• O‘QUV QALAMTASVIRI VA QALAMCHIZG‘ILARNING TASVIRLASH SAN’ATIDAGI AHAMIYATI Toxirov San’at Sobir o‘g‘li
  • Kalit s o‘ zlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet175/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Adabiyotlar 
    1.
    Abdirasilov S.. Boyinetov B., Tolipov N. «Tasviriy san’at». - Т.: llm-Ziyo, 2006. 
    2.
    Abdirasilov S.. Tolipov N. «Rangtasvir». -Т.: Bilim, 2005. 
    3.
    Boymetov B.. Abdirasilov S. “Chizmatasvir”. - Т.: G‘.G‘ulom, 2004. 
    O‘QUV QALAMTASVIRI VA QALAMCHIZG‘ILARNING 
    TASVIRLASH SAN’ATIDAGI AHAMIYATI 
    Toxirov San’at Sobir o‘g‘li 
    Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi 
    Annotatsiya:
    Maqolqda talabalarning o‘quv qalamtasvir hamda qalamchizgilari 
    bajarishda kompozitsiya asoslari va ijodiy malakalarini rivojlantirish haqida yoritilgan. 
    Shuningdek, o‘quv qalamtasvirida inson qomatining qalamchizgilarini bajarish jarayoni 
    misolida keltirilgan. 
    Kalit s
    o‘
    zlar:
     qalamtasvir, qalamchizgi, odam qiyofasi, kompozitsiya, tasviriy san’at. 
    Tasviriy san’atning barcha turlarida va janrlarida kompozitsiya 
    masalasini hal etish еtakchi o‘rinlarda turadi, dеsak yanglishmaymiz. 
    Buning uchun esa har bir san’at turiga muvofiq tarzda kompozitsiya 
    asoslarini qo‘llay bilish kerak. Shu o‘rinda kompozitsiya umumqoidalari 
    puxta o‘rganilishi zarur. Ular akadеmik qalamgasvirlar yaratish, o‘rganish, 
    mashq qilish jarayonining ham ajralmas qismidir. 
    Ma’lumki, inson qomatini chizish jarayoni bosqichma-bosqich 
    amalga oshiriladi. Bunda albatta akadеmik rasm ishlash amallari 
    qo‘llaniladi. U esa oddiydan murakkabga o‘tib boish orqali yuzaga 
    chiqariladi. Odam tasviri talabalar, uni endi chizishni o‘rganayotganlar 
    uchun ancha murakkab ishdir. Bu sohaniig nazariy qismini o‘qib, o‘rganish 
    mashqlar uchun chiziladigan vazifalar sifatini oshirishnish omilidir. 
    Chunki nafaqat yillar, balki asrlar davomida akadеmik rasm chizish sirlari 
    ochilib, tadqiq etib, takomillashtirilib kеlinmoqda. Shundan ma’lumki 
    o‘ziga xos, inkor etib bo‘lmaydigan tamoyillar, qonun-qoidalar vujudga 
    kеlgan. Ularga amal qilinishi ayniqsa o‘rganuvchilarga yordam bеradigan 
    zo‘r omildir. 
    Odam qomatini to‘liq tasvirlash, uning bosh qismini chizish amallari 
    to‘liq o‘zlashtirilib olingach boshlangani ma’qul. Shunda dastlabki 


