• Kompozitsiya vositalariga
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti




    Download 18,75 Mb.
    bet8/19
    Sana27.05.2024
    Hajmi18,75 Mb.
    #255155
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
    Bog'liq
    1. (o’lkamda bahor)” (1)

    Kompozitsiya qonun-qoidalari: harakatlarni tasvirlash (dinamika), tinch holat (statika), oltin kesim (uchdan biri).
    Kompozitsiya usullari: kompozitsiyaning qismlar muvozanati, ritmi, simmetriya va asimmetriyasi, syujetli kompozitsiya markazini ifodalanishi kiradi.
    Kompozitsiya vositalariga: format (hajm). fazoviy kenglik, kompozitsiya markazi, muvozanat, ritm, qarama-qarshilik, vorug‘-soya, rang, dekorativlik, dinamika va statika, simmetriya va asimmetriya, ochiqlik va yopiqlik, yaxlitliklar kiradi. Shunday qilib, kompozitsiya vositasi - yaratish uchun zarur bo’lgan barchasi, shuningdek, uning usul va qoidalarini o‘ziga qamrab oladi. Ular turli-tuman, boshqacha aytganda kompozitsiyaning badiiy ifodalash vositasi deb ataladi.
    Uyg'onish davri san’atida barqaror va yopiq turdagi kompozitsiyalar ustunlik qilgan bo'lsa, barokko davriga kelib, harakatdagi va ochiq turdagi kompozitsiyalar keng qo'llanilgan. San’at tarixida kompozitsiyaning umumiy qonuniyatlarining vujudga kelish jarayoni qanchalar keng o'rin egallagan bo‘lsa (qadim Sharq, antik, o'rta asrlar, Uyg'onish davri, barokko, klassika singari), ulardan erkin kompozitsion qoidalar tomon harakat ham shunchalar kuchli bo'lgan.
    Shunday qilib, XIX –XX asr san’atida shaxsiy ijodiy va badiiy tarzga ko'proq mos keladigan erkin kompozitsiya rassom uchun muhim sanalgan6.
    Kompozitsiyaning badiiy amaliyoti va ravnaq nazariyasi davomida shakllanib boradigan o'z qoida-tartiblari mavjud. Bu masala keng miqyosli murakkab masala bo'lib, mavzuli kompozitsiyalar qurishda ko'mak beruvchi, g'oyani badiiy asar darajasiga ko'taruvchi, bir so'z bilan aytganda, kompozitsiya ishlash qonuniyatlari, qoida, tartib va uslublari haqida so'z boradi.
    Biz asosan realistik asarning yaratilishiga ta'lluqli bo'lgan jarayonni kuzatamiz. Realistik san'at faqatgina borliqni tasviriy ifodalabgina qolmasdan, balki rassomning his-hayajonli tuyg'usi orqali oddiy narsalarga go'zallik baxshida etiladi, ya'ni olamni estetik kashf etadi.
    Albatta rassomdan uning badiiy-ijodiy mahoratini ilg'or g'oyalarga intilishini hech qanday qonunlar bilan almashtirib bo'lmaydi. Iqtidorli rassomlar tabiatdan kompozitsiya yechimlarini his etish, sezish, fikrlash, ko'rish orqali topishlari mumkin. Lekin kompozitsiyani rivojlantirish ustida izlanish, qidirish, nazariya va amaliyot ustida ishlash, uni amalda tatbiq etish, albatta ko'p mehnat talab etadi.
    Kompozitsiya asrlar mobaynida shakllangan qonunlar va qoidalar asosida quriladi. Uning qonun qoida va usullari o'zaro bog'liq bo'lib, kompozitsiya ustida ishlash jarayonida unga hamma holatdagi harakatlar ta'sir etadi. Ilg'or g'oya maqsadlarini ishonarli, ta'sirchan ifodalashda asar yaxlitligiga amal qilgan holda va badiiy san'atning barcha imkoniyatlaridan o'rinli foydalana olish talab etiladi.
    Badiiy asar yaratishning turli usul va qonuniyatlari, uning qurilmasi bilan tanishib chiqar ekanmiz, bunda kompozitsiyani qonuniyat va usullar asosida ifodalash ekanligini ilg'ab olamiz.Kompozitsiyaning asosiy g’oyasi kontrastlar orqali, ya'ni yorug'lik va qorong'ulik, ruhiy ko'tarinkilik va tushkunlik, sahiylik va baxillik, quvnoqlik va g'amginlik, yangilik va eskiilik, sokinlik va harakatlar orqali ifodalangan bo'lishi mumkin. Kontrast o'zining universal imkoniyatlan bilan yorqin va ma'nodor san'at asarlari yaratishda beqiyos asqotadi.
    Leonardo da Vinchi o'zining «Rangtasvir traktati qomusida» kattaliklar kontrastidan, jumladan baland-past bilan, katta-kichik bilan, to'liq nimjonlik bilan, shuningdek turli sirtlar, ashyo, hajm, shakl, tekisliklar va shu kabilardan foydalanish kerakligini aytib o'tadi.
    Tus va rang kontrastlari rangtasvir, grafika va boshqa yo'nalishdagi san'at asarlarini yaratishda imkoniyat omillarining ajralmas bir qismidir.
    Yorug' ob'ekt to'q fonlarda, va aksincha, to'qlari yorqinlik ichida ko'zga yaqqol tashlanadi.
    Tasviriy san’atda manzara ishlashjarayoni, mavzu asosida amaliy mashg’ulotlarni bajarish quydagi vazifalardaniborat:
    O’rta maxsus va kasb-hunar kolleji o’quvchilariga manzara ishlashda shakli, rangi va boshqa sifatlarini hisobga olgan holda va undagi xodisalar haqidagi go’zallikni tushuntirish.

    • Ularda manzara chizish jarayoniga bog’liq bo’lgan kuzatishning dastlabkimalakalarini rivojlantirish. Manzara chizish uchun nihoyatda qiziqarli syujet joyini tanlab bilishga o’rgatish. Undagi asosiy narsani farqlagan holda qog’ozga joylashtirish, perispektivadagi ufq chizig’i , ko’rish nuqtasi va boshqa tushunchalarga ega bo’lish, manzaradagi ranglar bilan ishlash jarayonida to’g’ri ifodalay olish, matoga o’sha joyini qanday holatini, daraxt va o’simliklarga yorug’lik tushishi, yoki erta tongda ranglarning tiniqligini ifodalay olish, oqshom paytidagi tabiat manzarasini ko’rinishini ko’rsata bilish.

    Manzara kompozitsiya ustida ishlashda, perispektiva va rang jihatidan to’g’ri tanlanganligi ijodiy tafakkur, tasavvurga va rassomning fantaziyasi bilan boyitilgan bo’lishi kerak. Olib borilgan kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, bizni o’rab olgan go’zal tabiat, borliqni tashkil etadi. Agar rassom hayotidagi narsa va hodisalarni kuzatishga yetarli etibor berar ekan, uning yaratgan asari mazmunan boy va badiiy jihatdan yuksak bo’ladi. Kuzatishni obektdagi narsalarning xomaki rasmini ishlash bilan ham qo’shib olib borish maqsadga muvofiqdir. Kompozitsiya qonuniyatlarini bilish, simmetriya va muvozanat masalalari ham surat ta’sirchanligini oshirishda katta rol o’ynaydi. Tasvirdagi kompozisiyasining ta’sirchanligini oshirishda uning o’lchamini to’g’ri aniqlash kerak. Asarning shakli va o’lchami rassomning g’oyasi, asar mavzusi va mazmuniga ham bog’liq.
    Manzara chizish jarayonida kompozitsiya va perispektivani roli muhimligi kabi, rang ham muhimdir. Rangtasvir mazmuni va g’oyasining to’la ochilishiga, uning emosional ta’sirini kuchaytirishga, shuningdek, kompozitsiyadagi muvozanatni saqlashga xizmat qiladi. Rangning asosiy xususiyatlari uning yorqinligini (och-to’qligi), tusi va to’yinganligi bilan belgilanadi.
    Manzara chizish jarayonida bo’yoqlar bilan ishlash murakkab jarayon. Bunda bo’yoqlar bilan ishlash to’g’ri tashkil etish, metodik tavsiyalar, rangshunoslik bo’yicha zarur bilam va ko’nikmalarga ega bo’lish kerak.
    Manzara chizish jarayonida bosqichma-bosqich ranglarni terib boriladi. Ranglarnning och-to’qligi, yorug’-soya va rang tuslari tushayotgan yorug’lik ta’sirida bo’lida. Bu yorug’likni ta’siri uzoqlashgan sari ranglar ocharib boradi. Yaqinlashgan sari esa rang to’qlashib, yorqinlashib boradi. Ranglar fasllarga qarab och va to’q tusda bo’ladi. Ranglar tabiatda issiq va sovuq tus ko’rinishiga faqat yashil bo’yoq bilan bo’yash noto’g’ridir. Daraxt rangi yorug’likning tasirida, yon atrofdagi narsalarning ta’sirida o’zgaradi. SHuning uchun ham uni o’ziga o’xshatish uchun turli ranglardan foydalanish kerak bo’ladi.
    Quydagi tavsiyalar asosida manzara kompozitsiyasi ishlansa, tabiatning ko’z ilg’amas go’zalliklarini ham tasvirlash imkoni bo’ladi. Xaqiqiy san’at asarlarini kuzatar ekanmiz, ularda tasvirlangan tabiat go’zalliklarini ko’rib zavqlanamiz. Tasviriy san’atning barcha turlarida kompozitsiya bo’lganidek, maishiy janrda ham kompozitsiyaning barcha talablari mavjud bo’lib, mazmun va g’oya kompozitsiyada ma’lum vositalarda ochib beriladi. Bunda ko’rish nuqtasi ufq, fazoviy qisqarish, shuningdek kompozitsiya markazi, asosiy va ikkinchi darajali predmetlar yorug’ligi, to’s, rang, kolorit munosabatlariga rioya qilishdan iborat. Perspektiva qonunlari, muvozanat, simmetriya, dinamika vazifalarida to’g’ri foydalana bilish, kerak. Kompozitsiya tuzilishi xona chekkasi (interer) yoki ochiq havoda bo’lsada, asosiy o’rinni odam qiyofasining tasviri egallaydi. Rassomning hayotni kuzatishi natijasida bo’lgan mavzuga oid ko’plab bajarilgan xomaki chizgi, etyud, eskizlar kompozitsiya tuzilishiga asos bo’ladi.
    Maishiy janrdagi tematik kartinani yaratish mazmun va goyani ochib beruvchi voqea bilan bog’liq va voqeani eng xususiyatli, qiziqarli nuqtasini tasvirlashni talab etadi. Inson yashab turgan muhitda sodir bo’layottan voqealarni ifodalovchi bu janr qadim zamonlarda paydo bo’lgan. O’tgan asrning demokratik rassomlari halq hayotini astoydil haqqoniy, tasvirlab berganlar. Bunga I. Repinning «Yangi kuyovni kuzatish», E. Makovskiyning «Xiyobonda», V. Perovinning «Uchovlon» va boshqa suratlar o’ziga xos misol bo’la oladi. Yoshlarning kundalik hayoti, mehnati, o’qishi, tasviriy san’at maishiy janrning bir qator asarlarida o’z aksini topdi. V.Laktionovning «Frontdan xat» F.Reshetnikovning «Yana ikkimi», «Ta’tilga keldi» asarlarida vatanga muhabbat, maktab hayoti bilan bog’liq g’oyalar tasvirlanadi.
    Ikki, uch figuralik ompozitsiya tuzish uchun uyda yoki ishxonada odamlarning mehnat qilish yoki dam olish jarayonida tasvirlash uchun uning kasbi, xarakterini, hayotdagi voqeaning qiziqarli holatini o’rganish lozim. Naturadan bajarish bilan bir qatorda hayoldan va tasavvur qilib ishlashni mashq qilishni odatga aylantirish kerak. Bularning bir nechasi badiiy ijod jarayonining o’sishiga, tasavvurini boyitishda muhim vosita, bo’lib xizmat qiladi. Uzbek rassomlari Kovalevskayaning «Teatr lojasida» N. Kashinaning «Doira chaluvchi qiz», R. Axmedovaning «Tushki dam olish», M. Saidovning «Ishga ketishyapti» kartinalari maishiy janrda ishlangan asarlardir. Tasviriy san’atning rivojlanishi bilan birga rangtasvir sohasida yangi janrlar paydo bo’la boshladi va tarixiy asar tushunchasi shakllandi. Tarixda yuz bergan voqealarni o’zida aks etgiruvchi asarlar ko’pincha tarixiy kartina deb ataladi. U mustakil janr sifatida «Uyg’onish davri»da vujudga kelib, XIX asrda yanada keng rivojlandi. qaysi mavzuda asar yaratishdan qat’iy nazar, avvalo chuqur fikrlash lozim shu bilan birga qobiliyat, mahorat, go’zallik hissiyotini ishga solish ham zarur.
    Rassom ommaning go’zallik, estetik talablarini aks etgiruvchi va unga badiiy madaniyatni olib kiruvchi shaxsdir. Hayotiy voqealar tarixiy janr kompozitsiya echimida rassom tomonidan murakkab ijodiy taxlilidan o’tadi. Kompozitsiya qonunlariga amal qilib, tamoshabinga kartina mavzusini ochib berishga harakat qiladi. Rus san’atida bu janrning ko’zga ko’ringan namoyondalaridan biri Aleksandr Ivanov edi. Aleksandr Ivanov Peterburg badiiy Akademiyasini 1828 yilda rassomlarni rag’batlantirish jamiyatining oltin medali bilan tamomlagan. A.Ivanov 1830 yilda Akademiyaning persioneri sifatida Italiyaga jo’naydi vash u erning o’zida yigirma yildan ortiq ishlaydi. U o’z ijodini klassik nafis san’ati ruxida tarbiyalangan rassom antik mifologiya va xrestian dini syujetlari asosida boshlaydi. Biroq XIX asrning birinchi yarmida Evropa va Rossiyada yuz bergan revolyutsion voqealar, ilg’or rus kishilari Gertsen va Belinskiy g’oyalari Ivanovni dunyo qarashiga kuchli ta’sir qildi. Chernishevskiy bilan xayot, ijtimoiy voqealar, san’at xaqida qizg’in, samimiy suxbatlar Ivanov ijodiga barakali ta’sir ko’rsatdi. Ivanov o’zining “Isoning xalqqa ko’rinishi” asari uchun ko’plab qalamtasvir, rangli etyudlar bajardi. Rassom sotsial zulmdan qutilish yo’llarini izlayotgan xalq taqdiridagi chuqur kechinmalari, rassomning uy-fikrlari tasvirdagi qo’llar obrazida yorqin ifodasini topgan. Rassom o’zining ishlangan etyudlarda insonning ruxiy o’zgarishlari xaqida xikoya qilar ekan, qullikdan qutilish to’g’risiadagi xush xabarni eshitgan kishilar yuzidagi birinchi tabassumni juda moxirona beraolgan.
    A.Ivanovning insonni tabiat quchog’ida ochiq xavoda tasvirlashga intilishi rus tasviriy san’atida yangilik edi. Uning “Plyajdagi bolalar” etyudi “Isoni xalqqa ko’rinishi” surati uchun qo’shimcha material bo’lsa ham, tabiat quchog’idagi xolatni, nafis san’at jixatidan moxirona ishlanganligi, quyosh nuri yoritib turgan tabiatda dam olayotgan bolalar, bo’y baravar turli xolatlarda tasvirlangan. A.Ivanov ijodining g’oyaviy yo’nalishi, plener, realistik peyzaj, portret, syujetli kompozitsiya yaratishdagi rus sayyor rassomlari uchun badiiy maktab, ko’rgazmali bir namuna bo’lib xizmat qiladi. Chet ellik rassomlardan yana biri Vasiliy Surikovdir. U tarixiy nafis san’atning buyuk ustasi bo’lib uning “O’qchilar qatl etilgan tong” asari rassomning dastlabki eng yirik tarixiy asarlaridan biridir. Rassom bu asarida “tarix ruxini” badiiy ifodalab berishga intildi. «O’qchilar qatl etilgan tong» shular jumlasidandir. Bu asarda rassom xalq ommasini kuchga, jasoratta to’la jo’shqin isyonkor qalbli kishilarni tasvirlagan. Rassom asarda tarixiy shaxs Pyotr I obrazini ham ko’rsatadi. Uning boshqa asarlarida ham xalqning o’tmishi Ermak, Razin, Suvorov kabi tarixiy shaxslar obrazida o’zining badiiy ifodasini topgan. Uning «Boyarinya Morozova», «Ermakning sibirni zabt etishi», asarlarida xalq bilan davlat o’rtasidagi fojiali qarama - qarshiliklar aks ettirilgan. Rassomning tarixiy janrda ilgari surgan asosiy maqsadi, xalqning tarixiy shaxslar bilan bogliqligini ko’rsatish edi.
    Rassomning 1883 yilda yaratgan polotnosi “Menshikov Berezevada” deb ataladi. Unda insonning ruxiy kechirmalari nixoyatda chuqur va ta’sirli qilib ko’rsatilgan. V.Surikov o’z talantining kamolot cho’qqisiga chiqqan paytida “Boyarina Morozova” (1887) asarini yaratdi. Uning uchun uch yil material to’plagan. Rassom bu asarda eski din tarafdorlari bilan yangi din tarafdorlari o’rtasidagi kurashni tasvirlagan. Diniy ixtiloflar tomoni bo’lgan Morozovani qamoqqa olib borishmoqda. U xalq bilan xayrlashar ekan, uni eski dinga sodiq qolishga chaqiradi. Odamlar Boyarinaning chaqirig’iga turlicha munosabatda bo’ladilar. Masalan polotnoning o’ng tomonidatasvirlangan Moskva axli Morozovani achinish, qayg’u bilan kuzatadi.
    Kompozitsiyaning qonuniyatlaridan biri bu «oltin kesishma»dir. Oltin kesishma - mutanosiblikning uyg'unligini izlash uchun qulay bo'lgan usuldir. U quyidagi formula bo'yicha quriladi - yaxlitlik o'zining katta qismiga, katta qism esa yaxlitlikning kichik qismiga aloqadordir. Xuddi shu formuladan logarifmik spiral yuzaga kelib u kattalashish davomida ham o'z shaklini o'zgartirmaydi. Kartinada ikki yoki ko'p sonli kompozitsiya markazlaridan foydalanish maqsadida rassomlar unda bo'lib o'tayotgan bir necha voqealarni va ahamiyati jihaidan bir vaqtda teng va e'tiborli qilib tasvirlashda foydalanadilar.

    Download 18,75 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




    Download 18,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti

    Download 18,75 Mb.