328
shundaki, musiqa asarlarini o‘tkir did bilan baholay oladigan o‘quvchi
kelgusida yetuk shaxs bo‘lib yetishishi kafolatlanadi. Har bir o‘quvchida
informatsion bilim, axborotlar oqimi ma’lum darajada o‘zining izini
qoldirib ketadi. Olingan axborotlarga tayangan hamda o‘quvchi o‘z fikriga
qat’iy tura olishi muhim hisoblanadi [3]. Hozirgi kunda davr talabi ham
har bir o‘quvchining mustaqil qat’iy o‘z fikriga ega bo‘lishini ko‘zda tutadi.
O‘quvchilar qo‘llanilgan musiqiy dastur orqali nafaqat musiqa
asarlarini tinglash, kuylashlari, balki ularni badiiy qimmati, o‘ziga xos
xususiyatlari, ijrochilik uslublari, janri, an’anaviyligi, tuzilishi, mohir
ijrochilari haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishlari, musiqiy asarni
ta’kidlab o‘tilgan jihatlari xususida o‘z fikrlarini bildira olish salohiyatiga
ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek ularning musiqiy tafakkuri,
dunyoqarashi faqatgina milliy musiqamiz doirasidagi bilim va
tushunchalar bilan cheklanib qolmasligi, ayni paytda ular qardosh xalqlar,
chet ellarning milliy va kompazitorlik ijodiga tegishli asarlari, Yevropa
klassik musiqasi, uning mashhur namoyondalari asarlari bilan tanishib
borishlari shartdir. Bularning barchasi o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy,
badiiy-estetik,
musiqiy-nazariy
bilim,
tushuncha
dunyoqarash,
mafkurasini takomillashib borishiga shu orqali ularda turli janrdagi, turli
xalqlar ijodidagi o‘xshash ijrolar, an’analar to‘g‘risida mushohada qilish,
fikr yuritish, ularga baho bera olish qobiliyatlarini rivojlanishiga keng
imkoniyat yaratib berishi lozim. Zero, yosh avlodni har tomonlama yetuk
shaxs sifatida shakllantirishda musiqa ta’limi va tarbiyasi oldiga
qo‘yilayotgan vazifalar ham shuni taqazo qiladi.