FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 
1.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” («Barkamol avlod orzusi» k.),- T.: 1997y.
2.
“Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun («Barkamol avlod orzusi» k.),- T.: O‘zbekiston. 
1997y.
3.
Ho‘jayeva M.X. Umumta’lim maktablarida musiqa o‘qitish metodikasi (o‘quv 
qo‘llanma).T.:2008y. Ilmiy jurnallardagi maqolalar: 
4.
G‘oziyev E. Umumiy psixologiya. T.: 2002y
5.
Qodirov R.G‘. Vozrastnaya i pedagogicheskaya psixologiya.T.:”Musiqa”. 2005. 
18. G‘aybullayev N.R., Yedgorov R., Mamatqulova R. Pedagogika. T.2005
6.
Shurkova YE. “Pedagogicheskaya texnologiya”(Pedagogicheskoye obshestvo 
Rossii) M.2005.
7.
Nurmatov 
X. 
Pedagogicheskiye 
osnovi 
formirovaniya 
muzikalno-
esteticheskoy kulturi mladshix shkolnikov Uzbekistana: Avtoref. diss. … dokt. ped. 
nauk. –T., 1994.- 50 s. 
8.
Musiqa madaniyatidan yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi 
va mavzuiy rejalashtirish. –T., Sharq, 2004. – 62 b. 
 


320 
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASLARIDA DIDAKTIK 
O‘YINLI MASHG‘ULOTLAR 
Ergasheva Zilola 
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 1-bosqich 
magistranti. 
Musiqa ta’lim-tarbiyasining maqsadi yosh avlodni milliy musiqa 
merosimizga vorislik qila oladigan hamda umumbashariy musiqiy 
qadriyatlarni idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga 
yetkazishdan iboratdir. Buning uchun kamolga yetishib kelayotgan yosh 
avlodni musiqiy iqtidorini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr ishtiyoqini 
oshirish, musiqadan bilim va amaliy malakalar doiralarini tarkib toptirish, 
iqtidorli bolalarni musiqiy qobiliyatlarini rivojlanishlari uchun zaruriy 
shart-sharoitlar yaratib berish, maktabgacha ta’lim muassasalarining 
musiqa mashg‘ulotlarining asosiy vazifalaridan biridir. Mazkur oliy 
maqsad va vazifalarni amalga oshirish musiqaga jamiyatni madaniy - 
ahloqiy rivojlantiruvchi omil sifatida qarash, predmet muammolarini xal 
etishda keng o‘qituvchilar ijodkorligiga tayanish, musiqa o‘qitish 
uslubiyotini ilgor tajribalar va kompleks ilmiy-metodik izlanishlar natijasi 
asosida takomillashtirish talab etiladi. Bu borada didaktik o‘yinli 
mashg‘ulotlarning ahamiyati uzgachadir. 
Didaktika ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganiivchi 
qismidir. Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, «didayko» - o‘qitish. «didaskoya» - 
o‘ rgatuvchi degan so‘zlardan kelib chiqqan. «Didaktika» - ning so‘zma-
so‘z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi tal’im 
jarayonining tushunchasi va mohiyatini, ta’lim qoidalarini, uslublari 
hamda tashkiliy formalarini o‘z ichiga oladi. Didaktika o‘z oldiga 
o’qitishning o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob 
beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasmi qo‘yadi. Ta’limning 
asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimi 
bilan qurollantirishdan iborat. Demak, didaktika «nimaga o‘qitish». 
«nimani o‘qitish» va «qanday o‘qitish» kabi savollariga javob izlaydi. 
Umumiy didaktika esa o‘z navbatida, ayrim o‘quv fanlariga oid usullar 
bilan juda mustahkam bog‘lanadi. Shu usullar mo‘lumotiga tayanib, 
o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini yechib boradi va ayni vaqtda har bir 
o‘quv fanini o‘qitish usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Musiqaviy didaktika, uning birlashtiruvchi vazifasi hamda uning 
xususiy didaktikalar va musiqiy ta’limning mavzuli metodikalari bilan 
bog‘liqdir. Musiqaviy didaktikaning asosiy kategoriyalari: musiqiy 
ta’limning jarayoni, prinsiplari, mazmuni, usullari, shakllari. Musiqiy 
ta’lim mazmuni umumiy madaniyatining rivojlanishiga va jamiyatning 


321 
musiqa san’atiga bo‘lgan extiyojiga bog‘liq. Shuning uchun musiqiy ta’lim 
mazmuniga kiruvchi musiqiy bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar, musiqa 
materiali, ta’lim usullari va shakllarini sistemalashtirish lozim. Musiqa 
sabog‘i tarbiyalovchi shaxsning badiiy tafakkurini shakllantiruvchi ta’lim 
sifatida muhimdir. Uning vositasida nafosat tuyg‘ularini tarbiyalash bilan 
birga yosh avlodda oliy insoniy fazilatlar tarkib toptirish nazarda tutiladi. 
Kupchilik holatlarda musiqa mashg ‘ulotlarda utkazish oddiy 
an’anaviy holatlarda olib boriladi,shu sababli ham tarbiyalanuvchilarni 
qo‘shiq yoki musiqani uzlashtirishi qiyin kechadi.Ushbu holatlarda 
didaktik o‘yinli mashg‘ulotlardan foydalanish mashg‘ulot sifatini oshiradi. 

Download 5,14 Mb.
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish