazorat qilish va hisobga olish darsi.

  5. Umumlashgan dars.

Endi esa O‘qituvchi va o‘quvchining dars jarayonidagi faoliyatlarini ko‘rib chiqaylik.
Darsning maqsadi va vazifalarini aniqlash.

  1. Darsning boshlang'ich qismini tashkil qilish.

  2. Olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash.

  3. O‘rganilayotgan material ustida ishlash:

  1. yangi material bilan tanishish;

  2. egallangan bilimlarni takrorlash, takomillashtirish va qo‘llash.

  1. Bilimni sistemalashtirish va umumlashtirish.

  2. Uyda ishlashni tashkil etish.

Qayd qilingan har bir harakat ustida chuqurroq to‘xtalib, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘z faoliyatida qanday funksiyalarni bajarishini ko‘rib o'tamiz.
Darsning maqsadini va vazifalarini aniqlash o'qituvchi faoliyatining asosiy qismini tashkil etadi. U o‘quv dasturini, o‘quv qo‘llanmalari yoki darslikni tahlil qilish va o‘quv jarayonini mavzular bo‘yicha rejalashtirish asosida amalga oshiriladi. Darsning maqsadi — o‘qituvchi o'quvchilarning aniq harakatlarida ko‘rishni mo‘ljallagan pirovard natijadir. Shuning uchun u fizik bilim loyihasida o‘rganilayotgan elementni va o‘quv materialini o'zlashtirish darajasini aks ettiradi, hamda o‘quv qo‘llanmasining aniq mazmuniga mos keladi. Didaktik maqsadni aniqlash ham juda muhim. Chunki uning amalga oshishi o‘qituvchining dars jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini qanday tashkil etishdagi harakatiga bog‘liq. Darsdan oldin o‘qituvchi darsni loyihalashtirishdagi vazifalarini sinf jamoasining xususiyatlariga, moddiy baza va mehnatning tashkil qilinishiga mos keladigan qilib tuzadi va konkretlashtiradi. Aniq va to‘ldirilgan vazifalar majmui dars maqsadi bilan birgalikda o‘qituvchining o‘quvchilar faoliyatiga rahbarlik qilish faoliyatini belgilaydi. Bu o‘zaro bog‘liq faoliyatlaming tashkil qilinishi o'qitish uslubini asosli holda tanlash bo'ladi. Darsning boshlanish qismining tashkil etilishi tarbiyaviy ishlarni hal qilishga yo‘naltiriladi. Darsning bu qismida ma’lum dars usullaridan foydalangan holda o ‘qituvchi o‘quvchilarning darsga umumiy tayyorgarligini ta’minlaydi. Avval olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘qituvchi tekshirish-baholash, tajriba; mashq qildirish va yo‘naltiruvchi ishlar orqali aniqlaydi. Agar o‘quvchi faoliyati va uni tashkil etish haqida gapiradigan bo’lsak, darsning bu qismi o ‘quvchining keyingi ishiga omil berishi, yangi materialni o‘rganishga tayyorligini ta’minlashi kerak. Yangi material ustida ishlash darsning maqsadi va vazifalarini belgilaydi. O‘qituvchi dars maqsadidan kelib chiqib, o‘quvchilarning rejalashtirilgan o‘zlashtirish darajasiga qarab o‘quvchilar faoliyatini tashkil qilish yo‘llarini o‘ylab topadi. Darsning bu loyiha ikki bosqichga bo'linadi. Ulardan biri yangi material bilan tanishishdir. O‘qituvchi faoliyatida bu loyihada yangi bilim va malakalarni ochish funksiyasini bajaradi, o‘quvchilar faoliyatini o‘rganilayotgan materialni umumiy tanishish darajasiga mos holda tashkil etadi. Ikkinchi loyiha bilimning rejalashtirilgan darajasini ta’minlash. Bu loyiha bilimni o‘zlashtirishning yuqoriroq darajasiga to‘g‘ri