Литература:
1. Троицкий В. Ю., Стилизация, в кн.: Слово и образ, М., 1964;
2. Савенко С., К вопросу о единстве стиля Стравинского, в сб.: И. Ф.
Стравинский, М., 1973;
3. Кон Ю., О двух фугах И. Стравинского, в сб.: Полифония, М., 1975.
297
5- sho‘ba
uZluksiZ Ta’lim TiZimida Fan,
Ta’lim va ishlab chiqarish
integratsiyasi
298
CHIZMACILIK TA’LIM JARAYONIDA KOMPYUTER
GRAFIK DASTURLAR VA ULARNING QULAYLIKLARI.
Shukurov Avaz Ro‘ziboyevich
Buxoro davlat universiteti, Pedagogika instituti
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti,”Musiqa va
tasviriy san’at” kafedrasi dotsenti
Bugungi kunga kelib, barcha rivojlangan mamlakatlarda fan va
texnika, ishlab chiqarish vositalari hamda texnologik jarayonlar deyarli
to‘liq kompyuterlashtirilgan. Shuningdek, dunyoning barcha ishlab
chiqarish korxonalarida hamda ta’lim tizimida, yangi texnika va
texnologiyalami yaratishda loyihalash ishlarini avtomatlashtiruvchi juda
katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan grafik dasturlar asosida kompyuterdan
foydalanib kelinadi. Axborot texnologiyalari hamda yangi dasturlar
bugungi kunda davr talabi hisoblanadi. Rivojlanib borayotgan “Raqamli
tehnologiya” har jabhani jadallik bilan egallab olmoqda. Bugungi kunda
biz talim jarayonida ham, bu qulayliklardan keng foydalanmoqdamiz deb
bemalol aytish mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchilar uchun ta’lim jarayonini
soddalashtirish, qabul qilishga oson, yangicha tehnologiyalar atrofimizni
qurshab olgan. Tasviriy san’at darslariga mos, umuman tasvirlashga oid
grafik dasturlar yaratilgan bo‘lib, ular bugungi kunda o‘qituvchilar dars
jarayonida bir qancha qulayliklar yaratmoqda. Shuni ham takidlash joiz-ki
bunday grafik dasturlar ko‘plab yosh rassom va ijodkorlarning qiziqishiga
sabab bo‘lmoqda. Yangi tehnologiya o‘quvchilar ijodiy faoliyatida ham o‘z
tasirini ko‘rsatmoqda. Turli xil illyustratsiyalar (rasmlar, grafiklar, roliklar,
animatsiyalar, bannerlar va boshqalar) yaratishda va tayyor grafik
formatdagi ma’ lumotlarni o‘zgartirishda kompyuter grafikasidan keng
foydalaniladi. Kompyuter grafikasi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan grafik
va turli tasvirlar axborot texnologiyasida muhim o‘rinni egallaydi.
Kompyuter grafikasi fani asosan elektron rasm va tasvirlar bilan ishlashni
o‘rgatadi. Hozirgi kunda grafik dasturlar soni juda ko‘p bo‘lib ular ishlash
prinsipiga ko‘ra har xil grafikada ishlashi mumkin .
Kompyuter
grafikasi – kompyuterdagi grafika yoki kompyuter yordamida yaratilgan
grafikadir. Kompyuter grafikasi rasm chizish va modellashtirish vositasi
sifatida ishlatiladi. Agar kompyuter grafikasi monitordagi rasm deb
tushunilsa, u holda kompyuter grafikasi kompyuter bilan bir vaqtda paydo
bo‘lgan deyish mumkin. Ba’zan, kompyuter grafikasini ro‘yobga kelishini
kompyuter o‘yinlari paydo bo‘lgan vaqt - yil bilan bog‘laydilar. Boshqacha
qilib aytganda, kompyuter grafikasi – bu yangi axborot texnologiyalarining
jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, u avtomatik
loyihalash tizimining mazmunini tashkil etadi.
