• (V,P; V,T; P,T)
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 1,23 Mb.
    bet6/8
    Sana16.02.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #157587
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Qadamova Zuxra. kurs ishi (2)
    Avazjon, ХФХ-1 мажмуа 2021 (1), Plant genetic engineering and genetically modified crop breeding history and current status, MUHAMMAD ALI , Shovqin va titrashning Ularning inson organizmiga zararli ta´sir-fayllar.org, 5-mavzu. Marketing tizimi va sohasi-fayllar.org, 2 Elektr tokining asosiy xarakteristikalari. Om qonuni. Tokning -fayllar.org, 13816, 5-ma`ruza elektronika leksiya (1), referat Sharipova S, Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari, 10-tajriba ishi, shartnoma Nilufar, 8-9-amaliyot Abror Inoyatov OS, 5-ma\'ruza Saralash algoritmlari 2(uzb)
    2.2-§ “molekulyar fizika va issiqlik” bo’limi mavzularini loyihalashtirish.
    Molekulyar fizika umumiy o’rta ta’lim fizika kursining asosiy bo’limi bo’lib, jismlarning mexanik va issiqlik xossalarini, jismlarning tuzilishi, ularning zarralar-molekulyar atomlar, ionlar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlarini issiqlik harakati harakteriga bog’liq holda o’rganadi.
    SHuningdek, molekulyar fizikada moddalarning 3 holatda bo’lishi, ya’ni kristall jismlarning erishi va kristallanishi, kondensatsiya va bug’lanish, moddalarning 3 holati chegarasida buladigan hodisalarni o’rganiladi. Molekulyar fizika termodinamika va statistik fizika bilan uzviy bog’langan. termodinamika va modda tuzilishining molekulyar kinetik nazariyasi bir xil fizik muammolarni hal etishda yaratilgan.
    Issiqlikning molekulyar kinetik nazariyasi yaratilishida statistik fizikaga asos solindi. Statistik fizikaning vazifasi, xossalari, ma’lum bo’lgan ko’p sonli zarralar (molekula, atom va boshqalar) dan tashkil topgan, makroskopik fizik sistemalar xossalarining o’rganish edi. Fizik sistema xossasini o’rganishning 2 fenomenologik (jismlarning molekulyar tuzilishi qaralmaydi) va statik (ichki tuzilish) metodlar mavjud. Issiqlikning molekulyar kinetik nazariyasi statistik fizikaning asosiy qismini tashkil etadi.
    Issiqlik hodisalarini o’rganish jarayonida bu 2 metoddan ham foydalaniladi. O’quvchilarni bu metodlar bilan o’quv darslarida ko’zda tutilgan eng sodda fizik hodisalar misolida tanishtirish mumkin.
    Gazlar molekulyar kinetik nazariyasining asosiy tenglamasini chiqarish, gaz molekulalarining tartibsiz harakati, Broun harakati, kabilar yordamida o’quvchilarda ba’zi statistik tasavvurlarni shakllantirish mumkin.
    Mexanikani o’rganishdan molekulyar fizikani o’rganishga o’tish o’quvchilarning bilish, olamini fizik manoda tushunish va ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muxim bosqich hisoblanadi. O’quvchilarga molekulyar fizikadan boshlang’ich bilim berila boshlaganda tabiatni bilishda fizikaning qudratini ko’rsata bilish kerak. Fizik olimlar molekulalarni ko’rmasdan to’rib ularni o’lchamlarini bila olganligiga o’quvchilar diqqatini qaratish zarur. Bu o’z navbatida xossalari avvaldan belgilangan materiallar yaratishga imkon beradi.
    Molekulyar fizikada o’quvchilar materiya harakatini yangi shakli-issiqlik bilan tanishadilar, bu yerda klassik mexanikada foydalanilmagan fizik kattalik harorat kiritiladi.
    Mexanik hodisalariga qaraganda issiqlik hodisasining yangi sifatiga 2 faktor modda strukturasining diskretligini va o’rganilayotgan fizika sistemani tashkil etgan o’zaro ta’sirlashuvchi zarralar (molekula, atomlar) sonining ko’pligi sabab bo’ladi, maktab fizika kursi molekulyar kinetik tasavvurlar asosida gaz bosimi va harorati tenglamalarini keltirib chiqarishni nazarda tutadi. Bilamizki, gaz bosimi:
    molekulalarning kinetik energiyasi, u holda gaz bosimi: ni hisobga olsak. ga teng bo’ladi.
    bu yerda - molekulyar konsentratsiyasi.
    - ideal gaz molekulalarining ilgarilanma harakatidagi o’rtacha kinetik energiyasi.
    K- Bolsman doimiysi.
    Bu tenglamalar gazlarning makroskopik parametrlari ( R - bosim va T - harorat) bilan gaz molekulalarining o’rtacha kinetik energiyasi, ya’ni molekulalarning o’rtacha tezlik va massasi kabi mikrostatik kattaliklar orasidagi bog’lanishlarni ifodalaydi.
    Bu bog’lanishlar statistik manoga ega. SHuning uchun molekulyar kinetik nazariya asosida keltirib chiqargan gaz qonunlari statistik qonun hisoblanadi. Tabiatda qayerda sistemani tashkil etgan ko’p sonli zarralar ishtiroq etgan bo’lsa, usha yerda bu qonunlar o’rinli bo’ladi. Bizning davrimizda moddalarning molekulyar tuzilishi gipoteza bo’lmay eksperimentda to’la tasdig’ini topdi. Bu tasavvurlar A.Eynshteyn, M. Smoluxovskiylarning nazariy ishlarida, Broun, Pirrenlarining eksperimental tekshirishlarida to’la tasdig’ini topdi.
    Kundalik tajribalardan ma’lumki fizik kattaliklar kiritilganda ularni o’lchash usullari tushuntirib berilishi kerak. Biroq maktab kursiga Avogadro soni kiritilganda uni eksperimental aniqlash yo’llari bayon etilmagan.
    Bunga sabab, Avogadro soni (yoki boshqa fizik kattaliklar) uchun formula chiqarish birmuncha metodik qiyinchiliklariga bog’liq. Biroq agar tegishli formulalarni keltirib chiqarishni emas, o’lchash uchun bajariladigan tajribalarni moxiyatini bayon etishi maqsad qilib ko’yilsa, bu qiyinchiliklardan qutilish mumkin. Maktabda masalan gravitatsion doimiy (g) ning qiymatini aniqlash yoki Rezerford tajribasidagi zarralarini burchakli sochilishini o’rganish tajribasi shunday qilingan. Bu esa Avogadro sonini aniqlashda ham bunday usuldan foydalanish mumkin ekanligini ko’rsatadi.
    Maktab fizika kursida molekulalarning o’lchamlari, massa va tezliklarini, Avogadro sonini aniqlash, gaz molekulalarining tezliklari bo’yicha taqsimlanishini tajribada isbotlash imkoniyati mavjudligini ko’rsatuvchi bir usulini qarash ko’zda tutiladi. Garchi kattaliklarni aniqlashni bir necha usullari bo’lsa ham, vaqtning chegaralanganligi tufayli hammasi haqida ma’lumot bera olmaymiz. Fizikaga molekula kattaliklarning aniqlanishiga doir ko’plab tajribalarni maktabda ko’rsatib bo’lmasa ham, bu tajribalarni bayon qilish, o’quv filmlari yordamida ko’rsatish (molekulyar va molekulalar harakati o’quv filmi “SHtern tajribasi” kino parchasi) shuningdek tajriba g’oyasini tutuntiruvchi modellar, asbob va qurilmalar tuzilishini ko’rsatish bilan kifoyalanish mumkin. SHuni ham aytib o’tish lozimki, yuqori sinflarda o’quv materialini bayon qilishda deduktiv metoddan foydalanish lozimdir.
    METOD
    Bunga sabab quyidagilardir:
    Birinchidan deduktiv metod - o’quvchilar tafakkurini rivojlantiradi.
