Kompozitsiyada simmetriya va asimmetriya




Download 18,75 Mb.
bet9/19
Sana27.05.2024
Hajmi18,75 Mb.
#255155
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
1. (o’lkamda bahor)” (1)

Kompozitsiyada simmetriya va asimmetriya
Turli davrdagi rassomlar suratning simmetrik qurilishidan foydalanishgan. Uyg‘onish davrining rangtasvirchilari kompozitsiyalami cez-tez simmetrik qonuniyatlari asosida qurishardi. Bunday qurilish negizida tinchlik, ulug‘vorlik, serhashamlik va voqeani muhimlik aassurotlari namoyon bo’ladi.
San’atdagi simmetriya qurilishi haqqoniy voqehkda asoslangan. Masalan, inson qomati, kapalak, qor uchquni va boshqa shu kabilar simmetrik tarzda qurilgan.
Simmetrik kompozitsiyalar - statik holatda (mustahkam), o‘ng \ a chap tomonlari tenglashtirilgan boMadi.Asimmetrik kompozitsiyalardagi joylashuvi asaming syujeti bilan ma’nosiga bogMiq holda turHcha, o‘ng va chap tomonlari tenglashtirilmagan ham bo’lishi mumkin
Natyurmort yoki manzara kompozitsiyasini shartli tasvirda tasavvur qilish juda oson.
Simmetrik kompozitsiyada uning barcha qismi tenglashtirilgan, asimmetrik kompozitsiyada esa tenglashtirilishl yoki tenglashtirilmasligi ham mumkin.
Simmetriklik chuqur mazmuniy markazning holati, vizual massa va fazo taqsimoti, muvozanat massalarining taqsimoti, har bitta element ko'rinishi bilan shartlangan taqsimot asosida belgilanadi. Rangtasvir asarlarida o'ta aniq simmetrik kompozitsiyalar kam uchraydi. Ko'p hollarda kompozitsiyalar simmetriya o'qiga nisbatan asimmetrik joylashgan bo'ladi. Asimmetrik kompozitsiyalar muvozanat o'qining simmetriya o'qiga nisbatan ancha uzoq joylashganligi bilan xarakterlanadi va shu bois uni kompozitsiyaning umumlashtiruvchi boshqa qismlari tenglashtirib turishi lozim. Kompozitsiyaning dinamik «oltin kesishuvi» nuqtalar bilan belgilangan chegaradan chiqib ketmasligi kerak. To'liq simmetrik kompozitsiyalar asosan naqshlarda ko'plab qo'llaniladi. Asimmetriya kompozitsiyaning murakkab ko'rinishidir. Tektoniklik mukamalligi va kompozitsiya qismlari orasida shunday kuchli o'zaro ta'sir mavjudki, bu qismlar asarning badiiy-timsoliy vazifasiga tegishli taraflarni ochib beradi.Turli xil davr rassomlari o'z kartinalarida simmetriya qurilmalaridan foydalanishgan. O'tmishda kompozitsiyalar simmetrik joylashuv asosida bo'lgan. Uyg'onish davri rangtasvirchilari kompozitsiyani asosan simmetriya qonuniyatlari asosida qurishgan. Bunday tuzilmalar shunday imkoniyatlarga erishishni beradiki ular sokinlik va fikrni, ulug'vorlikni, alohida bayramona tantanavorlikni va muhim voqealarni tasvirlashda yordam beradi. Simmetrik kompozitsiyalarda odamlar, jismlar shunday joylashganki ular kartinaning markaziy o'qiga nisbatan oynaviy ko'rinish egallagan (74-r., 75-r.).Simmetriya san'atda real voqealarga asoslangan holda shakllarni simmetrik borliqqa uyushtirgan. Masalan, odam qomati simmetriya
Simmetrik kompozitsiyalarning barcha qismlari o'zaro tenglashtirilgan, asimmetrik kompozitsiyada esa tenglashtirilgan va tenglashtirilmagan holatlarda bo'lishi mumkin. Katta yorug' dog'ni kichik to'q rang bilan tenglashtirish mumkin. O'lchov jihatidan kichik bo'lgan bir necha dog'larni katta dog' bilan tenglashtirish mumkin. Talaygina tenglashtirish usullari mavjud. Ular qism kattaliklari, tuslar va ranglar yordamida tenglashtiriladi. Tenglashtirish u erdagi ishtirok etayotgan qomatlar va ular orasidagi masofalarga ham aloqadordir. Maxsus mashqlar orqali o'z kompozitsiyalarimizda muvozanatni, katta kichik balandliklarni, yorug' va to'q, turlisiluet va rang dog'larini his etib o'zaro tenglashtrishni o'rganib olamiz.
Misol, arg‘imchoqdagi o‘spirinni tenglashtirish mumkin, agarda ikkinchi tomoniga ikkita kichkina bolalarni o‘tqazsa, kichkina bola hattoki katta odam bilan ham uchishi mumkin, agarda u arg‘imchoqning chekasiga o'tinnasdan markaziga yaqinroq joylashib olsa. Shu kabi taqqoslashlar suratning o'lchami, tusi va ranglari bo'yicha turli qismlarining monandligiga erishishi uchun tenglashtirish yordam beradi, ya’ni kompozitsiyada muvozanatni topadi.
Tarixdan ma’lumki, o‘tmishning ulug‘ rassomlari kompozitsiya masalalariga juda jiddiy yondashganlar va o‘z asarlarini yaratishda umumqoida bo‘lib qolgan prinsiplarga amal qilganlar. Kompozitsiyaning
1-rsam. Kompozitsiya bosqichlari.


«vertikal», «gorizontal», «doiraviy», «kvadrat», «burchak» va boshqa ko‘rinishlarini qo’llab yuksak natijalarga, go‘zal ifodaviylikka erishganlar. «Oltin kesim» kompozitsiya usulidan unumli foydalanish har sohada qo‘l kelgani ham ma’lum.
Kompozitsiya tuzishga mohir bo’lgan va uni o‘z asarlarida mukammal darajaga olib kelgan mo‘yqalam ustalari: Leonardo da Vinchi, Mikelandjelo, A.Dyurer, J.D.Engr, P.Rubens, Rafael Santi, A.Ivanov, K.BryuIlov, I.E.Repin va boshqalardir. O‘zbek rassomlaridan tasviriy san’atning turli tur va janrlarida ijod qilgan va hozirgi paytda ajoyib asarlar yaratib kelayotgan musavvirlardan: O'.Tansiqboyev, I.Ikromov, Z.Inog‘omov, Ch.Ahmarov, A.Abdullayev, M.Nabiyev, R.Ahmedov,R.Choriyev, I.Jabborov, A.Boymatov, J.Umarbekov, Sh.Abdurashidov, G‘.Abdurahmonov, A.Mirzayev, S.Abdullayev, A.Ikromjonov, B.Jalolov, A.Nur, O.Qozoqov va boshqa ko‘plab ijodkorlarni bemalol kompozitsiya ustalari deb atashimiz, ulaming asarlarini ijobiy jihatlarini tahlil qilib, ibrat olishimiz mumkin, bu, albatta, o‘quv-mashqlarni bajarishda nazariy asos vazifasini o‘taydi.

Download 18,75 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Download 18,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompozitsiyada simmetriya va asimmetriya

Download 18,75 Mb.