“O’lkamda bahor” manzarasida» ishlatilgan rang usullari




Download 18,75 Mb.
bet11/19
Sana27.05.2024
Hajmi18,75 Mb.
#255155
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
1. (o’lkamda bahor)” (1)

2.2. “O’lkamda bahor” manzarasida» ishlatilgan rang usullari


Bahor manzarasida kompozitsiyasida ishlatilgan ranglar bir qancha bo’lib. hamma ranglarning o’z tusi va o’z manosi bor.


Bahor manzarasini bo'yoqlar vositasida tasvirga tushirar ekanman, ranglarning bir-biriga ta'sirini nazarda tutmoq va ranglar uyg'unligi asosida tasvirlamoq zarur.
Shunisi muhimki, tasvirda to'g'ri topilgan ranglar uyg'unligi, go'zallikni aniqlay olish bilan birga, nafis asar go'zalligini bilish ravnaqiga ham zamin yaratadi.
Musavvirlar amaliy-bezak ishlarida va rang uyg'unliklari ustida bosh qotiradilar, shu bilan ular narsa va buyumlar asl ranglarni ramziy yo'nalishlarga qarata oladilar. Naqshda kolorit uyg'unligiga barcha elementlar, rang kontrastlari va tus jilolari yordamida erishiladi.
Amaliy-bezak ishlarni bajarishda tanlangan rang, uning tasviriy bo'laklari, ritmik joylashuvlari, nimaga mo'ljallanganligi va nimadan yasalishi doimo nazarda tutiladi.
Dizayn yo'nalishida rang va shakl bog'lanishlari, bu narsaning qanday maqsadga mo'ljallanganligi, yorqinligi katta ahamiyat kasb etadi.
Rangtasvir asarlarini puxta egallash uchun rangshunoslik nazariyasini qunt bilan o'rganish va ranglarni to'g'ri nomlay olish zarur. Qadim ajdodlarimiz rang nomlarini buyum, narsa, ashe, o'simlik, gul va mevalar nomlari bilan atashga harakat qilganlar va bugungi kungacha bu nomlar o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Rangtasvirning ilmiy negizi rangshunoslik fani deyish mumkin. Rangshunoslik ilmi musavvirlar uchun zarur bo'lgan ranglarning tabiatda namoyon bo'lishi va tarqalishi, ularning o'zaro ta'siri, atrof-muhit ta'sirida o'zgarishlari hamda bo'yoq tayyorlash va undan foydalanish yo'llarini o'rgatadi. Tabiatda uch asosiy rang mavjud bo'lib, ular sariq, qizil va ko'k ranglardir. Ularning birikuvlari natijasida turli tuslar hosil bo'ladi.
Bo'yoq - mexanik yoki kimyoviy usul jarayonida tayyorlanib maxsus idishlarda saqlanadi. Bu idishlarda bo'yoq rang tuslari yozib qo'yilgan bo'ladi.
1. limon rang. 2. sariq rang. 3. mala rang. 4. to'q sariq rang. 5. oltinsimon sariq. 6. zarg'aldoq. 7. qizg'ish mala. 8. Sarg'ish jigarrang. 9. och qizil. 10 qirmizi. 11. qizil qirmizi. 12. yorqin qizil. 13. binafsha rang. 14. to'q ko'k. 15.ko'k. 16. havo rang. 17. yashil. 18. zumrad.19. Maysa yashil. 20.mosh rang. 21.to'q jigarrang. 22. och jigar rang. 23. qizg'ish jigarrang. 24. qora.
Bu bo'yoqlar, mavjud bo'lgan barcha ranglarga ega. Biz badiiy tasvirni ifodalashda bu kabi rang tuslaridan ko'plab foydalanamiz. Ranglarni bir-biriga aralashtirib kerakli nozik tuslarni hosil qilamiz. Shu bois rang va bo'yoqlar xususiyatlarini o'rganishda ularni maxsus guruxlarga ajratib qaraymiz.
Tasviriy san'atda tabiatni tasvirlash manzara janri deyiladi. Manzarachi musavvirlar o'z asarlarida ifodalagan obrazlari orqali tabiatni sevishga, e'zozlashga va bu go'zalliklardan zavqlanishga chorlaydilar. Manzara faqatgina tabiat go'zalligini namoyish qilibgina qolmasdan, turli g'oya va fikrlarni ham ilgari suradi. Ijodkor-musavvir har doim tabiatni sinchikovlik bilan o'rganmog'i va tafakkurini oshirib bormog'i zarur.
Xaqqoniy tasvirlash etyudning rangdorlik qatorining qurilishiga, naturaning rang munosabatlari mutanosibligiga asoslanadi. Rang munosabatlarini aniqlanishi bir vaqtning o‘zida manzara obyektlarini yaxlit taqqoslashda amalga oshiriladi. Shuning uchun plenerda ishlashdan oldin etiborni mavjud ko‘rinishning hammasini yaxlit idrok etishga yo'naltirish muhim. Faqat shunday yaxlit ko‘rish manzaraning asosiy obyektlari (osmon, yer, suv, old va uzoqdagi ko‘rinishlari) orasidagi ranglar farqini aniqlashga imkoniyat tug‘diradi. Manzaraning (osmon, yer, daryo va h.k) barcha obyektlarini ishlash vaqtida birdaniga yahlit ko‘rish qiyin.
Har qanday tasvir mayda qismlardan emas, yahlitlikdan boshlanadi. Dastlab katta umumiy shakl topiladi, keyin csa mayda bo‘laklari ishlanadi. Shu munosabat bilan tas­virlash jarayoni qoidasi mavjud: umumiydan-mayda bo‘laklarga va yana umumlashtirishga. Manzara etyudini ishlash yahlit asosiy munosabatlarni qurishdan manzara­ning asosiy obyektlari (osmon, yer, suv, old, o‘rta va olisdagi ko‘rinishlari bilan) orasidagi rang farqlaridan boshlanadi. Manzaraning obyektlaridagi asosiy munosabatlarning to‘g‘ri olinishi keyingi rang qurilishi, mayda bo‘laklarni tasvirlashda ishni osonlashtiradi. Agarda asosiy rang munosabatlari noto‘g‘ri topilgan bo‘lsa, reflekslar va ranglardagi nozik farqlar, mayda qismlarni qanchalik sinchiklab (astoydil) bajarilmasin, mazmunli tasvir hosil bo‘lmaydi.
Plenerda boshlang‘ich ishlar jarayonida kichik etyudlar (15 x l0 sm) bajarish zarur. Qo‘yilmadagi keskin kontrastlar (tusli va rangdorlik) ko‘rish taassurotlari bo‘yicha taqqoslanadi. Birinchi navbatda old ko‘rinish munosabatlari olisdagiga nisbatan aniqlashtiriladi. Qoida bo‘yicha kichik o‘lchamdagi etyudlarda maydalangan qismlarni idrok etish mumkin emas. Yosh rassom naturani aynan "ko‘chirmasdan", balki yaxlit rang munosabatlarida tasvirlaydi
Tus va rang munosabatlari metodi bilan etyudni bajarish aslida naturadagi och-to‘qlik, intensiv va to‘q rang dog’larni aniqlashdan boshlanadi. Ular oraliqdagi tus va rang dog‘larini kuchi jihatdan taqqoslanadi. Manzarada, masalan, quyosh nuri bilan yoritilgan yashil yalanglik eng yorug‘ va rang bo‘yicha yorqin bo‘lishi, to‘q tusda esa old ko‘rinish.
Manzaraning umumiy rang munosabatlarini topish maqsadida talaba vazifani yetarli darajada savodli uddalay olmasa qisqa vaqtli etyudlarni ko‘p marta takrorlash zarur. Dastlab tasvirlash uchun uncha murakkab bo‘lmagan yopiq kenglikli syujetlar (masalan, qisman hovlili uyni va h.k.), obyektlar bo‘lib hizmat qilishi mumkin. Keyin vazifani biroz murakkablashtirib, bir nechta ko‘rinishga (old, o‘rta va uzoq) ega bo‘lgan ochiq kenglikdagi manzarani tanlash zarur. Bu etyudlarda esa e’tiborni havoyi perspektivaga, osmon rangi, manzaraning barcha obyektlarini nozik farqlari bo‘yicha och-to‘qligi va to‘yingan ranglarining o‘zgarishlariga qaratish kerak. Ularni baravar idrok qilishda manzarani barcha ko‘rinishlarini taqqoslash yo‘li bilan sezish mumkin. Masalan, old ko‘rinishdagi daryo qirg‘og‘ini ikkinchi va yiroqdagi ko‘rinishlari bilan bir vaqt o‘zida osmonning suvdagi aksi bilan ham qiyoslanadi. Etyudning rangdor munosabatlari yaxlit belgilanmaguncha uning bir qismini tugatish mumkin emas. Har bir etyud 30 daqiqadan 1 soatgacha davom etadi.
