• Avagadro doimiysi
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi




    Download 1,23 Mb.
    bet7/8
    Sana16.02.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #157587
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Qadamova Zuxra. kurs ishi (2)
    Avazjon, ХФХ-1 мажмуа 2021 (1), Plant genetic engineering and genetically modified crop breeding history and current status, MUHAMMAD ALI , Shovqin va titrashning Ularning inson organizmiga zararli ta´sir-fayllar.org, 5-mavzu. Marketing tizimi va sohasi-fayllar.org, 2 Elektr tokining asosiy xarakteristikalari. Om qonuni. Tokning -fayllar.org, 13816, 5-ma`ruza elektronika leksiya (1), referat Sharipova S, Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari, 10-tajriba ishi, shartnoma Nilufar, 8-9-amaliyot Abror Inoyatov OS, 5-ma\'ruza Saralash algoritmlari 2(uzb)
    Moddalarning tuzilishi shakli

    Jadvaldan ko’rinib turibdiki o’quvchilar xayolida moddalar faqat molekulalardan tuzilgan degan fikrni o’zi qolmasligi kerak, balki molekulalar, atomlar, ionlar, protonlar, neytronlar, elektronlar moddalarni tashkil etgan har xil zarrachalar ekonomligi haqida ham atrofligicha ma’lumot berish kerak. Ana shunday ma’lumotlardan keyin talablarga ayrim-ayrim mavzularni bayon qilish mumkin, birinchi darsda molekulyar kinetik nazariya nima? degan savolga javob berishimiz kerak. Jismlarning barcha xossalari ularni tashkil etgan molekula va atomlarining harakati va o’zaro ta’siridan vujudga keladi deb tushuntiradigan nazariyaga molekulyar kinetik nazariya deyiladi.
    Bu nazariya uchta qonun qoidaga rioya qilishi ham tushintiramiz.
    SHu yerda zaytun moyi molekulasining diametrini aniqlashga doir tajriba tafsilotini tushuntirib berish zarur hamda molekulalar soni nisbiy molekulyar massa, molekula massa, Avagadro doimiysi, modda miqdori kabi fizik kattaliklar haqida talabalarga ma’lumot berishimiz kerak.
    Moddaning Mr nisbiy molyar (atom) massasi deb shu molekula (atom) massasi ( M0 ) ning uglerod atomli massasi M0 ning 1/12, qismicha nisbatiga aytiladi.

    Hamma kimyoviy elementlarni nisbiy atom massalalari juda aniq o’lchab topilgan. Modda molekulasi tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy atom masalalarini hisoblab topish mumkin. Masalan, karbonat angidrid SO2 ning nisbiy molyar massasi 44 ga teng. CHunki uglevodlarning nisbiy atom massasi 12 ga teng kislorodniki 16 ga teng SO2 suvniki esa
    Modda miqdori. Halqaro birliklar sistemasida modda miqdori mal hisobida ifodalanadi. Bir mol – moddaning shunday miqdoriki, undagi molekula va atomlar soni massasi 0, 012 kg bo’lgan ugleroddagi atomlar soniga teng.
    Demak har qanday moddaning mol miqdoridagi atom yoki molekulalar soni bir xil bo’ladi. Bu son XIX asrda yashagan va topgan italiya olimi Avagadro sharafiga Avagadro doimiysi deb ataladi. Uglerod atom massasi mos = 1,995 · 10-26 kg ga teng ekanligi topilgan.
    Avagadro doimiysini topish uchun bir mol miqdoridan uglerodni massasini uglerod atomi massasiga bo’lish kerak.

    Modda miqdorini topish uchun moddadagi atomlar soni N ni Avagadro doimiysi Na ga bo’lishi kerak.

    Ikkinchi tomondan modda miqdorini topish uchun modda massasi m ni molyar massasi M ga bo’lish kerak.

    Keyingi darsda Broun harakati, qattiq, suyuq, gazsimon jismlarning molekulyar tuzilishidagi farqi haqida ma’lumot berilgach, gazlar molekulyar kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi
    ni muxokama asosida keltirib chiqariladi.
    SHundan so’ng ideal gaz haqida ma’lumot berilib ideal gaz holat tenglamasi keltirib chiqariladi. Makroskopni parametrlar bo’lish R,U,T ni bir biriga bog’lavchi tenglamani ideal gaz holat tenglamasi deb ataladi.
    Bilamizki – (1)
    Bu yerdagi – (2) ga teng edi.
    (3)
    (4)
    Bu yerdagi – (5) desak,
    (6) hosil bo’ladi.
    Bu yerdagi R – gazlarning universal doimiysi deb ataladi.
    ga teng.
    (6) Formulani MENDELEYEV-KLAPEYRON tenglamasi deb ataladi.
    (6) Formuladagi ko’rinishdagi tenglama hosil bshladi. Bu tenglamani KLAPEYRON tenglamasi deb ataladi. Berilgan gaz bosimini xajimiga ko’paytmasini absolyut temperaturaga nisbati o’zgarmas kattalikdir.
    SHuni ham ta’qidlab o’tish lozimki 1990 yilgacha foydalanilgan 10 sinf fizika darsliklarida avval gaz qonunlaridan BOYL-MARIOT, GEY-AYUSSAK, SHARL qonunlari asosida KLAPEYRON tenglamasi keltirib chiqarilar edi. Bunda har xil qonunni o’rganishda alohida soat ajratilar edi, natijada vaqtdan yutkazilar edi. Bu esa metodik jihatidan noto’g’ridir. Xozirda KLAPEYRON tenglamasining xususiy holi sifatida gaz qonunlarini hozirgi metodik adabiyotlarda hamda darsliklarda bayon qilingandek o’tilsa maqsadga bo’ladi.
    Mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollarga javob toping va yozing.
    1. Avagadro doimiysi nima va uni qanday qilib aniqlanadi?
    2. Bolsman doimiysini ma’nosi nima va uni qanday aniqlanadi?
    3. Molekulyar kinetik nazariya deb qanday nazariyaga aytiladi?
    4. Modda miqdori va uning birlik haqida ma’lumot bering?
    XULOSA
    Ta’lim jarayonida o’quvchining faolligi-tamoyili didaktikada asosoiy tamoyillardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu tushuncha ostida o’quvchilarning o’quv faoliyatiga yuqori darajada qiziquvchanligi, bilimlar va ko’nikmalarni ongli ravishda o’zlashtirish, o’quv natijalarining samaradorligi tushuniladi. Bunday faollik oz-o’zidan paydo bo’lib qolmaydi. Shu sababli o’quvchilar faolligini oshiruvchi pedagogik metodlardan foydalanish zarurati paydo bo’ladi. Xorijiy hamda hamdo’stlik mamlakatlari amaliyotida muvaffaqqiyatli tadbiq etilayotgan ta’lim-tarbiya berishning interfaol usullari orqali dars o’tish o’zining samarasini bermoqda. Ushbu usullar bilan tanishish , ularni Respublikamiz ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash va olingan natijalarni tahlil etish davrimiz talabidir.
    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida maktab- internatlarida, akademik-litsey va kollejlarda fizika ta’limining ahamiyati, uning fan-texnika taraqqiyotiga, ishlab chiqarish sohalariga va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan belgilanadi.
    Maktabda fizika o’qitish ta’limining umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya’ni o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishi va o’stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirilishi, hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantirilishi lozim.
    Mazkur kurs ishida Fizika o’qitishda o’quvchilar o’quv faoliyati va qiziqishlarini nazorat qilish to’g’risida hamda, fizika fanini faqatgina darslikdan o’qib, yoki o’qituvchining ma’ruzasini tinglab o’rganish mushkulligi va ularning bilim ko’nikma malakalari haqida tushuncha berib o’tdik. Ta’lim oluvchilarda yetarli darajada bilim, ko’nikma va malakalar shakllanishi uchun ular fanga qiziqishlari, o’qituvchi yoki boshqa bilan fikr almashishlari kerak bo’ladi. Maktabda “Molekulyar fizika va issiqlik” bo’limi mavzularini loyihalashtirishda o’quvchilar eng avvalo dars loyihasi bilan tanishishlari kerak. Darsda o’rganiladigan mavzuning mazmunini inobatga olgan holda, o’quvchilardan kichik guruhlar tashkil etish, interfaol metodlardan foydalanish, ko’rgazmali qurollari, taqdimotlar slaydlar, multimedialardan foydalanib darsni tashkil qila olish dolzarb sanaladi. Fizika o’qitishda o’quvchilarning o’quv faoliyatini va ularning diqqatini nazorat qilish uchun eng avvalo, o’quvchilar qobiliyatini oshirish, ularni fizika fanida faol ishtirok etishi uchun ilmiy tadqiqot metodlaridan ham foydalanish kerak. Albatta, buni har bir darsda amalga oshirib bo’lmaydi, lekin imkon bo’lgan joyda uni qo’llash samarali natija berishi shubhasiz, chunki bu usul o’quvchilarga o’z bilimlarini yangi vaziyatda, yangi sohada qo’llash imkonini beradi.



    Download 1,23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Download 1,23 Mb.