|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti «Axborot tizimlari va texnaligiyalari»
|
bet | 10/12 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #254711 |
Bog'liq gulchehra yangi2.2.Ichki nazorat tizimlari.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holati to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lishning asosiy quroli bu ichki auditdir. Mamlakatimizda, mustaqil davlat sifatida olib borilayotgan islohatlar o’zining ijobiy natijalarini ko’rsat moqda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar texnik va texnologik yangilashni jadallashtirish va uni kulamini kengaytirish o’ziga xos richak vazifasini o’tamoqda. Shu xususida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ushbu fikrini eslatib o’tish o’rinlidir: «2013 yil va yaqin kelajakka mo’ljallangan dasturimizni amalga oshirishda iqtisodiyotimiz va uning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish va uning ko’lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy o’rin tutishi darkor. Bu borada 2013 yil uchun ishlab chiqilgan va 370 dan ortiq strategik muhim loyihani amalga oshirishni ko’zda tutadigan Investitsiya dasturi g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqsadlar uchun ajratilayotgan 13 milliard dollarning 75 foizini ichki manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan mablag’lar, qolgan qismini jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Ishlab chiqarish qurilishi uchun mo’ljallanayotgan jami investitsiyalarning qariyb to’rtdan uch qismini yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish uchun yo’naltirishga to’g’ri kelmoqda.Investitsiya dasturini amalga oshirishda O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi tobora muhim o’rin tutmoqda. 2013 yilda faqat Jamg’arma mablag’lari hisobidan qiymati 780 million dollarlik 34 tadan ortiq muhim loyiha, birinchi navbatda, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda barpo etilayotgan ob’ektlarni moliyalashtirish rejalashtirilmoqda».Korxona ichki auditi nazoratning bir shakli sifatida bozor munosobatlariga asoslangan tizimga mos keladi. Korxonaning turli xalkaro tashkilotlarda faol qatnashishi, jahon iqtisodiyot hamjamiyatiga qo’shilishi jarayonida iqtisodiy ko’rsatkichlarni xorijiy mezonlarga taqqoslanishi ichki auditning uslubiy tamoyillarini jahon amaliyotida qabul qilingan standartlar talabiga javob berishini ta’minlashni talab etmoqda. Iqtisodiyotini modernizatsiyalash
sharoitida korxonaning hisobotni ichki audit yordamida tasdiqlashning roli va ahamiyati ham oshadi, bu axborotlar investitsiya va moliyaviy faoliyatda turli bitimlar tuzish chog’ida boshqaruvga doir qarorlar qabul qilish uchun ham asos bo’ladi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda uning infratuzilmalaridan biri bo’lgan korxonalarda ichki auditorlik faoliyatini mujassamlashtirishda ichki audit faoliyatini kompyuterlashtirish ishlarini ishlab chiqish va uni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega va bu masalalar bilan Respublikamizdagi va xorijiy etuk oliml ar shug’ullanishmoqda.
1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar
Ichki nazorat tizimi va ichki auditning farqi quyidagicha: ichki nazorat korxonaning o’z maqsadiga erishishida doimiy ravishda faoliyat olib boradi. Ichki audit esa, ichki nazoratning bir elementi hisoblanadi. Ichki audit korxonaning ichki nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etiladi. Shu jihat bilan ichki audit xizmati va ichki nazorat tizimi bir-biridan farqlanadi.
Birinchi navbatda ichki nazorat tizimiga qo’yilgan asosiy talablarni ko’rib o’tamiz:
Har bir sub’ektning nazorat ostida bo’lishi. Korxonada faoliyat ko’rsatib kelayotgan xar bir sub’ekt nazorat ostida bo’lishi kerak. Har bir sub’ektning biriqtirilgan ishni bajarishi boshqa sub’ektlar tomonidan tekshirilishi, lavozim majburiyatida qayd etilishi lozim. Bir qator sub’ektlar tomondan ichki nazoratning qanday darajada olib borilayotganligini va holati, avvalo korxona rahbari qiziqishi lozim. Shuning uchun ham bu kabi sub’ektlar faoliyatining nazorati, korxona rahbari har xil turdagi ekspertlar yoki tashqi audit xizmatidan foydalanish mumkin.
Birinchi darajali nazoratni bir kishiga yuklamaslik. Bu holat, ya’ni nazoratni bir kishiga yuklash, o’z faoliyatini suiste’mol qilish yoki boshqa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Ma’muriyatni manfaatdor bo’lishi. Ichki nazorat tizimining amal qilishi boshqaruvning mansabdor shaxslarini halolligisiz, yetarli tartibdagi manfaatdorligisiz va qatnashishisiz samarali bo’la olmaydi.
Ichki nazorat sub’ektlarining vakolatliligi, vijdonli ekanligi va halolligi. Agar xizmat qilish funktsiyalariga nazorat qilishni amalga oshiradigan qiladigan korxona xodimlari, ushbu sanab o’tilgan tavsiflarga ega bo’lmasa, unda ichki nazorat tizimida xatto ideal ravishda tashkil etilgan ham samarali bo’la olmaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti «Axborot tizimlari va texnaligiyalari»
|