|
Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe Pdf ko'rish
|
bet | 185/239 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 5,14 Mb. | | #244342 |
Bog'liq “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VAMicrosoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe
Illustrator, Corel Draw, Macromedia
va
Adobe Freehand, Adobe
InDesign, Adobe ImageReady, Macromedia
va Adobe Flash, Discreet va
Autodesk 3ds Max,Cinema 4d, Alias
va
Autodesk Maya, Lightwave,
Adobe
Brush
va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga
oid ishlarni amalga oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm chizish
mumkin bo‘lsa, ba’zilarida esa uch o‘lchamli modellashtirish va hattoki
to‘rt o‘lchamli modellashtirish mumkin bo‘ladi. Amaliy bezak san’ati
fanlarini o‘qitishda ham bu grafik dasturlardan keng foydalanish mumkin,
ularning qulayliklari fanning amaliy ish jarayoni ancha osonlashtiradi va
o‘zlashtirishni yanada oshirishga yordam beradi. Bu grafik dasturlarda
naqsh elementlari, kompozitsiyalari, islimiy naqshdan tortib, geometrik va
murakkab naqsh turlarini tasvirlash mumkin. Grafik dasturlar nafaqat
o‘zlashtirish jarayonini, vaqtni va mablag‘ni ham tejashga yordam beradi.
Talaba grafik dasturlar yordamida chizilgan amaliy ishni (topshiriq sifatida
berilgan naqsh, naqsh elementi, kompozitsiya) bemalol o‘zgartira oladi,
xatolarni tuzatish ham oson kechadi, istalgan rangga bo‘yash va uni
bemalol o‘zgartirish mumkin. Eng asosiysi vaqt o‘tgan sari amaliy ish sifati
va holati o‘zgarmaydi. Bu esa talabalarda paydo bo‘ladigan asosiy
muammolarning oson yechimidir.
Xulosa qilib aytganda, grafik dasturlardan foydalanish talabalar
uchun bir muncha qulayliklar yaratadi, ta’lim jarayoni va sifatini
yaxshilaydi. Grafik dasturlardagi ko‘plab qulayliklar talabalarda qiziqish
uyg‘otibgina qolmay, mashg‘ulot jarayonlarini yanada samarali olib
borishga
ko‘maklashadi.
Zamonaviy
texnoligiyalar
hayotimizda
qulayliklar yaratishga xizmat qiladi, ish faoliyatidami yoki ta’lim
jarayonida ularni o‘z o‘rnida, keragicha qo‘llay olsak bas.
|
| |