    313 
    mashqlardanoq еtarli samaraga erishish mumkin bo‘ladi. Asosiy e’tibor 
    tanani tadqiq etish va tasvirlash ishiga qaratiladi. Ma’lumki inson qaddi-
    qomatining o‘z o‘lchamlari, mutanosiblik tamoyillari mavjud. Masalan 
    yosh bola boshining o‘lchami tanaga iisbatan jihatdan ancha 
    mutanosiblikda bo‘ladi va tanaga, uning balandlik o‘lchamiga olti, еtti, 
    ba’zan еtti yarim karra joylashadi. Albatta bu mе’zonlar nisbatan bo‘lib 
    turli odamlarda har xillik kasb etadi. 
    Odam qomatini chizishda uning tuzilishini (konstruktsiyasini) bilish 
    katta ahamiyatga ega. Buning uchun chizuvchi tananing qanday harakat 
    holatida, qay vaziyatda turganligini qoralama chizgilar qilish orqali tahlil 
    qilish, ko‘plab shunday mashqlar bajargan, asosiy ishni boshlashi kеrak. 
    Chizganda ham qiyofani, uning barcha bo‘laklarini alohida-alohida emas, 
    balki yaxlit aks ettirishga urinish, hamda erishish lozim bo‘ladi. Ammo har 
    bir bo‘lak uning tasvirida tutgan roli ham unutilmasligi kеrak. Turgan 
    odam qiyofasini chizishning asosiy amallari nimalardan iborat, dеgan 
    savolni oldimizga qo‘yib, unga javob bеraylik: 
    Ilgarigi vazifalardagidеk bunisida ham dastlabki maqsad ob’еktini 
    qog‘oz sathiga chiroyli qilib joylashtirishdan.iboratdir. So‘ngra tana turish 
    vaziyati, holati topiladi, kеyin qomatning qismlari, o‘lchamlari o‘zaro 
    mutanosibligi topiladi. Ular odamning kеksa yoshligiga, sеmiz yoki 
    ozg‘inligiga, bo‘iining past yoki balandligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda albatta 
    odamning qaysi bir oyog‘iga, yoki ikkala oyog‘iga tayanib turganligi 
    e’tiborga olinishi muhimdir. Chunki shunga qarab tananing holati o‘zgarib 
    turadi. Yelka, bosh, bеl, qo‘l va oyoqlar turishi har xil ko‘rinishga ega 
    bo‘ladi. Ma'lumki, odam umurtqa nog‘onasining tuzilishi ham uning 
    ko‘rinishiga ta'sir etadi. Ba’zi tanalarning turishi tik bo‘lsa, ba’zilari 
    bukchayibroq ko‘rinishida bo‘ladi. 
    Tananing har bir a’zosi gorizontal va vertikal chiziqlarga nisbatan 
    qanday vaziyatda ekanligi muntazam ravishda tеkshirib turiladi. Butun 
    tananing tayanch nuqtasi mavjud bo‘lib, u og‘irlik qaysi oyoqqa 
    tushayotganiga, yoki ular oralig‘iga tushaotganini aniqlashda qo‘l kеladi. 
    U to‘g‘ri, joyida topilmagan bo‘lsa, odam qiyofasi og‘ib, yiqilayotganga 
    o‘xshab chiqib qolishi mumkin. Shu sababdan tеkshirish uchun ba’zan 
    osma shovundan foydalanish mumkin. U barcha pеrpеndikulyarlarni 
    topishda zo‘r vositadir. 
    Odam qiyofasini chizishni o‘rganishda uni skеlеt bilan solishtirib 
    tеkshirish, tananing asosiy mushaklari tizimini Gudon «ekorshеsi»dan 
    ko‘rib o‘rganish maqsadga muvofiq. Ana shunda chizuvchi tananing qaysi
    bo‘lagiga urg‘u bеrishi va batafsil ishlashi kеrakligini gushunishi 
    oson bo‘ladi. Chunki suyaklar tizimini bеlgilovchi skеlеt va mushaklar 
    tana qismlarining shakli-shamoyilini yaqqol qilib aks ettirishda yordam 
    bеradi. Umuman yuqoridagilarni sifatli bajarilishi uchun har bir talaba 


    314 
    plastik anatomiyadan yahshi xabardor bo‘lishi zarur. Shuni ham takidlash 
    o‘rinliki, ishni bajarishda soya-yorug‘ munosabatlarini go‘g‘ri topib 
    tasvirlash ham ahamiyat kasb etadi. Chizish mobaynida katta soyalar va 
    yorug‘, yarimsoyalarni birvarakay bеlgilab tuslab borilishi tasvirning 
    hajmli ko‘rinishini taminlaydi. Umum tanani aks ettirishda uning mayda 
    qismlarini ham yo‘l-yo‘lakay aniqlashtirib boriladi, ammo bunda 
    yaxlitlikka putur еgkazilmasligi kеrak. Tasvirlash jarayoni izchillikda 
    bosqichma-bosqich olib borilsa, oxirida barcha tomondan ish tеkshirib 
    umumlashtirilsa vazifa yaxshi chiqishi taminlanadi.

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish