• AMALIY BEZAK FANLARINI O‘QITISHDA KOMPYUTER GRAFIKASIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. Mamurova Dilfuza Islamovna
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet183/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini 
    yanada rivojlantirish bo‘yicha Taraqqiyot strategiyasi tog‘risida”gi PF-4947-son 
    Farmoni 
    www.lex.uz

    2.
    Beknazarova.S. Multimedia texnologiyalarining asosiy xususiyatlari. 2017-
    yil, info COM.UZ. 
    3.
    G‘ulomov S. Axborot tizimlari va texnologiyalari-T.: “Sharq”, 2000-yil, 
    library.ziyonet.uz 
    4.
    Ro‘ziyev F.J. O‘quvchilar intelektual-manaviy darajasini o‘sishida axborot-
    komunikatsiya texnologiyalarining didaktik imkoniyatlaridan foydalanish. Toshkent, 
    uzluksiz ta’lim 6-son, 2016 yil. 


    329 
    AMALIY BEZAK FANLARINI O‘QITISHDA KOMPYUTER 
    GRAFIKASIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. 
    Mamurova Dilfuza Islamovna
    Buxoro davlat Pedagogika instituti “Musiqa va 
    tasviriy san’at ” kafedrasi dotsenti 
    Bomurodova Madina 
    Buxoro davlat Pedagogika instituti 2- bosqich 
    magistranti 
    Bugungi kunda jahonning qaysi bir rivojlangan mamlakatlarini 
    olmaylik, ta'lim sohasida, ayniqsa maktab yoshidan boshlab san'at, 
    xususan, tasviriy va amaliy san'at haqidagi bilimlarini rivojlantirishga katta 
    ahamiyat berib kelinmoqda. Mamlakatimizda o‘rta ta'limning yana o‘n bir 
    yillik bo‘lishi va unda kasbga yo‘naltirish maqsadida o‘quv markazlarining 
    tashkil etilishi, shuningdek akademik litsey, kasb–hunar kollejlari, oliy 
    ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning badiiy va estetik 
    tarbiyasiga katta e'tibor berilmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlodni jahon 
    andozalariga javob beradigan barkamol etib tarbiyalashda amaliy bezak 
    san’ati fani alohida ahamiyat kasb etadi. Yoshlarga badiiy ma’lumot 
    berishda tabiat unsurlarini stillashtirish mashg‘ulotlarining ahamiyati 
    benihoya katta bo‘lib, bu ularning umumiy dunyoqarashlarini o‘stirishda 
    muhim. Yozuv kompozitsiyasi, yozuvlarni yozishni o‘rganish, oddiy naqsh 
    namunalarini chizish, boyash va pardozlash mahoratini rivojlantirishni o‘z 
    oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
    Amaliy va badiiy bezak san'atini o‘rganish yoshlarga atrofdagi 
    jismlarning stillashtirgan holda, badiiy tafakkur, ijodiy qobilyat, ko‘rib 
    eslab qolish, fazoviy tasavvurni shakllantirish, san'at asarlariga nisbatan 
    estetik munosabatni, go‘zallikka bo‘lgan muhabbatni rivojlantirish, amaliy 
    va badiiy bezak san'atida kompozitsiya masalalari, naqsh turlari, badiiy 
    naqqoshlikda zamonaviy ramzlar, o‘quv va tarbiyaviy jarayonda badiiy 
    bezak san'atining o‘rni, amaliy bezak san'atida kompozitsiya, shriftlar, 
    reklama, e'lon, shior, tabrik matni namunalari, interer va ekstererda badiiy 
    bezash bilan tanishtirish orqali nazariy jihatdan o‘rgatadi hamda ularning 
    estetik didlarini o‘stirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘rta 
    maxsus, kasb–hunar va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan maxsus 
    fanlarning chuqur va asosli bo‘lishini taqazo etib, pedagoglar, olimlar, 
    ustalar va rassomlar zimmasiga mashaqqatli va ayni paytda sharafli va 
    yuksak mas'uliyat yuklaydi. Talabalarga — amaliy bezak san'ati fanini 
    o‘qitilishida quyidagi texnik vositalardan foydalaniladi: Amaliy san'at 
    namoyandalari, xalq ustalari, yetuk o‘zbek va xorijiy tasviriy san'at usta 


    330 
    rassomlarining jahon miqiyosida tan olingan san'at asarlari namunalari 
    hamda metodik jihatdan mukammal reproduktiv ishlari; zamonaviy 
    kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda mashg‘ulotlarni tashkil 
    etish 
    taqazo 
    etiladi. 
    Ayniqsa 
    bunda 
    zamonaviy 
    kompyuter 
    texnologiyalaridan foydalanishning samarasi katta deyish mumkin. 
    An’anaviy ta’lim jarayoni tajribadan o‘tgan va samarali bo‘lishiga 
    qaramasdan, zamonaviy dunyoda yashayotgan talabalar uchun oddiy va 
    zerikarli ta’assurot qoldirishi mumkin. Asosiy maqsad talabalarni ta’lim 
    jarayonida samaradorlikka erishish va ularda tushunish, qabul qilish 
    jarayonlarini osonlashtirish ekan, biz qanday fan turi bo‘lishidan qat’iy 
    nazar zamonaviy tehnologiyalardan foydalanishni , dars jarayonida tadbiq 
    qilishimiz lozimdir. Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish 
    ta’lim oluvchilarda bir muncha qulaylik yaratibgina qolmay bu jarayon 
    ancha qiziqarlidir.Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda, amaliy bezak 
    san’ati fanlarini o‘qitishda ham zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan 
    foydalanib, 
    amaliy 
    san’at 
    topshiriqlari, 
    naqsh 
    elementlari 
    va 
    kompozitsiyalarini kompyuter grafikasidan foydalangan holda chizishni 
    dars jarayonida tadbiq etish mumkin.
    Bunda kompyuterning grafik dasturlaridan foydalanish mumkin. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish