Avtomatikaning boshqarish sxemalari




Download 0,68 Mb.
bet5/12
Sana27.05.2024
Hajmi0,68 Mb.
#254711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
gulchehra yangi

1.3.Avtomatikaning boshqarish sxemalari.
Avtomatik tizimlar, elementlar va moslamalarning montaj, sozlash, rostlash, ekspluatatsiya qilish kabi ish jarayonlarni bajarish maqsadida avtomatik sxemalar-dan foydalinadi. Avtomatika sxemalari asosiy hujjat hisoblanadi va ular funksion-al, strukturaviy, prinsipial va montaj sxemalariga bo‘linadi.
Funksional sxemalar moslamalarni, elementlarni, vositalarni o‘zaro bog‘lanishlarini va xarakatlanishlarini ifodalaydi. Elementlar sxemada to‘rtburchak shaklida belgilinadi, ularning orasidagi aloqalar esa strelkali chiziqlar bilan belgilanadi. Strelkaning yo‘nalishi signalning o‘tishini ko‘rsatadi (1.3 - rasm).

Strukturaviy sxema avtomatik tizimni tashkiliy qismlarining o‘zaro bog‘lanishlarini ko‘rsatib, ularning dinamik xususiyatlarini tavsiflaydi. Strukturaviy sxemalar funksional va prinsipial sxemalar asosida ishlanadi.


Strukturaviy sxemada aniq vosita, rostlagich, element ko‘rsatilmasdan, balki o‘tayotgan fizikaviy jarayonning matematik modeli ko‘rsatiladi. Strukturaviy sxemada elementlar to‘rtburchak shaklida ifodalanadi va ularning ichida element-ning matematik modeli yoziladi (1.4- rasm).

Avtomatik rostlash tizimining keyingi tahlili elementlarning dinamik xarakteristikalarini aniqlash va tizimning strukturaviy sxemasini yaratishdan iborat bo‘ladi. Bu tizimning strukturaviy sxemasi 1.5 - rasmda keltirilgan.




Prinsipial sxemalar elementlarning o‘zaro elektrik ulanishlarni ifodalaydi. Ushbu sxemada avtomatika elementlari davlat standartlariga binoan belgilanadi. Prinsipial sxemadagi shartli belgilar butun mosmlamani, tizimning ish prinsipini tushunishga yordam beradi (1.6.- rasm).




Montaj sxemalar moslamalar orasidagi tashqi ulanishlarni yoki moslama ichidagi elementlarni o‘zaro ulanishlarni ifodalaydi. Ushbu sxemalar montaj ish-larini bajarayotganda ishchi chizmalar sifatida qo‘llanadi (1.7.- rasm).







Download 0,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatikaning boshqarish sxemalari

Download 0,68 Mb.