    Ikkinchidan deduktiv metoddan foydalanish imkoniyati tabiatning fundamental qonunlari aytarli ko’p emasligini tasdiqlaydi. Ulardan xususiy hol sifatida alohida qonunlar hosil bo’lib, fan taraqqiyotida mustaqil bo’lib qolgan. Masalan, keyingi vaqtlarda ideal gaz holat tenglamasi fundamental fizik qoida kuchini egalladi, gaz qonunlari (Boyl-Mariott, Gey Lyussan, SHarl qonunlari) bu tenglamani xususiy yechimlari hisoblanadi. 1990 yilgacha bo’lgan o’quv adabiyotlari esa avval Boyl-Mariott, Gey-Lyussak qonunlarini o’rganib, so’ngra ideal gaz holat tenglamasini keltirib chiqarar edi. Bunga nisbatan yangi metodika ancha qulay va tushuntirish oson hisoblanadi. Gaz qonunlarini bunday o’rganishda o’quvchilar xotirasi ayrim – ayrim ma’lumotlar bilan ortiqcha to’ldirilmaydi.
    Uchinchidan deduksiya kuchaytirilganda, umumiy qoidalarni chiqarish o’quvchilarning matematikadan olgan bilimlaridan kengroq foydalanishiga imkon beradi. Bu bilan fizika bilan matematika orasida bog’lanish ham amalga oshiriladi.
    Bundan tashqari IX sinf o’quvchilarining matematik bilimlari grafik ifodalardan (to’rt burchakli koordinatalar sistemasidan) keng foydalanishga imkon beradi. Molekulyar fizika va issiqlik bo’limida turli izojarayonlar (V,P; V,T; P,T) dagi grafik ifodalar hamda modda holat diagrammasidagi o’zgarishlarning grafik ifodalari katta o’quv ahamiyatiga ega. Bu grafiklar gazlarni holatini, issiqlik jarayonlari borishi dinamikasini ochib beradi.
    Moddalarning molekulyar tuzilishini o’rganish materialshunoslik masalalarida maxsus ahamiyat kasb etmoqda. Avvaldan berilgan xossali materiallar yaratish hozirgi vaqtda mexanik jihatidan muxim masala hisoblanadi. Bu haqida rus olimi A.F. Ioffe shunday degan edi: “Hozirgi zamon texnikasi mashinalarda temir va pulat, elektrotexnikada mis va smolalar, qurilishda g’isht, yoqilgi sifatida ko’mir va neft kabi materiallarni tor doirasidan allaqachon chiqib ketgan. YAngi vazifalar har biri alohida hol uchun maxsus yangi materiallar talab qiladi. Rangli va yengil qotishmalar, plastmassalar, yarim o’tkazgichlar, yangi qurilish materiallari va boshqa ko’pdan ko’p materiallar paydo bo’ldi.
    Yangi materiallarning har birining o’ziga xos xususiyatlarini uning afzalliklarini tushuntirish uchun uning atomlarini bir butun bog’lab turuvchi hamda ularni o’zaro bir biriga bog’lab turuvchi kuchlarini tabiatini bilish kerak. Kristal yoki shishani hosil qiluvchi, erish va bo’g’lanishni yuzaga keltiruvchi, kimyoviy kuchlarini (keramika, g’isht, sement) bog’lovchi organik dunyoning turli ko’rinishlarini hosil qiluvchi kuchlarning tabiatini bilish kerak!”
    Keyingi yillarda fanning yangi fizikaviy-kimyo degan fanlar aro bog’lanish soxasi yaratildi. Bu soxa mexanik xossalari tuzilishi oldindan ma’lum bo’lgan qattiq jismlar qurilish va kanstavar materiallari hosil qilish usullari va qonunlarini, bu xossalarning tuzilish va tashqi ta’sirga bog’likligini aniqlab beradi. Bu yangi fizikaviy kimyo fani ko’p jihatdan qattiq jism molekulyar fizikasiga asoslangan.
    Xozirda o’rta umumta’lim maktablarda o’rganilayotgan qattiq jism fizikasini hozirgi zamon fanidagi ahamiyatiga ko’ra shunday xulosaga kelish kerak-ki maktab fizika kursining molekulyar fizika bo’limida qattiq jislarning mexanik va issiqlik xossalarini bayoni, elastiklik, plastiklik, mo’rtlik va qattiqlik kabi makroskopik harakteristikalarini tushuntirishi bilan birga, xossalarining modda tuzilishi bilan bog’likligini ko’rsatish kerak.
    SHu yerda o’rta umumiy ta’lim maktablarida fizika darslarida modda to’zilishini o’rganish quyidagi ko’rinishida bayon qilinishini ko’rsatib o’tish kerak.

    Download 1,23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 1,23 Mb.