|
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati
|
bet | 5/19 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 18,75 Mb. | | #255155 |
Bog'liq 1. (o’lkamda bahor)” (1)Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati
Umumiy orta talim maktablari oqituvchilarga metodik tafsiyanomalar ishlab chiqish va ulardan samarali foydalaninsh metodlari korsatib berishdan iborat. Roʻzi Choriyev portreti kompozitsiyasini ishlash va Tasviriy sanʼat fani yoʻnalishini hamda rasmlarni ishlashning nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirish hamda o’z kasbining malakali mutaxassisi bo’lib yetishishlariga erishish.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilmasining tavsifi:
Bitiruv malakaviy ishi 75 betlik kompyuterlik mаtn, mundаrejа, kirish, ikki bob, hаr bir bob bo‘yichа xulosа, umumiy xulosа vа tаvsiyаlаr, foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yxаti hаmdа ilovаlаrdаn iborаt.
I BOB. .OʻZBEKISTONDA TASVIRIY SANʼATGA HISSA QOʻSHGAN RASSOMLAR
1.1.§-Portret janri haqida umumiy ma'lumot
Tasviriy sanʼat bugungi kunga kelib hayotning har bir javhalari rivojlanib bormoqda shu bilan birga san'at turlari ham. San'at ijtimoiy ong va inson faoliyatining o'ziga hos shakli bo'lib, unda insonni ulug'laydi va unga estetik zavq bag'ishlaydi. Ularning orasida tasviriy san'at ham o'z o'rniga ega bo'lib kelgan hisoblanadi, u bir necha tur va janrlarga bo'linadi. Bunda biz aynan portret janrini tanladik.Portret (frans. portrait —so'zidan olingan bo'lib ) san'at janri hisoblanadi. Real hayotda mavjud bo'lgan yakka, ikki yoki bir guruh kishilar, rassom tasavvurida paydo bo'lgan xayoliy qiyofalarning tasviri. Rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, shuningdek, foto san'atining muhim janrlaridan biri. portret asosida aniq shaxsning qiyofasini abadiylashtirish yotadi. Portretning muhim tomoni tasvirning tasvirlanuvchiga aynan o'xshashligidir. Ijodkor Portret orqali tasvirlanuvchi shaxsning ma'naviy dunyosini, ijtimoiy hayotdagi o'rnini, kasbi, jamiyatdagi mavqeini aks ettiradi va uning shu jihatlari orqali davr xususiyati, siyosiy iqtisodiy ahvol haqida ma'lumot bera oladi. Rassomning kasbiy mahorati ishlash uchun tanlagan materiallari esa uning yaratgan asarlariga takrorlanmas o'ziga xoslik baxsh etadi.Tarixan portretning xilma-xil tur va ko'rinishlari shakllangan bo'lib ishlanish usuli, bajaradigan vazifasi tasvirlanuvchining faqat bosh qismi ,yoki beligacha, butun bo'ybasti bilan old va yon tomonidan ishlanishi mumkin. Shuningdek, turli tarixiy davrlarda nishon, tanga, medallar yuzasiga (medal yasash sanati) ishlangan, gemma (gliptika), medalonlarda miniatyura keng tarqalgan. Portret janridagi bir asarda ko'pincha bir necha janrlar qo'shilishi mumkin. Tasvirlanuvchi sof holda (zaminsiz, ya'ni atrof muhitni aks ettirmasdan), tinch xolatda yoki biror faoliyati bilan ma'lum muxitda ishlanishi ham mumkin. Umuman olganda portret tasviriy san'atning asosiy janirlaridan biri hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz va bobokalonlarimiz bo'lmish Amir temur, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin M. Bobur va shu kabi ko'plab ajdodlarimiz siymolari ham bir qancha mohir portretist rassomlarimiz tomonidan aks ettirilgan. Bu esa yillar davomida yosh avlodnini tasavvur va tafakkurini ma'naviyatini boyitishga xizmat qildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Mustaqillik yillarida ham san'at madaniyat sohalariga har tomonlama keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham mana bir necha yildirki kirb bormagan sohasi qolmadi. Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma'naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o'rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, "Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya hamda , yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir" Bunga misol tariqasida 2019 -yil 19-mart kuni O'zbekiston respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning Yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus qonunni kuchga kirdi. Bular san'at madaniyat, sport, kompyuter texnalogiyalri ,kitobxonlik va xotin-qizlarni bandlik bilan taminlash kabi bir necha sohalarni o'z ichiga qamrab oladi. Necha yildirki shu tashabbus asosida bir qancha tashviqot tadbirlar ko'rik tanlovlar anjumanlar o'tkazilib kelinmoqda. Ushbu tashabbus natijasi o'laroq Tasviriy san'atda ham yosh va bo'lajak ijodkorlar uchun keng ko'lamli tadbirlar ko'rgazma va ko'rik tanlovlar o'tkazilib ularni munosib rag'batlantirib rivojlantirishmoqda.
Metodika ta’lim-tarbiya jarayonida o'qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash usullarining mazmuninmg xususiyatlariga qarab chiqadi. Malumki, maktabda oqitishning xilma-xil metodlari qollaniladi. Bu yerda talim usuli, oquv materiallarining joylashishi (oquv, reja, dastur), talim prinsiplari va yana (so'ngida), oquv tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim ahamiyatga egadir.
«Metod» sozi grekcha bolib, «Tadqiqot yoli» «bilish usuli manosini anglatadi. Pedagogik oqitish metodlari deganda, maktab oquvchilaming bilim, mahorat va malakalarini egallashida, ulaming ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda oqituvchilaming qo'llagan ish usullari tushuniladi.
Metodika so'zi avvalo talim va tarbiyaning samarali usullarini majmui manosini bildiradi, mazkur bituruv malakaviy ish umumtalim maktablarining boshlang'ich sinflarda tasviriy sanatni oqitish metodikasining bir qator jihatlari korib chiqiladi.
Tasviriy sanat oqitish metodikasi pedagogik ilmiy fan sifatida tajribada sinalgan ishlarning nazariy qismlarini umumlashtirib, amaliyotda samarali natijalar bergan oqitish metodlarini taqdim etadi. Metodika, asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va sanatshunoslikning tadqiqot natijalariga asoslanadi. U tasviriy sanatni orgatish qonun qoidalarini tariflab beradi, kelajak avlodni tarbiyalashning zamonaviy metodlarini belgilaydi.
Demak, tasviriy sanatni oqitish metodikasi fani pedagogika ilmining oquvchilarni tasviriy sanatga orgatish mazmuni, vazifalari va metodlarini oqitishning mazmuni, vazifalarini va metodlarini aniqlovchi, ijodiy ishlardagi oqilona usullarini organuvchi, talim va tarbiyaning maqsad va vazifalariga tayangan holda samarali oquv jarayonini tashkil etuvchi, shakl va yollarini tadqiq etuvchi sohasidir.
Tasviriy sanat metodikasi metodika fanining boshqa sohalari kabi umumiy va xususiy turlarga ajratiladi.
|
| |