keladi. O‘qituvchining hamda o‘quvchining boshqa turli faoliyatlarini talab qiladi. Material mazmunidan darsning belgilangan maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib, bu loyiha turlicha bo‘lishi mumkin. U materialni takrorlash sifatida bo‘lishi mumkin. Bu holda o‘qituvchi faoliyati asosiy momentlarni ajratish va takrorlashga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilar faoliyati materialni eslab qolish va tushunish darajasiga qarab tashkil etiladi. Bu yerda o‘qituvchi faoliyati bilimning qo’llanilishi bo‘yicha o‘quvchilar ishini tashkil etishga qaratiladi, ya’ni egallangan ko‘nikmalarni amalda qo’llanishiga katta e’tibor beriladi. Bilimni sistemalashtirish va umumlashtirish qismida, o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini o ‘rganilayotgan yoki o ‘rganilgan materialdan asosiy narsani ajratishga qaratishi lozim. O‘quvchilar faoliyati turli bilimlar va ularning komponentlari o‘rtasidagi mazmuniy-mantiqiy aloqalami tushunish va anglash darajasida tashkil etiladi. Boshqa masalalarni ham hal etish mumkin. Masalan, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini fan, texnika, hayotga tatbiq qila olishlarini loyihalashtirish, o‘rganilayotgan materialning asosiy g‘oyasini o'quvchilarga ajratib ko‘rsatish. Bu masalalarni hal qilishda o‘quvchilar o‘zlarining bilim va malakalari ustidan o'zlari nazorat o'rnatadilar. Uy ishini tashkil qilish. O‘qituvchi faoliyati o'quvchiga uy vazifasini bajarishga yordam uning tashkil qilinishini ko‘zda tutadi. Darsning umumiy o‘quv jarayonida uy ishi o‘quvchi uchun boshqa vazifalar bilan bir qatorda o‘z - o‘zidan nazorat va bilim, malakalar egallash bo‘yicha o‘z faoliyatlarini baholash funksiyasini bajaradi.
Misol tariqasida quyidagi darsni loyihasini ko’rib chiqamiz.
M a v z u : M olekulalarning o ‘zaro t a ’sir kuchi.
D a r s n i n g m a q s a d i . 0 ‘quvchilar m olekulalarning o ‘zaro t a ’sirining o‘ziga xos xususiyatlarini o ‘zlashtirishlarini ta ’minlash.
D a r s n i n g v a z i f a l a r i .
T a ’lim vazifasi:
— molekulalarning o'zaro ta ’siri haqidagi bilimni kengaytirish va chuqurlashtirish; o'zaro ta ’sir obyektlarining (atomlarning, molekulalarning) ajralmas xossasi ekanini ko‘rsatish;
— molekulalarning o‘zaro ta’siri elektron magnit tabiatga egaligini ko‘rsatish; kuch
— jismlaming va zarralarning o'zaro ta ’sirining asosiy xarakteristikalaridan (xususiyatlardan) biri ekani haqidagi o ‘quvchilar tasavvurini kengaytirish;
— o‘rtaga tashlangan qoida yoki qonunni asoslash uchun material tanlash mahoratini shakllantirish.
Tarbiyaviy vazifasi:
— molekulalarning o'zaro ta’siri hodisasida qarama-qarshi ta’sir qiluvchi tomonlarni ko'rsatib, o‘quvchilarning qarama qarshiliklar kurashi va birligi qonunini tushunishlariga olib borish;
— empirik va nazariy umumlashtirish (tasvirlash va tushuntirish) funksiyalari bilan tanishtirish.
Fikrlashni rivojlantirish:
— asosiylarni ajratishga muvofiq holda ma’lum bo’lgan berilganlarni umumlashtirish mahoratini shakllantirish.



  1. Download 1,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§ Fizika o’quv mashg’ulotlarini tashkil qilish va ularni loyihalashtirish

Download 1,23 Mb.