• Xususiy metodika
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti




    Download 18,75 Mb.
    bet6/19
    Sana27.05.2024
    Hajmi18,75 Mb.
    #255155
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    1. (o’lkamda bahor)” (1)

    Umumiy metodika - o‘quv fanning nazariy qismini asoslariga qarashli savollarni va ko‘pchilik fanlarga tegishli o‘qitish usul va uslublarini qo’llanishlarini ko‘rib chiqadi. Bular quyidagilar:

    • tasviriy san’at fanining maqsad va vazifalari;

    • tasviriy san’at fani dasturlarining tuzilishi va mazmuni;

    • o‘qitishning tashkiliy shakllari va metodlarini ishlab chiqish;

    • ko‘rgazmali metodik vositalarni tadqiq qilish va tanlash (o‘quv ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalari);

    • tasviriy san’atning boshqa fanlar bilan bog'liqligi (adabiyot, musiqa, biologiya, tarix);

    • tushunchalarni, iboralarni ta’riflash va boshqalar.

    Xususiy metodika- biron-bir o‘quv fanining o‘qitish uslubi nazarda tutiladi.

    • ko‘rgazmali qurollardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi;

    • amaliy va ijodiy ishlarning mazmunlari aniqlanadi va h.k.

    Hozirgi kundagi rasm chizishni o'rgatish metodikasi birdaniga kelib,shakllangan emas, bunga qadar mazkur metodika shakllanishi va murakkab taraqqiyot yo’lini bosib o‘tdi. Respublikamizda tasviriy san’atni o‘rgatish metodikasining shakllanishida mahalliy olimlar, metodistlaming qator izlanishlari, o‘quv qo’llanmalarning ahamiyati juda katta o‘rin tutadi. Badiiy pedagogika metodika sohasidagi so'nggi yutuqlari ko'rsatilgan va talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash, ularni metodik bilim va mahoratlar bilan qurollantirish, o'qitish san’atini egallashiga yordam berishni o‘ziga asosiy maqsad qilib qo‘ygan4.
    Umum o’rta ta’lim maktablarida «tasviriy san’at» o’quv predmeti talaba o’quvchilarining har tomonlama uyg’un rivojlanishiga hizmat qilib, u bolalarda ijodiy qobilyatlarini va badiiy didini o’stirishda va ularning ahloqiy jihatdan tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb etadi.
    Tasviriy san’at darslarida o’quvchilarning o’quv faniga qiziqishlarini oshirish dars samaradorligini oshirishning muhim shartidir.
    Tasviriy san’at o’quvchilarining ijodiy hissiyot manbai bo’lmog’i lozim va ularni qiziqishlarini oshirish kerak bo’ladi.
    Hozirgi vaqtda biz o’z o’quvchilarimizda ulardagi bilim va malakasiga asoslanib ularni har qanday ishga ijobiy munosabatda bo’lishida to’g’ri yo’l-yo’riq berishimiz kerak.
    Talaba o’quvchilarimizning bu darajada rivojlanishida ahloqiy tarbiyaning vositalaridan biri-tasviriy san’at o’quv darsligining roli juda kattadir.
    Tasviriy san’at darslari o’quvchi talabalarimizning ahloqiy his-tuyg’ularini, badiiy faoliyat va san’atga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda juda katta yordam beradi.
    Tasviriy san’at o’quvchilarimizning jamoat ishlarida alohida ahamiyatga ega. Umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilari dars va darsdan tashqari vaqtlarida olgan bilim va malakalarini har qanday qo’llaydilar. O’quvchi va talabalar tasviriy san’at darslarida badiiy ijodga bo’lgan qobilyatlarini o’stirib, qobilyatli bolalar aniqlanadi va ular bo’sh vaqtlarida to’garaklarda, badiiy ko’rgazmalarida shuningdek dars mashg’ulotlarda badiiy ijod bilan shug’ullanishlarida katta imkoniyat yaratadi.
    Tasviriy san’at haqida suhbat darslarida o’quvchilar milliy va jahon madanyati boyliklarini puxta egallab. Tasviriy san’at mashg’ulotlarining samaradorligini oshirishda, avvalo o’quvchilarning fanga qiziqishlari, san’atga bo’lgan ishtiyoqlarining roli kattadir.
    Shuningdek bu darsda bolalarda san’at haqida, rassomlar mehnatining o’ziga xos hususiyatlari haqida tushuncha va bilimlarga ega bo’lishadi. Jamiyatimizning o’sib, rivojlanib borishida har bir kishining mehnat qilish darajasiga bog’liqdir. Bu sifat mehnat jarayonini davrida vujudga keladi. Tasviriy san’at darslari o’quvchilar mehnat tarbiyasini amalga oshirishda katta imkoniyatlar yaratib beradi. Shunday ekan umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarida «Mehnat inson baxt saodatining ma’naviy va ahloqiy manbai, har qanday inson mehnat qilmog’i va mehnatni sevmog’i lozim»,-degan xulosaga keladilar. Shuningdek, bolalarda har bir kishi faqat o’zi uchun emas, balki jamiyat uchun mehnat qilishlari kerak, mehnat kishilari va ular yaratgan buyumlarga nisbatan mehr uyg’otadi. Manzara - tasviriy san’atning qadimiy janrlaridan bo’lib, tarixiy maishiy asarlarda ham vosita - fon sifatida muhim rol uynaydi. Qadimgi xitoy san’atida rassomlar tabiatni aks ettiruvchi asarlar yaratganlar. 2 Manzara asarida inson shaxsi, aql zakovatini, ichki tuyg’ularini tasvir orqali qo’shiq qilib kuylaydi va tabiat obrazini yaratadi. Tasviriy san’atdagi manzara janriga oid asarlar insonda tabiatga muxabbat va go’zallik fazilatlarini shakllantiradi. Rassomlar tarixiy va maishiy mavzudagi asarlarda bevosita manzaraga ham murojat qiladilar, etyud, eskizlar yozadilar. Bu holda manzara kartinada qo’shimcha fon vazifasini o’taydi. Urushdan keyingi yillarda muntazam tashkil etilgan Respublika, sobiq ittifoq badiiy ko’rgazmalar O’zbekiston tasviriy san’atiga ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Tabiatni yangicha his etish, yangicha talqin qilish hissiyoti paydo bo’la boshladi. Rassom sanoat, shahar, lirik manzaralarni aks ettirmasin tabiatga ishtiyoqi ortib bordi.
    Barcha san'at turlarining sir asrorlari ko'p bo'lgani kabi tasviriy san'atning ham sir asrorlari o'zida cheksizlikni mujjasam etgan. Rassom tug'ilib o'zidagi bir ajib qobilyatni his qilib tasviriy san'atga bo'lgan qiziqish salohiyatini maqsadi sari yo'naltirar ekan u umri davomida doimo bilim olish ijod qilish payida bo'ladi. Shu asnoda bir savol tug'iladi nazariya va amalyot birligi - bu ikki tushuncha o'zarochambarchas bog'liq bo'lib,doimo bir birini to'ldirib kelgan. Tasviriy san'at olamida rassom ahli keng davrani qamrab olgan va ularning fikrlash doirasi, estetik didi, nazariy bilim ko'nikmalari ham turlichadir. Ularga alloh tomonidan intivutiv his qilish ya'ni boshqalar ilg'amagan ranglar va chizgilarni ko'ra olish qobilyati berilgan. Bu intuvitiv his qilish jarayon amaliy ish bilan bog'liq bo'lib albatta uni o'zi yetarli emas sababi uni nazariy bilimlar asosida sayqallash lozim. Agar rassom birgina intivutiv his qilish jarayonga bog'lanib qolsa u aftamatik tarizda predmetni ko'chirishga o'tadi va unda garmoniya mutanosiblik yo'qaladi. Bunday holat yuz bermasligi uchun esa rassomdan nazariy bilimni o'rganish ya'ni badiiy va kompazitsioniy yechimga etibor berish talab etiladi. Badiiy kompazitsioniy yechim -agar rassom ishlidigan asarining har biriga shu nuqtai nazardan qarasa, nazariya va amalyot birligi muvozanatini ushlagan bo'lar edi. O'zbekiston rangtasvirida ijod qilgan ustoz rassomlarimiz Pavel Benkov, O'ral Tansiqboyev ,Raxim Ahmedov kabi ko'plab rassomlarimiz asarlarida biz osha narsani his qilishimiz mumkin. Pavel Benkovning aynan portret janridagi asarlariga e'tibor bersangiz siz unda asosan o'sha davrning milliy ayol qizlarini impressionizm uslubidagi tasvirini ko'rishingiz mumkin. Rassomlarning har biri alohida dunyo alohida olam va asarlari ham o'ziga xoslikni kasb etadi. O'zbekistondagi bugungi davr ustoz rassomlarimiz Bahodir Jalololov, Javlon Umarbekov, Alisher Mirzayev va shu kabi ko'plab ustozlarimiz o'z bilimlarini hozirgi o'sib kelayotgan yosh avlodga berib kelmoqdalar. Ularning asaridagi kompazitsioniy yechim va ranglar o'yini biz yoshlarga maktab vazifasini o'taydi. Ulardan ilhomlangan holda hozirgi ijodkor yosh rassomlarimiz ham o'zlarini turli oqim va janrlarda sinab ko'rishmoqda. Aksaryat yosh avlod o'zini shaxsiy fikr va dunyoqarashiga ega bo'lib, asarlarida ham o'ziga xoslikni, turli tajribalarni o'tkazib ko'rishga urinishmoqda. Va ko'pincha bunday holatlarni biz kompazitsioniy portretlarda ko'rishimiz mumkin hisoblanadi. Yana shunga oʻxshash jihatlarini koʻrishimiz mumkin.
    Tabiat benihoya jozibali va go‘zaldir. Quyosh nuri va atrof muhit cheksiz turli ranglarni hosil qiladi.
    Manzara etyudini mahoratli tasvirlash — demak uning rang munosabatlarini naturada ko'rinayotganday o‘xshatib bajarishdir. Bunday talablar natyurmortning rangli tasvirida ham asos bo'lgan. Manzara etyudining birinchi mashqlaridanoq naturani xaqqoniy tasvirlash uchun rangning och-to‘qligi va to‘yinganligi, rang munosabatlarini aniq topish muhimligini tushunish kerak.
    Manzarani kuchli quyosh nuri bilan yoritilganlik darajasini rassom teng ravishda palitraning bo‘yoqlar doirasiga o‘tkazadi, so‘ngra tomoshabin etyuddagi ko‘rinishni absolyut yorqinlikda emas, balki naturaga teng ravishda etyuddagi rang munosabatlarini o‘rnatilganligi tufayli qabul qiladi.
    Manzarada yoritilish darajasi kuch jihatdan ham, rang jihatdan ham juda tez o‘zgaruvchandir. U yil fasllariga qarab, bulutli havo, yorug‘lik nurlarini tushish burchagiga (ertalab, kunduzi, kechqurun) qarab o‘zgaradi. Kunning qoq peshindagi yoritilishni ertalabki yo kechkiga qaraganda yuz barobar kuchlidir. Shuning uchun etyuddagi tus mu- nosabatlari ma’lum tusli va rangdorlik darajasida saqlanib turishi kerak. Ayrim holatda rang munosabatlarini ifodalashda palitraning och va yorqin bo‘yoqlari (quyoshli kun), boshqasida esa kam to‘yingan quyuq, qoramtir bo‘yoqlar qo‘llaniladi (bulutli kun). Shunday qilib etyud tasvirlashda yoritilish kuchi va umumiy tusni hisobga olish kerak. Bun- ga, avvalambor barcha narsalarni yorqinligi, ranglarni to‘yinganligi bo‘ysunishi zarur. Shuning uchun etyudni tas- virlashga kirishishdan oldin quyidagi masalani yechish zarur: naturaning etyudida ko‘proq yorqin, to‘q va to‘yingan dog‘lar rang va yorug‘lik kuchi jixatdan qanday bo‘ladi. Shular atrofida etyudning barcha narsalari va obyektlari rang munosabatlarida qurilgan bo’lishi kerak.
    Ko‘zning moslashuvi deb ataluvchi (yorug‘likka ko‘zning sezuvchanligining ko‘tarilishi va pasayishi) nat- ura (tabiat) har xil yoritilishda turli taassurotlarni yuzaga keltirishi mumkin. Masalan, quyosh nurlarida kuzatilgan tabiat to‘satdan bulutlar bilan qoplanganda barcha ranglar o‘zgarib to‘qroq bo‘lib ko‘rinadi.
    Manzara etyudlarini bajarish jarayonida taqqoslash va munosabatlar bilan ishlayotganda naturani yaxlit ko‘rish kerak, aks holda naturaning tus va rang munosabatlarini to‘g‘ri aniqlash va etyudning jozibador ko‘rinishiga erish- ish mumkin emas.
    Rangtasvir ishlash jarayonida manzara obyektlari va narsalarni yaxlit ко‘rib turish muhim. Amaliy ishlash vag‘tida birinchi ko‘rinishni yorq‘in ranglarda, keyingi ko'rinishlarni esa xiraroq ishlash kerak. Faqat yaxlit ko‘rish orqali manzaraning perspektiv o‘lchamlarini, ularning turli ko‘rinishdagi rang munosabatlarini to‘g‘ri aniqlash hamda tasvirlashga erishish mumkin.Naturaning rang munosabatlarini ifodalayotganda ranglar birdamligini ham nazarda tutish kerak, u esa yori­tilish spektr tizimini yaratadi. Ertalab naturada oltinsi- mon pushti bo'yoqlar, kechqurun esa sariq zarg‘aldoq, bulutli kunda esa neytral kumushsimon ranglar ustun keladi. O‘rmonda yashil issiq ranglar doim ustun turadi. Oydin kechada kulrang-xavorang va yashil ranglar kuzatiladi.
    Naturadan ishlash jarayonida rassom rang munosabat­larini mutanosibligi, umumiy rang va tus holatining vaz- minligini kuzatib qolmay, rang koloriti va ranglar gar- moniyasini yaxlitligiga erishishi kerak.
    Kolorit hissiyotining tomoshabinga ta’sir kuchi shun- da namoyon bo‘ladiki, kartinadagi narsalar, obyekt yoki voqea ma’lum yoritilish sharoitlarida kolorit holatini haqqoniy ifodalay olsa. "Kim men uchun haqiqiy kolorist hisoblanadi?" — deb D. Didro o‘zi javob beradi: "Tabiat ranglarini to‘g‘ri yoritilganligini tasvirlay olib kartinada uyg‘unlikka erisha olgan rassomgina".
    Plener sharoitida munosabatlar bilan ishlash uslubi j ko‘pchilik metodik adabiyotlarda muallif tomonidan yoki e’tiborga olinmaydi yoki aniq tushuncha berilmaydi, ' ko‘pincha umuman noto‘g‘ri "munosabatlar" tushuncha- si deyilganda rang turlarini mutanosibsizligi, etyud va natura tomoshabin obrazida rang munosabatlarini farqlanishi aniq emasligi nazarda tutiladi.
    Rassomlar ko‘p asrlar oldin narsalarning ranglari muhit bilan, yoritilish sharoitlari bilan o‘zgarishlarini bilishgan. Uyg‘onish davridan boshlab rassomlar rang- tasvir haqida turli risolalar yozib, chiziqli va havoiy pers- pektiva qoidalari, naturaning ranglardagi ko‘rinishida muxitni o‘rni (Leonardo da Vinchi, A. Dyurer, D. Konstebl, D. Reynolds) to‘laqonli bayon etilgan. Shunday bo‘lsa ham bu rassomlar plenerli manzarani kashf etma- ganlar. Ma’lum bo‘lishicha plener rangtasviri XIX asr- ning ikkinchi yarmida rassomlar tasvirni tusli va rangli ko‘lamini saqlagan holda munosabatlar usuli bilan ish- lashni boshlagan vaqtda paydo bo‘lgan (V.D. Polenov,LI. Levitan, K.A. Korovin va boshqalar).
    Manzara rangtasviri bo‘yicha birinchi mashg‘ulotlar manzaraning asosiy obyektlari orasidagi ranglar farqini tasvirlashga qaratilgan qisqa vaqtli etyudlar bo‘lishi kerak (bino silueti, osmonning umumiy ftdog‘i, yer yuzining umumiy tekisligi, daryoning oynali yuzining bir xildagi rang dog‘i va hokazolar).
    "Etyudni tasvirlashda osmonga nisbatan suv va yer tusi- ning munosabatlarini birdaniga inobatga olib tasvirlash kerak", — deb yozgan K.A. Korovin.1.
    Levitan yosh rassomlarga maslahat beradi: "Biz hali manzaradagi yer, suv, osmonni umumlashtirish, bir-birini bog‘lash ko‘nikmalarini to‘laqonli egallamaganmiz: ham- masi alohida, barobar esa yaxlit bo' 1 ib jaranglamaydi. Axir eng muhimi va murakkabligi — manzarada suv, yer va osmonning to‘g‘ri rangli munosabatlariga erishishdir".
    Misol tariqasida N.N. Ge "Bulutlar", "Dengizda qu- yosh botishi" va A.E. Arxipovning "Shimoliy manzaraasarlarini ko‘rishimiz mumkin. Rassom N.N. Ge osmon, suv va yer munosabatlarini, old ko‘rinishdan ichkari to- mongacha ranglarning perspektiv o‘zgarishlarini nozik ifo- ilalagan. A.E. Arxipovning etyudi esa betartib to‘q rang snrtmalari bilan osmon, yerning asosiy munosabatlari ko‘l ho'yidagi katta bo‘lmagan omborxona tasvirlangan. Bunday dastlabki bir seansli etyudlarda naturaning yirik rang munosabatlarini astoydil tasvirlashi talabani manzara etyudidagi rang tuzilishi, uning materiallik va fazoviy sifatlarini hamda tabiatdagi turli yoritilish holatlarini mahoratli yaratish malakalarini rivojlantiradi.

    Download 18,75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 18,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagogika instituti

    Download 18,75 Mb.