|
§.Manzara ishlashda kompozitsiyaning oziga xosligi
|
bet | 7/19 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 18,75 Mb. | | #255155 |
Bog'liq 1. (o’lkamda bahor)” (1)1.2. §.Manzara ishlashda kompozitsiyaning oziga xosligi
Umumiy orta talim maktablarida tasviriy sanat faniga qoyilgan hozirgi davlat talabi uning pedagogik psixologik jihatlarini tubdan yangilash oquvchilarga beriladigan talim-tarbiya ish yangi sifat pogonasiga kotarish shuningdek jahon andozalariga mos kadrlarni tayyorlashni vazifa qilib qoymoqda.
Uzluksiz talimni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari qismida talimning ijtimoiylashuvi talim oluvchilarida estetik boy dunyo qarashni xosil qilish, ularda yuksak manaviyat, madaniyat va ijodiy fikirlashni shakllantirishi alohida qayd qilinadi.
Umumiy orta talim maktablarda barcha fanlar qatori tasviriy sanat fanining oqitilishida xam bir qator yutuqlar qulga kiritildi. Bu davrda mamlakatimizning deyarli barcha oily oquv yurtlarida rassom oqituvchilar tayyorlanmoqda. Mustaqillik yillarida maktablarda tasviriy sanat talimi konsepsiyasi, davlat talim standartlari, dastur va darsliklar, metodik qollanmalar va ilmiy metodik tasvirlar yaratildi. Soz siz ular umumiy orta talim maktablarda tasviriy sanatni oqitilishini yaxshilashda ijobiy rol oynamoqda.
Tasviriy sanatdan davlat talim standarti va oquv dasturida korsatilishicha oquvchilarni borliqdagi, idrok etish va qadrlashga orgatish bosh vazifa qilib belgilangan.
Ikkinchidan, tasviriy sanat mashgulotlarining turlari hisoblangan qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya bolimlarining birontasi ham tabiatni organish muommosini chetlab otmaydi, ularda tabiatni idrok etish asosiy orinni egallaydi.
Xususan, boshlangich kurslardagi dastur mazmuniga bolgan majburiy minimum talablar qismida shunday deyiladi:
«Tabiatning turli fasllaridagi korinishlar, ozgarishlar, undagi xodisa xaqida tasavvurga ega bolish hamda ularni tasvirlay olish tabiatdagi jonzotva narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, olchamlari, olcham nisbatlarini malum miqdorda tahlil qilish va umumlashtirish konikmasiga ega bolish».
Tasviriy sanatdan boshlangich kurslar uchun tayyorlangan dasturda tevarak-atrofni hayotdagi voqea va hodisalarni bevosita kuzatish asosida olingan tasurotlar, tushunchalar hamda atrof-muhitga nisbatan estetik munosabatda bolish bilan bogliqdir.
Tasviriy sanatdan dars va darsdan tashqari ishlar boyicha talim mazmuniga murojat etadigan bolsak unda tabiatni organish masalasi quydagi tahlillar asosida kozga tashlanadi:
1. Bevosita tabiatni organishga bagishlangan mavzular.
2. Tabiatni ortacha hajmda organishga qaratilgan mavzular.
3. Tabiatni qisman organishga bagishlangan mavzular.
Shuningdek, tasviriy sanat mashgulotlarida tabiatni organishni uch xil shakli haqida toxtalish joizdir:
1. Bevosita tabiatni kuzatib organish.
2. Tabiatni tasviriy sanat asarlari orqali organish.
3. Tabiatni oquvchilartomonidan bajariladigan tasviriy ishlar jarayonida organish.
Tasviriy sanat asarlarida tabiat ikki xil mazmunda oz ifodasini topadi:
1. Tabiat sanat asarlaridaasosiy qism sifatida.
2.Tabiat sanat asarlarida qoshimcha, yani asar mazmunini toldiruvchi sifatida.
Tasviriy sanat asarlarida asosiy obekt sifatida aks ettirilishi asosan tasviriy sanatning manzara, natyurmort, animal, marina janrlarida oz ifodasini topadi. Ikkinchi holda esa bu masala turmush, tarixiy, batal portret kozga tashlanadi.
Kompozitsiya sozi lotincha «compozito» so’zidan olingan bo'lib, tuzish, birlashtirish, bog’lash, turli xil ramziy qism ifodalarni bir butun yaxlitlikka birlashtirish va biron bir g’oyani madh etish mа’nosini bildiradi
Mazmuni, xususiyati va mo'ljallangan rejasi ularga asoslangan badiiy asar tuzilmasining qabul qilinishini kop jihatdan aniqlab beradi. Hech bir nafis sanat namunasi, jumladan, memorchilik va xalq amaliy sanati ham kompozitsion yechimsiz bo'lishi mumkin emas. Quyida tasviriy sanat haqida ayrim mulohazalar bayon etiladi.
Tasviriy sanatda kompozitsiya buyumlar hamda shakllarning fazoviy kenglikda nur va soya, shuningdek, yorug dog'lar munosabatlariga ko'ra ifodalanishi bilan asarning izchil g'ovaviy va syujetli-mavzuli asosini namoyon etadi.
Kompozitsiya quyidagi turlarga bo'linadi
koordinata o'qlari asarning geometrik markazida togri burchaklar ostida kesishuvidan yuzaga keluvchi barqaror yoki tinch holatdagi kompozitsiya;
asosiy koordinata o'qlari o'tkir burchaklar ostida kesishishidan hosil bo'ladigan harakatdagi kompozitsiya;
turli tomonlarga intiluvchi chiziqlarning markazdan qochishi bilan vujudga keluvchi ochiq kompozitsiya;
markazga intiluvchi chiziqlar yordamida tashkil etiladigan yopiq kompozitsiya.5
Tasviriy sanatda kompozitsiya deb badiiy asarning mazmuni, xarakteri va maqsadi bilan bogliq holdagi qurilishiga aytiladi.
«Kompozitsiya» sozi tasviriy sanat termini sifatida muntazam ravishda Uygonish davridan boshlab qollana boshlandi. Boshqa paytda kompozitsiya termini tasvirlash savodxonligining asosiy elementlardan birini bildiradi, u orqali sanat asarlari quriladi va baholanadi.
Rassomlar asrlar davomida kompozitsiyaning ifodalovchi shartli tasvirlarni (uchburchak, piramida, aylana, oval, kvadrat, togri to'rtburchak va shu kabilar) izlab keladi. Bularni misollarda korish mumkin: G.Abdurahmonov «Kashta tikuvchi qiz», J. Umarbekov «Olis bolalik», M. Toxtayev «Oila», Inog'omov «Tinchlik bolsin uyingda».
Qandaydir bir harakatsiz, o'zgarmaydigan obrazni ko'rsatish uchun tutashtirilgan, yopiq, muvozanat (harakatsizlik) kompozitsiya togri keladi. Chiziqni asosiy yonalishi markazga tortiladi Aylana, kvadrat,togriburchak shakli simmetriyasini hisobga olgan holdagi qurilishi kerakli yechimini beradi.
Panoramli manzarani tasvirlash uchun, keng dalani ko'rsatish kerak bolsa, unda yon atrofini qandaydir daraxtlar yoki binolar bilan yopish kerak emas, yaxshisi chegaradan tashqariga yo'naltirilganligini ko'rsatish terak. Kompozitsiya malum bir qonuniyatlar asosida quriladi. Uning qonun-qoidalari va usullari ozaro bogliqda bolib, kompozitsiya tuzishning barcha holatlarida qatnashadi. Buning hammasi ham badiiy asarning yaxlitligi vaifodaliliga erishish uchun yonaltirilgan.
Kompozitsiyaning qonun-qoidalari, usullari va vositalari badiiy asarning qurilishida asosiy qonuniyatlari hisoblanadi.
|
| |