• Annotatsiya. Bugungi kunda mamlakatimiz kelajakdagi
  • Tayanch s o‘ zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet177/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
    1.
    “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” («Barkamol avlod orzusi» k.),- T.: 1997y. 
    2.
    “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun («Barkamol avlod orzusi» k.),- T.: O‘zbekiston. 
    1997y. 
    3.
    Ho‘jayeva M.X. Umumta’lim maktablarida musiqa o‘qitish metodikasi (o‘quv 
    qo‘llanma).T.:2008y. Ilmiy jurnallardagi maqolalar: 
    4.
    G‘oziyev E. Umumiy psixologiya. T.: 2002y 
    5.
    Qodirov R.G‘. Vozrastnaya i pedagogicheskaya psixologiya.T.:”Musiqa”. 2005. 
    18. G‘aybullayev N.R., Yedgorov R., Mamatqulova R. Pedagogika. T.2005 
    6.
    Shurkova YE. “Pedagogicheskaya texnologiya”(Pedagogicheskoye obshestvo 
    Rossii) M.2005. 
     


    317 
    MUSIQA PEDAGOGIKASIDA INTERFAOL USULLARDAN 
    FOYDALANISHNING SHAKL, VOSITA VA USULLARI 
    To‘ymurodova Dilshoda Dilmurodovna 
    Buxoro davlatr Pedagogika instituti II-bosqich 
    magistranti 
    Annotatsiya. 
     Bugungi kunda mamlakatimiz kelajakdagi
     
    poydevori bo‘lgan yoshlarning 
    ma’naviy kamoloti dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, 
    ma’naviy shakllantirish, ruhiy kamolotiga erishuvida esa musiqa san’ati alohida ahamiyatlidir. 
    Musiqa san’ati o‘ziga xos bir olam. U mo‘jizakor tovushlar, maftunkor kuylar va hissiy 
    kechinmalar olami. Musiqa insonning hissiyotlari, kechinmalari, fikrlari, hayotiy g‘oya va 
    voqe’likni o‘ziga xos obrazlarda aks ettiruvchi san’atdir. Tinglovchining qalbi, ruhi, 
    histuygulariga ta’sir etish orqali unda turli qobiliyatlarni rivojlantiradi. 
    Tayanch s
    o‘
    zlar: 
    Texnologiya, musiqa, ta’lim, pedagogika, interfaol usullar, shakl, 
    vosita. 
    Ma’lumki, Sharq falsafasining eng muhim masalalaridan biri komil 
    inson tarbiyasi bo‘lib kelgan. Binobarin, musiqaga falsafiy nuqtayi 
    nazardan yondashish jarayonida ham avvalo uning inson ruhini 
    takomillashtirishdagi o‘rniga ahamiyat berilgan. Insonning shaxs sifatida 
    shakllanishida musiqa san’atining beqiyos ahamiyatini, uning ilohiyligini, 
    ruhiyat bilan bog‘likligini o‘tmish allomalari doimo ta’kidlab kelganlar. 
    Musiqa ilmining chinakam asoschisi, o‘rta asrlar Sharqi buyuk 
    qomusshunos olimi Abu Nasr al Forobiy musiqaning kelib chiqishiga ilmiy 
    baho beradi va musiqani ko‘p funksional: lazzat beruvchi, ko‘ngilochar 
    vosita, ma’naviy tarbiya vositasi ekanligini ta’kidlaydi. Har birida musiqa 
    tinglovchiga ta’sir etish vositasiga aylanishi va bu - musiqaning san’at 
    sifatida yashashi uchun birinchi omilligini aytadi. Shuning uchun 
    musiqaning ta’sir kuchi vositalarini qidirish va takomillashtirish Forobiy 
    uchun musiqa ilmining muhim vazifasi bo‘lib qolgan.
    Sharqning ulug‘ mutafakkiri Ibn Sino ham shaxs kamolotini 
    rivojlantirishda musiqaning tarbiyaviy ahamiyatini asoslab bergan birinchi 
    olimlardandir. U o‘zining musiqiy tarbiyaga oid qarashlarida musiqa 
    orqali inson ruhini shakllantirish, rivojlantirish hamda jismoniy mashqlar 
    bilan badanni tarbiyalash bilan bog‘liqligi, ya’ni ruh bilan birgalikda 
    tanaga ham shifobaxsh ta’sir ko‘rsatishini aytib o‘tadi. Bu Sharq 
    “Renessans”ining eng ilgor fikrlaridan biri edi. Ibn Sino musiqaning 
    ma’naviy ehtiyojlardan kelib chiqqanligi va uning rivojlanishi insonning 
    ijodiy faoliyati bilan bog‘liqligini ta’kidlar ekan, musiqa yaralishining eng 
    birinchi maksadi - go‘zallik va takomilga erishishdir, deb hisoblaydi.


    318 
    Musiqa darsi o’z tabiatiga ko’ra ham san’at, ham tarbiya darsidir. Uni 
    rang –barang, sermazmun va qiziqarli tashkil qilish har bir o’qituvchidan 
    katta pedagogik va professional mahorat talab qiladai . “Bolalarni san’atga 
    o’rgatish nihoyatda murakkab” – deb ta’kidlaydi taniqli kompozitor – 
    pedagog D.B.Kabalevskiy, - hamma murakkabligi shundaki, ularni 
    emotsional tarzda qiziqtirmay turib chinakam san’atga o’rgatish mutlaqo 
    mumkin emas.
    Bu o’rinda musiqiy mashg‘ulotlar jarayonida o’quvchilarning ijodiy 
    faolligini ta’minlash alohida ahamiyatga molik. Musiqani tushunish, uning 
    hissiy - emotsional ta’siridan bahramand bo’lish bilim, malaka va 
    ko’nikmalar qatori emotsional his – tuyg‘ularning ishtirokiga ham bog‘liq. 
    Asarni ijro va idrok etishda his – tuyg‘ular qanchalik faol va chuqur bo’lsa, 
    ularni tushunish va o’zlashtirish, ta’sirlanish shuncha ongli va samarali 
    bo’ladi. Bu holatlar esa o’z o’rnida ijodiy faollik natijasida sodir bo’ladigan 
    jarayondir. Zero, zerikarli va bir xillik sinfda jonli hissiyot holatini vujudga 
    keltira olmaydi. O’quvchilarni darsga qiziqtirish birinchi navbatda tinglash 
    va ijro etish uchun tanlanadigan repertuar va uslublarga (an’anaviy yoki 
    interfaol metodlar) bog‘liq. Boshlang‘ich sinflar uchun tanlanadigan asarlar 
    repertuarining asosiy mezoni ularning yoshi, qiziqishi, bilim va malakalari, 
    ko’nikmalari darajasiga bog‘liq.
    Shunga muvofiq qo’llaniladigan metodlar ham ko’proq o’yin 
    xarakterida bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Sho’x, o’yinbop, raqs 
    ishtirokida turli musobaqa tarzida uyushtiriladigan va tematikasi bolalar 
    dunyosiga mos ertak qahramonlari, hayvonlar, parrandalar, o’simliklar, 
    tabiat manzaralari, qushlar obrazlari bilan bog‘liq asarlar o’quvchilarda 
    darsga nisbatan qiziqish va havas uyg‘ota oladi, estetik hissiyotlarini, 
    musiqiy qobilyatlarini o’stirib boradi. Bu o’rinda zamonaviy qo’shiqlar 
    qatori xalq qo’shiqlaridan, qardosh xalqlar va kompozitorlari asarlaridan 
    foydalanish darslarni yanada sermazmun va faol bo’lishini ta’minlaydi, 
    yoshlarda xalq musiqa merosiga bo’lgan mehr va muhabbat tuyg‘ularini 
    shakllanishiga kuchli ta’sir etadi. Har bir darsda ijodiy faollik yuzaga 
    keladi.
    Zamonaviy musiqa madaniyati darslarini badiiy – pedagogik asar 
    deb hisoblash mumkin. Chunki uni o’qituvchi o’z individual ijodidan va 
    tajribasidan kelib chiqqan holda yaratadi. Darsning kompozitsiyasi va 
    dramaturgiyasi, uning badiiy – pedagogik g‘oyasi, maqsad va vazifalari, 
    shakllari, metodik usullari va texnologiyalari ham o’quvchilarda musiqaga, 
    o’quv materiallariga qiziqishni o’stirish, ularga musiqa san’ati va 
    madaniyatining ma’naviy mazmunini singdirish, zamonaviy musiqali 


    319 
    ijodiy faoliyatni anglashi – bularning hammasi o’qituvchining ijodiy 
    yondashuvchanligining mahsuli hisoblanadi.
    O’qituvchi musiqa darsini (bir soatlik) rejasini tuzganda maqsad, 
    vazifasini, mavzusini, turini va o’qitish shakllarini, musiqiy faoliyatlarni va 
    ular mazmunida o’quvchilarga beriladigan bilimlar, qo’llaniladigan 
    uslublar, texnologiyalarni aniqlab, so’ng darsning senariysini yaratadi. 
    Darsning har bir faoliyati: musiqa tinglash, jamoa bo’lib kuylash, musiqa 
    savodi, ritmik harakatlar, musiqa cholg‘u asboblarida jo’r bo’lish, o’yinlar – 
    bir – biri bilan bog‘lanib , uzviylashtirilgan bo’lishi kerak. Bunda 
    o’quvchilarni darsga faol qatnashtirish uchun turli xil texnologiyalar, 
    vositalar, metod va usullar qo’llaniladi.
    Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta’limning yangi 
    loyihasini rivojlantiruvchi ta’lim tamoillariga asoslangan bo’lib, o’quvchi 
    shaxsiga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. O’qituvchi va o’quvchi, o’quvchilar 
    va o’qituvchining hamkorligi o’zaro muloqot, bir – biriga ko’rsatadigan 
    ta’siri zamonaviy talablar asosida tashkil topishi lozim. Bunday jarayonda 
    o’quvchilar 
    bilan 
    hamkorlikda 
    ishlash 
    malakalari 
    shakllanadi. 
    O’quvchilarning faol, samarali faoliyat ko’rsatishiga yo’naltirilgan ta’lim 
    jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta’limning pedagogik 
    texnologiyasi ta’lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek,ularning shaxsiy 
    va o’qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o’quv 
    materialini o’zlashtirishiga sharoit yaratadi.

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish