301
CHIZMACHILIK TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHDA
TABAQALASHTIRIB O‘QITISH USLUBI
Sobirova Sharofat Umedullayevna
Buxoro davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Annotasiya:
Maqolada tabaqalashtirilgan talimning mohiyati, tabaqalashtirib o‘qitish
jarayonida faqat guruhlar bilan emas balki alohida o‘quvchilar bilan ish olib borishi ham
mumkinligi haqida aytilgan. Shuningdek, tabaqalashtirib o‘qitishda proyeksion chizmachilik
kursi bo‘yicha alohida variant namunalari keltirilgan.
Kalit s
o‘
zlar
: proyeksion chizmachilik, tabaqalashtirilgan talim, detal, ko‘rinish, yaqqol
tasvir
Tabaqalashtirilgan ta’limning mohiyati o‘quvchilarning qiziqishlari,
layoqati va iste’dodlarini hisobga olib, ularni rivojlanish uchun zarur
bo‘lgan sharoitlarni yaratish, shuningdek, u har bir maktab va u joylashgan
muhitga tegishli joylarning o‘ziga xos tomonlarini, ijtimoiy va madaniy
omillarni to‘la hisobga olishni nazarda tutadi. Tabaqalashtirilgan talim
davlat standartlarini inkor etadigan holda uni to‘la va yuqori saviyada
amalga oshirishga karatilgan bo‘ladi. Umumiy o‘rta talim maktablarida
barcha o‘quvchilarni har xil dastur va shu dastur asosda bir xil metodlar
bilan o‘qitish barcha o‘quvchilarning bilimi va malakasiga dinamik rivojni
taminlash kiyin ekanligini ko‘rsatmoqda.
Xususan 1.Berilayotgan bilimlar o‘quvchilarning barchasida bir xil
qiziqish uyg‘otmaydi. 2. Ularning bilimlari hajmi va sifatini bir
xillashtiradi. 3. Sinfdagi barcha o‘quvchilarning materialni o‘zlashtirish
tezligiga, o‘z layoqatlariga yarasha rivojlanishiga imkon bermaydi.
Yani past o‘zlashtirayotgan o‘quvchiga ta’lim mazmuni murakkablik
qilayotganligi sababli, bu materiallarni ular tomonidan o‘zlashtirishning
imkoni yo‘q, qobiliyati yetarlicha, aqliy rivojlangan bolalarga tavsiya
etilayotgan materiallar sodda bo‘lganligi uchun bu toifadagi bolalarning
bilimlariga ham rivojlanish ro‘y bermaydi.
Ichki tabaqalashtirish deganda bir sinf va bir o‘quv predmeti
mazmunida amalga oshiriladigan tabaqalashtirish nazarda tutiladi. Tashqi
tabaqalashtirilgan darsdan va predmet mazmunidan tashqari amalga
oshiriladi.
Ichki tabaqalashtirilishda talim mazmuni turli murakkabliklarida
bayon etilib, variativ xarakterga ega bo‘ladi. Variativlikda nafaqat talim
mazmunm jihatidan, balki materiallarni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt
ham nazarda tutiladi. U ta’lim mazmunining hajmini oddiy
murakkabligiga, xarakterini belgilab beradi. Tabaqalashtirilgan barcha
sinflarda qancha guruh yoki qaysi metodlarda ish olib borilayotganligidan
qatiy nazar o‘quv dasturida belgilab berilgan zaruriy bilimlar barcha
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi, malakalar o‘stiriladi.
302
Tabaqalashtirib o‘qitish jarayonida ish faqat guruhlar bilan emas
balki alohida o‘quvchilar bilan ish olib borishi ham mumkin. Chunki,
sinfdagi har bir o‘quvchini chizmachilikka doir va malakalarida bir-
biridan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lishi mumkin. Shunday
ekan, o‘qituvchi zarurat bo‘lganda boshqalardan ajralib turadigan har bir
o‘quvchi bilan induvidual shug‘ullanishi mumkin. Buning uchun
o‘qituvchi sinfdagi har bir bolani har bir jihatdan bilishi, bolalarning bilimi
va malakalarini tashxis etishi zarur.
O‘qituvchi har bir o‘quvchining ijodiy faoliyatiga doir xususiyatlarini
bilishi kerak. Bu borada dars jarayonida har bir boladan bilim va
malakalaridagi o‘sishni ham olib borishi zarur. O‘quvchi rivojini bilim va
malakasi darajasiga qarab bilim berish, yana shu ham muhimki, bunda
zaruriyat tug‘ilganda o‘quvchilarni u guruhdan bu guruhga va aksincha
bu guruhdan u guruhga o‘tkazish mumkin.
Tabaqalashtirilgan dastur, darslik, metodik qo‘llanma va tavsiyalar ,
didaktik materiallar yaratish hamda ularni sinovdan o‘tkazish,
o‘quvchilarni talimning yangi bu turiga tayyorlash nihoyatda murakkab va
ko‘p vaqt , iqtisodiy sarf-xarajatlar talab qilishini hisobga olib, bu boradagi
ishlarimizni faollashtirish davr talabidir.
Malumki, past saviyadagi qobiliyatsiz o‘quvchilarga talim mazmuni
murakkabligi
sababli,
o‘quv
materiallarini
ular
tomonidan
o‘zlashtirishning imkoni yo‘q, qobiliyati etarlicha aqliy rivojlangan
o‘quvchilarga tavsiya etilayotgan o‘quv materiallar sodda bo‘lgani uchun
ularga bu material qiziqarli emas.
Quyida
sakkizinchi
sinfda
chizmachilikni
o‘qitishda
ichki
tabaqalashtirishni nazarda tutib yaxshi, o‘rtacha va past o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar uchun proyeksion chizmachilik kursi bo‘yicha alohida
variantlar namunalari tuziladi va o‘qitishga tavsiya etiladi.
Tuzadigan variantlar: 1-past, 2-o‘rtacha, 3-yaxshi o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilarga mo‘ljallangan.
8-sinf uchun mavzular bo‘yicha tuzilgan variant namunalari
1. Chizmani o‘qish,tasvirlarni solishtirish.
O‘quvchi: chizmasini yaqqol tasvirlarda taqqoslab to‘g‘ri varianti
topiladi.
2 . Yaqqol tasviri bilan berilgan detal chizmasini bajarish.
O‘quvchi berilgan yaqqol tasviri bo‘yicha detalning yetarli
proyeksiyalarini chizadi va chizmaga yetarli o‘lchamlar qo‘yadi.
3. Chizmada yetishmaydigan chiziqlarni chizish .
O‘quvchi ko‘rinishlari bilan berilgan detalning ko‘rinishlarida
yetishmaydigan chiziqlvrni aniqlab, chizmani to‘ldirib chizadi.
4.Detalning berilganligini ko‘rinishi va yaqqol tasviri bo‘yicha uning
uchinchi ko‘rinishini yasash.
303
O‘quvchi berilgan detalning ko‘rinishi va yaqqol tasviri bo‘yicha
uning uchinchi ko‘rinishini bajaradi.
5.Chizmasi bo‘yicha detalning yaqqol tasvirini izometriyada chizish.
O‘quvchi detalning yakkol tasvirini berilgan chizmasi bo‘yicha
bajaradi.
6. Yaqqol tasviri bilan berilgan detalning eskizini bajarish.
O‘quvchi yaqqol tasviri bilan berilgan detalning eskizini bajaradi.
|