O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti «Axborot tizimlari va texnaligiyalari»




Download 0,68 Mb.
bet4/12
Sana27.05.2024
Hajmi0,68 Mb.
#254711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
gulchehra yangi

Avtomatika elementi deb o’lchanayotgan fizik kattalikni birlamchi uzgartiruvchi moslamaga aytiladi. Avtomatika elementlari turt xil tarkibiy belgilanish sxemalaridan iborat buladi: oddiy bir martali (birlamchi) tugridan-tugri uzgartirish; ketma-ketli tugridan-tugri uzgartirish; differensial sxemali; kompensatsion sxemali.
Oddiy o’lchash o’zgartirgichlari bir dona elementdan tashkil topgan bo’ladi. Ketma-ketli uzgartgichlarda esa oldindagi uzgartirgichning kirish kursatkichi keyindagi uzgartgichning chikishi xisoblanadi. Odatda birlamchi uzgartirgich sezgirlik elementi (SE), oxirgi (keyingi) uzgartirgich esa chikish elemeti deb yuritiladi. Uzgartirgichlarning ketma-ketligi ulanish usuli bir martali uzgartirishda chikish signalidan foydalanish kulay bulgan sharoitda qo’llaniladi.
Differensial sxemali o’lchash uzgartirgichlari nazorat qilinayotgan kattalikni uning etalon kiymatlari bilan solishtirish zarurati bulganda kullaniladi.
Kompensatsion sxemali uzgartirgichlar usuli esa yukori aniklik bilan ishlashi, universalligi xamda uzgartirish koeffitsiyentining tashki ta’sirlarga deyarli boglik emasligi bilan ajralib turadi.
Avtomatika elementlari tizimning eng asosiy qismi bo’lib, quyidagi funksiyalardan birini bajaradi:
- nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni qulay ko’rinishdagi signalga o’zgartirish (birlamchi o’zgartgich - datchiklar);
- bir energiya ko’rinishidagi signalni boshqa energiya ko’rinishidagi signalga o’zgartirish (elektromexanik, termoelektrik, pnevmoelektrik, fotoelektrik va xakozo o’zgartgichlari);
- signal tabiatini uzgartirmasdan uning kattaliklarini uzgartirish (kuchaytirgichlar);
- signalning kurinishini uzgartirish (analog-rakam, rakam analog uzgartkichlari).
- signalning formasini uzgartirish (takkoslash vositalari),
- mantikiy operatsiyalarni bajarish (mantikiy elementlar),
- signallarni taqsimlash (taksimlagich va kommutatorlar),
- signallarni saqlash (xotira va saklash elementlari),
- programmali signallarni xosil qilish (programmali elementlar),
- bevosita jarayonga ta’sir qiluvchi vositalar (ijrochi elementlar). Avtomatika elementlarining funksiyalari xar xil bulganiga karamay, ularning parametrlari umumiy xisoblanadi va ularga kuyidagilar kiradi:
- statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari;
- uzatish koeffitsiyenti (sezgirlik, kuchaytirish va stabilizatsiya koeffitsiyentlari);
- xatolik (nostabillik);
- sezgirlik chegarasi. Хar bir avtomatika elementi uchun turgunlashgan rejimda kirish x va chikish signallari u orasida u=f(x) bogliklik mavjud. Ushbu bogliklik elementning statik tavsifnomasi deyiladi. Ularni uch guruxga ajratiladi: a) chizikli, b) uzluksiz nochizikli, v) nochizikli uzlukli .
Avtomatika elementlarining statik tavsifnomalari. a) chizikli Ks= Kg=const; b) uzluksiz nochizikli; KsKgconst. v) nochizikli uzlukli KsKqconst. Avtomatika elementining ishlash sharoitlari turgunlashmagan, ya’ni x va u kiymatlarining vakt davomida uzgarishi dinamik rejim deyiladi. Chikish kiymatining vakt davomida uzgarishi esa dinamik tavsifnomasi deyiladi.
Avtomatika elementlari ma’lum inersionlikka ega, ya’ni chikish signali kirish signaliga nisbatan kechikish bilan uzgariladi. Elementlarning bu xususiyatlari avtomatik tizimning dinamik rejimdagi ishini aniklaydi.
Хar bir elementning umumiy va asosiy tavsifnomasi uning uzgartirish koeffitsiyenti, ya’ni element chikish kattaligining kirish kattaligiga bulgan nisbatiga teng.
Avtomatik tizimlarning elementlari mikdor va sifat uzgartirishlarni bajaradi. Mikdor uzgartirishlar kuchaytirish, stabillash va boshka koeffitsiyentlarni nazarda tutadi. Sifat uzgartirishada bir fizikaviy kattalik ikkinchisiga utadi. Bu xolda uzgartirish koeffitsiyenti element sezgirligi deyiladi.
Avtomatika elementining yana bir muxim tavsifnomasi - element (kirish kattaligi uzgarishiga boglik bulmagan) chikish kattaligining uzgarishidan xosil bulgan uzgartirish xatosidir. Bu xatoga sabab atrof-muxit xaroratining, ta’minlash kuchlanishining uzgarishi va kabilar bulishi mumkin.
Element xarakteristikalarining uzgarishi natijasida paydo buladigan xato nostabillik deb ataladi. Ba’zi elementlarning chikish va kirish kattaliklari o’rtasida ko’p qiymatli boglanish mavjud. Bunga kuruk ishkalanish, gisterezis va boshqalar sabab bulishi mumkin. Bunda kattalikning xar bir kirish kiymatiga uning bir necha chikish kiymatlari mos keladi. Sezgirlik chegarasining mavjudligi shu xodisa bilan boglik.
Kirish kattaligining element chikishidagi signalini sezilarli darajada uzgartirish kobiliyatiga ega bulgan kiymati sezgirlik chegarasi deyiladi. Avtomatika elementlari mustaxkamlik bilan xam xarakterlanadi. Elementlarning sanoat ekspluatatsiyasida o’z parametrlarini yo’l qo’yiladigan chegarada saklash qobiliyatiga mustaxkamlik deb ataladi. Mustaxkamlik elementni loyihalash vaqtida xisoblanadi va uni ishlab chiqarilgandan so’ng ekspluatatsiya jarayonida sinaladi.


Download 0,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti «Axborot tizimlari va texnaligiyalari»

Download 0,68 Mb.