Yoritilishning umumiy va rangli holati. Manzara etyudida yechiladigan muhim vazifa — turli ob-havoda, kunning istagan vaqtini, yoritilgan holatini tasvirlashdir. Professional tilda buni umumiy tus va rang holatini ko‘rsatishga aytiladi. Xoxlagan etyudning rang qatori faqat narsalarning ranglaridagi tus va rang munosabatlariga mos bo‘lmasligi kerak. Etyudning rang farqlari, albatta, naturaning yoritilgan holatini hisobga olib qurilishi zarur.
Bulutli kunda ko‘katlar rangi ancha quyuq (qoramtir) va kam to'yingan bo‘ladi. Qosh qorayganda hamma narsalar to‘qlashadi, qizil, zarg‘aldoq va sariq ranglar to‘yinganligi jihatidan xiralashadi, yashil bilan zangori rang esa faollashadi. Shuning uchun bunday holatlami hisobga olmasdan manzarani tasvirlab bo‘lmaydi. Kunning istalgan vaqtida yoki turli ob-havo sharoitida tasvirlangan etyudlar, umumiy tus va rang jixatdan bir-biridan farq qilishi lozim.
"Manzarada — deydi R. Falk, - asosiysi - havoyi muhitning rangli holatidir".
Manzara ko‘rinishlarini yuqori yoki past darajada yoritilgan holatini tasvirlash uchun to‘liq diapazonli och- to‘q, yorqin va qoramtir bo‘yoqlardan rassom har doim ham foydalana olmaydi. Ishni boshlashdan oldin rassom etyudda naturaning eng yorqin va intensiv qismlarini qanchalik yorug‘ va rang kuchlariga ega ekanligini aniqlaydi. Quyoshli kunda etyud bajarishda palitradagi yorqin va jozibali diapazonini to‘liq ishlatadi. Kechqurun yoki bulutli kunda etyuddagi rang munosabatlari to‘qroq va kam to'yingan bo‘yoqlar bilan ifodalanadi. Rangtasvirchi shunday qilib tus va rang ko‘lamini saqlab qoladi. Masalan, I. Repinning "Kursk guflerniyasida cherkov namoyishi" kartinasida ranglar nihoyatda jozibali. U asarda quyosh nurini sezdira olgan. Uning "Targ‘ibotchining hibsga olinishi” kartinasi qoramtir va quyuq bo‘yoqlar bilan tas­virlangan.
Manzara etyudining yoritilishi holatini puxta o‘rganish uchun bulutli, quyoshli kunda, yoz va qishda aynan bir mavzuni tasvirlash juda foydali. Qator bajarilgan etyudlarni solishtirib, manzaraning turli holatini jozibali xususiyatlarini sezish mumkin: barcha etyudlarda eng yorqin va ravshan dog‘lar palitraning yorqin to‘yingan bo‘yoqlarida tasvirlangan
Manzara obyektlarida kolorit birligi va yoritilish rangi. Manzarani munosabatlar metodi bilan tasvirlash jara­yonida yosh rassom tabiatning haqiqiy bo‘yoqlarini tushunishga, ularning asl rangini umumiy tusi bilan mosligini ko‘rishga birdaniga erishmaydi. Tabiatdagi bo‘yoqlarni noto‘g‘ri tahlil etish natijasida rassom rang va tus muno­sabatlarini adashtirib etyudni jozibali chiqishiga erisha olmaydi. Ayniqsa tajribasiz rassom yoritilishning umumiy rangi ta'sirida tabiatdagi o‘zgargan ranglarni yaxshi sezmaydi.
Ertalabki quyosh barcha narsalarga va manzara obyektlariga pushti — sariq nozik rangni, kunduzgi quyosh esa - oltinsimon, kechqurungisi - to‘q sariq yoki qizil rangni baxsh etadi. Tungi oy yorug‘ligi narsalar rangini ko‘kimtir yashil tomonga o‘zartiradi. Elektr chirog‘ida narsalar och- to‘q sariqni, sham esa - to‘q sariq bo‘yoqni xadya etadi. Demak, yoritilishning o'zgaruvchan sharoitida narsalar rangi yoritilish manbai ta'sirida bo‘ladi.
Yoppasiga bulutlar quyuni bilan qoplanib yorug‘ligi tarqatilgan osmonda narsaning shaxsiy rangi — ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bulutli kunning yengil tekis yorug‘ligi narsalarning shaxsiy ranglaridagi xarakter va xususiyatlarini aniqlashga imkon tug‘diradi.
Manzaraning turli yoritilgan holatdagi etyudlarni bajarish uchun bulutsiz quyoshli kun, bulutli osmondagi quyosh yorug‘ligi, kunbotar vaqt, bulutli kun, qosh- qoraygan paytlarni tanlash mumkin.
Bunday yoritilgan sharoitlarda mashqlarni bajara turib barcha e'tiborni tabiatdagi umumiy tus va rang holatining o‘zgarishlariga qaratish lozim. Manzara etyudlarida tus va rang yaxlitligi va birligini yo‘qligi ranglarning maydalanishiga va pala-partishlikka yo‘l qo‘yilishi ishning sifatini buzadi. Bunday etyud ifodali bo‘la olmaydi va tomoshabinga nozik ta’sir etmaydi. M.A. Vrubelning "Nastarin" va I.N. Kramskoyning "Oydin kecha" mavzuidagi asarlari rang jozibasi hamda asarning yaxlit topilishi bilan tomoshabinni o‘ziga maftun eta oladi
Manzarada mayda bo’laklarni tasvirlash. Mazmun jihatdan ancha murakkab va uzoq davomli manzara etyudlarini ishlashga o‘tishdan oldin, naturaning umumiy ranglar munosabatini tasvirlashga qisqa vaqtli etyudlarni bajarish bilan, masalan, arralangan daraxt tanasining bir bo‘lagi yoki bir necha toshlar, osmondagi bulutlar to'plami kabilarni ishlash zarur.
Ranglar dog‘i o‘z-o‘zidan narsa yoki obyektning aniq shakllarisiz bezakli tasvirdan boshqa hech narsani ifodalamaydi.
"Tabiatni to‘laqonli tasvirlash va uning go‘zalligini ko‘rsatish uchun — deydi T. Russo - daraxtlar yerda mustahkam turishi, ularning shoxlari esa oldinga intilishi, qolgan qismi polotno ichiga kirib ketgandek tuyulishi, xuddi tomoshabin daraxtni atrofida aylanib o‘ta oladiganday tasavvur qilishi kerak. Har bir bo‘yoq surtmasi shunchaki yuzaki qo'yilmasdan, xar bir surtma yaxlit bo‘lishi va biron-bir narsani aniq ifodalashi kerak".
Etyudda aniq obyektlarni tasvirlash ishi naturadagi manzara va muhit detallaridagi asosiy rang munosabat­larini aniqlashdan boshlanadi. Keyin esa obyekt shakli, uning hajmi va h.k. astoydil ishlab chiqiladi. Bularning hammasi yoritilishning umumiy kolorit holatini to‘g‘ri hisobga olib rang bilan hal qilinadi.
Manzarani tasvirlashda tabiatni sinchiklab o‘rganishni talab qiladi. Har bir daraxt alohida o‘zining xarakterli tuzilishiga ega.
Tabiatni turli holatlarda, ko‘katlar bilan butalar, har xil daraxt turlarining xarakterli xususiyatlarini rang bilan tasvirlashni o‘rganish uchun naturadan juda ko‘p etyudlar bajarish kerak. Manzaraning obyektlarini bo‘yoqlar orqali tasvirlash bilan barobarida qalam bilan ularning murakkab shaklini chizish ham zarur.
Manzaraning alohida obyektlarini va mayda bo‘lak ishlanmalariga qaratilgan mashqlarni bajarish bilan bir qatorda ochiq havoda qator natyurmortlar bajarilsa yaxshi bo‘ladi. Plenerda (quyoshda, soyada va h.k.) yoritilish sharoitiga qarab natyurmortni joylashtirib, qator mashqlarni bajarish maqsadga muvofiqdir.
Daraxt soyasiga qo‘yilgan natyurmort osmon va daraxt yaproqlari reflekslari ta'sirida o‘zgacha ko‘rinadi.
Yashil yaproqlar va ko‘k osmon - bu ikki rang natyurmortning barcha ranglar qatorini belgilaydi.
Ko‘pgina aks va shu’lalar mavjudligi tufayli bulutli ob-havoda yorug‘-soyalar o‘z kontrastligini yo‘qotadi va yengil tashqi ko‘rinishlari va yumshoq soyalari bilan fazoviy muhitni yaratadi.
Shakllarni modellash shunday amalga oshiriladiki, har bir narsa hajmini va materialligini umumiy yoritilish va muhit ta'siri natijasida paydo bo‘lgan nozik ranglar bilan ko‘rsatiladi.
Manzarada kenglik. Manzarali rangtasvirning keyingi bosqichida ko‘p seansli davomli etyud mashqlari bo‘lib, ilgari o‘zlashtirilgan nazariy qoidalarni eslash, amaliy ko‘nikmalarni qo‘llash hamda yangilarini o‘zlashtirish kerak.
Uzoq vaqtli etyudlarda shakllar puxta ishlanishi bilan farqlanishi kerak. Ularni bajarish vaqti 2—4 soatdan (bir seansli) bir necha o‘n soatgacha (ko‘p seansli), davom etishi mumkin. Ko‘p seansli etyud quyoshda ham, bulutli ob-havoda ham belgilangan bir vaqtda bajarilishi lozim.
Manzara mazmuni uning hayotiy mavzusi naturaning yaxlit ko‘rinishi plastik-kompozitsiya munosabatlarida ham, koloritda ham asosiy aniqlash kompozitsiyaning ajralmas qismidir. Shuning uchun davomli etyud bajar­ish jarayonida kompozitsiya syujetini puxta o'ylash, tahlil etish va uni tasvirlash muhimdir. Tasvirlash tekisligida obyektlar va narsalar joylashuvini mukammal tasavvur qilish zarur. Manzara obyektiga yaqinlashib yoki uzoqlashib joy xususiyatlarini o‘rganish, ko‘rish nuqtasini topish mumkin. Kompozitsiyada osmon bilan yer va boshqa obyektlar orasidagi munosabatlarni aniqlash juda ham muhimdir.
Naturadan manzara kompozitsiyasini yaratish, natyurmort qo‘yilmalari uchun narsalar tanlash bilan ayrim o‘xshashlikka egadir. Etyud kompozitsiyasini yaratishda rassom chuqur fikrlashi, joyni tanlay bilishi, perspektiva qoidalariga amal qilishi va eng muhimi fazoviy kenglikni mohirona tasvirlay olishi zarur. Manzara mavzusini tanlashda did, badiiylik va kompozitsiyani asarda maromiga yetkazib tasvirlash, rang va tus munosabatlarida ishni yaxlit yakunlay olish rassomning professional mahoratiga bog‘liq.
Ma’lumki, narsalar katta masofada hajmliligini, relefligini yo‘qotib siluetli tekislik xarakteriga ega bo‘ladi. Old ko'rinishdagi narsalar ancha hajmli, soya-yorug‘i kontrast bo'lib ko‘rinadi. Yaqinda joylashgan yashil dala masofa uzoqlashgan sari yashil rangdor bo‘yog‘iasta-sekin moviyga o‘tadi. Olisdagi to‘q narsalar ochroq va ko‘kimtir bo‘lib ko‘rinadi. Quyosh nurida bulutlar va uzoqdagi qorli tog' cho‘qqilari ham qizil to‘qsariq ranglarga kiradi.
Tuman, chang yoki tutun bilan to'yingan fazoda narsal­arning siluet aniqligi pasayadi. Toza havoda masofadagi shaklning aniq tashqi ko‘rinishining ozigina o‘zgaradi.
Old ko‘rinishlarni tasvirlashda narsalarning shaxsiy ranglari uzoqdagilarda esa - shartli rang muhim o‘rinni egallaydi. Havoyi muhitda shartli ranglar narsalarni uzoqlashtiradi va aksincha, shaxsiy narsalarning rangi ularni xuddi old ko‘rinishga olib kelayotganday tuyuladi. Ish jarayonida old ko‘rinishga biron-bir narsani "yaqinlashtirish" zaruriyati bo‘lsa uncha lokallik (narsa) mohiyatini rangga qaratish lozim. Etyudning qandaydir qismini "uzoqlashtirish" zaruriyati tug‘ilsa unda shartli ranglarni qo‘llash kifoya.
Fazoviy sifatlarni aniqlashda zarur mashqlar bo‘lib mavzuli manzarani ochiq fazoviy olislari bilan tasvir­lash, masalan, tog‘lardagi ko‘p ko‘rinishli dara yoki egri- bugri ariqli vodiy va old ko‘rinishda daraxtli o‘rmon va bir necha daraxtlar ko‘rinishi bilan o‘tloq (ko‘kalamzor) xizmat qiladi.
Uzoq ko‘rinishdagi och-to‘qligi va rang tusini to‘g‘ri aniqlash uchun hammasini yaxlit ko‘rib mayda qismlarga e'tibor bermasdan qarash muhimdir. Faqat shundagina old, o‘rta va olis ko‘rinishdagi rang farqlarini to‘g‘ri aniqlab tasvirlash mumkin.
"Havoni tasvirlashda, - deydi A.A. Deyneka - ayniqsa old ko‘rinishni uzoqdagiga nisbatan munosabatlarini aniqlab va to‘g‘ri yetkazilishi muhimdir, shundagina rang-tasvir o‘z yechimini topadi, asarda havoyi muhit hola­tini to‘g‘ri tasvirlashga erishiladi".
Plener rangtasvirining boshlang‘ich ta’lim bosqichida qisqa vaqtli va uzoq davomli etyudlar bajariladi.
Keyinchalik esa manzara etyudlari ishlash jarayonida tabiatning nozik holatini tasvirlashga harakat qilish zarur.
Tasvirlash mobaynida rassom tabiatning nozik o‘zgarishlarini kuzatar ekan o‘z hissiyotini bo‘lajak asarda ko‘rsatishga harakat qiladi.
Demak, naturada asosiy rang dog‘larni umumiy va katta rang munosabatlarini to‘g‘ri topish va mohirona tasvirlay olish rangtasvirning muhim asosidir. Shular asosida manzara obyektlarining mayda bo‘laklarining nozik farqlanishlari amalga oshiriladi. Tabiat bo‘yoqlari haddan tashqari rang-barang. O’t-o‘lanlar, ko‘kat va daraxtlar yashil rangda. Lekin tabiatdagi bu ranglar turli-tuman tuslarga ega. O‘tloqda o‘sayotgan maysalar, kuzgi bug‘doy ekinlari, sabzavotlar, daraxtlarni har xil turlari — hammasi ham o‘ziga xos yashil rangdagi tusga ega. Tabiat o‘ta nozik, ana shu o‘ziga xos xususiyatlarni manzara etyudida tasvirlay bilish rassomdan juda katta bilim, malaka va tinmay izlanishni talab etadi
Bahor manzara ustida ish boshlar ekanmiz, tasvirga olmoqchi bo'lgan tabiatning o'sha qismi holatini yaqqol his qilmoq zarur. Manzaraga tushayotgan yorug'likning to'g'ri aks ettirishi uni bir qadar jonlantirib, ta'sirchanligini oshiradi. Manzarada fazoni idrok qilishning bu hususiyatlari bois, u planlar deb yuritiluvchi bo'laklarga ajratiladi. Odatda manzaraning uch plani belgilanadi, biroq u kompozisiyaning tuzilishiga qarab bundan ko'proq yoki kamroq bo'lishi ham mumkin.
Ranglar birinchi planda eng to'q, ikkinchi planda ochroq ranga kirib, oqish tus oladi va uchinchi planda uzoqliklar havorangga aylana boradi. Havoning tumanli va bulutli paytlarida bu farqlar quyoshning charog'on paytiga nisbatan yanada sezilarliroq bo'ladi.
Tabiat o'zining boy rangi va poyonsiz tuslari bilan bizni lol qoldiradi. Bu rang-barangliklar manzaraga xos xususiyatlarga ega bo'lgan rangga umumlashadi va koloritni belgilab beradi. Asar koloriti inson his-tuyg'ulariga zamin yaratib beradi.
Kolorit manzarada boshqa janr asarlariga nisbatan muhimroq ahamiyat kasb etib, kompozisiyaning asosiy g'oyasini yoritib beruvchi omillardan biridir.
Etyud ishlashda katta imkoniyatlarga ega bo'lgan suvbo'yoq surtmalaridan keng foydalanish mumkin. Rang qatlamlarining tabiiy notekisligi, bo'yoqning tasvir shakliga mos ravishda oqib yoyilishi, suvbo'yoq go'zalligini yanada ko'proq namoyon qiladi. Quriy boshlagan rang qatlami bo'ylab «quruq» mo'yqalam ustida chiziqlar yuritib, shakl ma'nodorligini yanada oshirish mumkin. Etyudda fazoni bir bo'yoq rangini ikkinchi ranga qo'yib yuborish yo'li bilantasvirlash mumkin. Bunda ranglarning bir-birlari bilan nozik birikuvlari, uzluksiz tekis kirishuvlarni keltirib chiqaradi.
To'q rang bilan yengil curkama jilolar yordamida etyudning rang yechimi keltirib chiqariladi. Agar etyud ma'nosi muhim mavzugamo'ljallangan bo'lsa, tasvirni «quruq» mo'yqalam yordamida aniqlashtirish, biror kontrastlashtirish, nimanidir kuchaytirish va nimadandir voz kechish mumkin. Tabiat obrazi ta'sirchanligini oshirish, uning aniq holatini ifoda etish maqsadida ishni kontrastli yoki mayin, iliq yoki sovuq, ochroq yoki to'qroq, uning g'oyat ko'rkamligini ilg'ay olish, shuningdek qiziquvchanlik har bir etyud yechimiga me'zon bo'ladi.
Chunonchi, tabiat har qachon ijodiy izlanishlar, go'zallikni xis qilib didni oshirish manbai bo'lib kelgan.
O'rol Tansiqboyev yaratgan manzara asarlari, nafaqat O'zbekistonda, balki jahon manzara san'ati durdonalari qatoridan o'rin olgan.
Rang insonlar hayotining turli muhit va jabxalarini aks ettirishda asosiy vositalardan biridir. Mebel, deraza, eshiklar va boshqa turmush uchun zarur ashyolar zavod va fabrikalarda ko'plab ishlab chiqariladi. Interyer jihozlari uyning xarakteriga jiddiy ta'sir ko'rsatib, unga shinamlik, estetik qiyofa, alohida joziba bag'ishlaydi. Lekin uning rangi va bezagini tanlash bizning didimizga bog'liqdir. Uy egalari ixtiyorida bo'lgan rang tanlash ko'p narsalarni hal qila oladi. Rangning xususiyatlarini, har qanday holatda odamga muayyan psixologik-fiziologik ta'sir ko'rsatishini unutmaslik kerak.
Interyerdagi barcha jihozlar va buyumlarning rangini bir butun his etamiz. Xonaning ichki ko'rinishidagi barcha jihozlarning ranglari bir-biriga ta'sir etib qolmasdan ranglarning uyg'unlashganini ko'ramiz. Xonaning derazasi shimolga qaratilgan bo'lsa, yorug'lik yetishmasligini his qilinadi. Shu sababli interyerni jihozlashda sariq, qizil va zarg'aldoq singari ranglar ishlatish ma'qul bo'ladi. Bunda devorlar, parda va poyondozlarni yorqin rangli qilish mumkin.
Agar deraza janubga ochiladigan bo'lsa, aksincha, yorug'lik kuchli bo'ladi. Bu yerda devorlar rangi ortiqcha nurni yutishi uchun to'yingan bo'lishi, ya'ni tegishli his uyg'otishi uchun sovuq ranglardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuni aytish mumkinki, oq, qora ranglarning kulrang tovlanishi barcha ranglarning palitradagi tuslari bilan uyg'unlashadi. Rang tuslarini yaqin bo'lgan ranglar to'q yashil och yashil, havorang zangori, qizil jigarrang bilan uyg'unlashadi.
Mashxur italyan dizayner-rassomi Sottsas shunday fikr bildirgan: «Ranglar xilma-xilligi kishini toliqtiradi. O'tloqning yashil rangi hamisha ёqimli, chunkiu ko'k rangning turli tovlanishlaridan ibrat. Dengizning moviy rangi ham, toshning qo'ng'ir tusi ham xuddi shunday ko'rinishlarga ega. Ayni bir xil rangning tovlanishlarini uyg'unlashtirish yo'li bilan xosil qilingan rang bo'yoq majmuasi- xozirgi koloristikaga yondoshuvimdir». Bu fikrni nozik farq qiluvchi bo'yoqlarning birdan-bir maqbul rangi deb e'tirof etib bo'lmaydi. Albatta vaziyatlar, imkoniyatlar va nihoyat turlicha bo'ladi. Interyerda ranglar uyg'unligini tashkil etishda did va me'yor hal qiluvchi vosita bo'lib qoladi.



Download 18,75 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Download 18,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“O’lkamda bahor” manzarasida» ishlatilgan rang usullari

Download 18,75 Mb.