299
Grafik dasturlarda axborot bilan ishlash insonning ko‘rish, eshitish
va sezish organlariga qaratilgan bo‘ladi, ya’ni, axborot berish uchun tasvir
va tovushdan keng foydalaniladi. Asosiy maqsad, axborotni tasvir va
tovushga aylantirishdan iborat. Bugungi kunda juda ko‘plab kompyuter
grafik dasturlari mavjud bo‘lsada, ular bir birlaridan o‘zaro qo‘llanilish
sohalariga qarab farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o‘z faoliyatlari
uchun qulay bo‘lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning
imkoniyatlari ham ma’lum bir sohaga yo‘naltirilgan. Shuning uchun,
grafik dasturni tanlashda, avvalom bor, uning imkoniyatlarini inobatga
olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo‘llashdan oldin boshqa
bir dasturlarni yoki fanlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Hozirda
maktablarda informatika , axborot tehnologiyalari darslari olib boriladi va
bu darslar davomida o‘quvchilarga “Paint”, “PowerPoint”, “Adobe
Photoshop” grafik dasturlari o‘rgatib boriladi. Lekin yildan yilga buning
o‘zi kamlik qilmoqda. Vaqt o‘tgan sari grafik dasturlarning yangi avlodlari
paydo bo‘lmoqda. Bularga misol sifatida “Inkscape”, ”Sketch”, ”Adobe
Illustrator”, ”Affinity Designer”, “Gravit Designer”, “Photocape” kabi
grafik dasturlarni keltirish mumkin. Bunday grafik dasturlar tasviriy
dizaynga qodir bo‘lib, vizual tarzda ajoyib grafika va tasvirlarni yaratishga
imkon beradi. Bu esa o‘z navbatida yosh va zamonaviy rassomlarga
ijodning yangicha usullarini kashf qilishga imkoniyat yaratadi. Bundan
tashqari saytlami dizayni mukamallashtiriladi. Saytlarni bezash uchun
turli xil illyustratsiyalar (rasmlar, grafiklar, roliklar, animatsiyalar,
bannerlar va boshqalar) yaratishda va tayyor grafik formatdagi
ma’lumotlami o‘zgartirishda kompyuter grafikasidan keng foydalaniladi.
Bu dasturlar nafaqat o‘quvchilar yoshlar uchun qulay balki,
o‘qituvchilar uchun ham yangicha g‘oyalar taqdim etadi. Dars jarayonida
turli kashfiyotlarni amalga oshirish mumkin,o‘z g‘oyalarini yangi
ko‘rinishda taqdim etish uchun va eng asosiysi yangi bilimlarni
o‘zlashtirish darajasini o‘stirish uchun xizmat qilmoqda. Bu esa
o‘quvchilarning qiziqishiga sabab bo‘ladi. Grafik dasturlarda axborot bilan
ishlash insonning ko‘rish, eshitish va sezish organlariga qaratilgan bo‘ladi,
ya’ni, axborot berish uchun tasvir va tovushdan keng foydalaniladi. Aynan
shu holat dars jarayonida juda qo‘l keladi. Axborotlarni qabul qilish
jarayonini yaxshilaydi. Bugungi kunda juda ko‘plab kompyuter grafik
dasturlari mavjud bo‘lsada, ular bir birlaridan o‘zaro qo‘llanilish sohalariga
qarab farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o‘z faoliyatlari uchun qulay
bo‘lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyatlari ham
ma’lum bir sohaga yo‘naltirilgan. Shuning uchun, grafik dasturni
tanlashda, avvalom bor, uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim.
Aksariyat hollarda grafik dasturni qo‘llashdan oldin boshqa bir dasturlarni
yoki fanlarni o‘zlashtirishga ehtiyoj seziladi.
300
Badiiy-ijod, rassomchilik bilan shug‘ullanuvhilar uchun ham grafik
dasturlar bo‘lib, ularda surat chizish jarayoni va kelib chiqadigan natija
insonni lol qoldiradi.Ularning qulayligi egallanadigan joy va mablag‘ning
tejalishidir. Siz o‘z kompyuteringizda yoki smartfoningizda hoxlagan
suratingizni chizish imkoniga ega bo‘lasiz. O‘zingiz istagan vaqt va joyda.
Aynan ana shunday jihati sababli ham grafik dasturlar an’anaviy rassomlik
san’atining o‘rnini asta-sekin egallamoqda. Lekin mening nazarimda bu
badiiy rassomchilikning bir yo‘nalishi yoki turi bo‘lar ammo, zinhor uning
o‘rnini egallay olmaydi. Grafik dasturlar zamonaviy hayot talabidir. Biz
grafik dasturlardan har kungi hayotimizda , suratlarimizni tahrirlash,
ularni o‘zgartirish , qirqish va o‘zgartirish uchun foydalanamiz. Grafik
dasturlar nafaqat odatiy hayotimiz balki talim jarayonida , o‘qish
faoliyatimizda ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Inson hayotini
yengillashtiruvchi, estetik zavq beruvchi bunday yangiliklar doimo bizni
o‘ziga jalb qiladi.
|