O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

Kalit so
ʻ
zlar: 
To‘garak, uzluksiz ta’lim, pedagogik kengash, vokal, cholg‘u ijrochiligi, 
xoreografiya, aktyorlik, xor, raqs, folklor. 
To‘garak bu - uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, 
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, ularning 
umumta’lim fanlariga, kasb-hunarga, ommaviy sport va jismoniy 
sog‘lomlashtirish tadbirlariga, badiiy havaskorlik, estetik talablarini 
qondirishga qaratilgan faoliyat turidir. 
To‘garaklar faoliyati “Ta’lim muassasalarida to‘garaklar faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomga asoslanadi. Bu hujjatni ko‘rib 
chiqadigan bo‘lsak, ta’lim muassasalarida to‘garaklar O‘zbekiston
Respublikasi Kostitututsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prizidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Ta’lim
vazirligi qaror va buyruqlari hamda “Ta’lim muassasalarida to‘garaklar
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etadi va 
faoliyat yuritadi. To‘garaklar qiziqishlari bir xil bo‘lgan bir guruh 
o‘quvchilarning ma’lum bir fan yoki kasb bo‘yicha, o‘qituvchi (to‘garak 
rahbari) yordamida bilim va mahoratlarini oshirish uchun xizmat qiladi. 
Ta’lim muassasalarida to‘garaklarni tashkil qilishning asosiy 
maqsadi: o‘quvchilarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli 
o‘tkazish, ularning qobiliyatlari va intilishlarini maqsadli tashkil etish, 
olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amalda qo‘llash 
ko‘nikmalarini hosil qilish, kasbiy mahoratlarini oshirishga keng 
imkoniyatlar yaratish hamda tanlagan kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha 
mehnat bozoriga tayyorgarlik salohiyatini kuchaytirishdan iboratdir. 
To‘garaklar turini tanlash va qatnashish o‘quvchilar uchun ixtiyoriy 
bo‘lib, uning to‘garaklarga ishtirok etishi haqidagi og‘zaki bildirishi va 
arizasi yetarlidir. To‘garaklar mazmunan o‘quvchilarning qiziqish va 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi va ularga majburiy 
topshiriqlar berilmaydi. To‘garaklar o‘quv yili davomida belgilangan 
maxsus jadval asosida faoliyat ko‘rsatadi va yili so‘ngida o‘z faoliyati 
yuzasidan hisobot beradi. 
To‘garak mashg‘ulotlarinng jadvali o‘quvchilarning jamoat ishlarida 
ishtirok etishi va dam olishlarini hisobga olgan holda, ularning yoshi, 
fiziologiyasining o‘ziga xosligi, sanitariya-gigiyena normalari hisobga 
olinib, pedagog xodimlarning taqdimnomasi asosida tuziladi. 
Ta’lim muassasalari (umumta’lim maktablari)da musiqa yo‘nalishida 
to‘garaklar faoliyati pedagogik kengash qarori asosida yo‘lga qo‘yiladi. 
Ushbu pedagogik kengash yig‘ilishida to‘garak rahbari ham tayinlanadi. 
Odatda musiqa to‘garaklariga musiqa fani o‘qituvchisi rahbarlik qiladi. 
To‘garaklar umumta’lim maktabining Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha 


308 
targ‘ibotchisi bilan hamkorlikda tashkil etilib, faoliyat jarayoni maktabning 
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan nazorat 
qilinadi. 
Musiqa to‘garaklari asosan fan o‘qituvchisining yo‘nalishi, 
o‘quvchilarning qiziqishlari, ota-onalarning talabi va ta’lim muassasasi 
ichki imkoniyatlariga asoslanib tashkil etiladi. Musiqa fani o‘qituvchisi 
musiqa ta’limi ixtisosligi bo‘yicha bilimga ega bo‘lib, o‘quvchilarga DTS 
talablari asosida ta’lim beradi. Musiqa o‘qituvchisining yo‘nalishi deganda 
u to‘garak rahbari sifatida musiqaning aynan qaysi yo‘nalishidan bilim 
berishini tushunishimiz mumkin. Qaysidir musiqa fani o‘qituvchisining 
vokal (xonandalik mahorati), yana qaysi birining cholg‘u ijrochiligi va 
boshqa birining raqs, folklor yoki drama bo‘yicha mahorati yuqori bo‘lishi 
mumkin. 
Vokal (xonandalik mahorati) yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar xor, 
estrada vokal, an’anaviy vokal, akademik vokal to‘garaklarini tashkil etishi 
mumkin. Cholg‘u ijrochilik mahorati yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar 
fortepiano, xalq cholg‘ulari, estrada cholg‘ulari, torli cholg‘ular, puflama va 
zarbli cholg‘ular hamda ansambl faoliyatini yo‘lga qo‘yishi mumkin. 
Xoreografiya va aktyorlik mahorati yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar raqs, 
drama va folklor to‘garaklarini olib borishi mumkin. 
To‘garaklarda mashg‘ulotlar guruhlar kesimida o‘tkaziladi. Bundan 
tashqari yo‘nalishi bo‘yicha yoki alohida iqtidorga ega o‘quvchilar bilan 
yakka tartibda ish olib borilishi ham mumkin. Ta’lim muassasasi ichki 
imkoniyatlaridan kelib chiqib, musiqa to‘garaklari uchun xonalar tashkil 
etilishi maqsadga muvofiqdir. 
Xor to‘garagi xonasida fortepiano cholg‘usi, dirijyor uchun pul’t, xor 
uchun maxsus joy yoki ovozlar joylashish tartibi bo‘yicha o‘rindiqlar va 
ovoz kuchaytirgich moslamalar bo‘lishi kerak. Bundan tashqari devorlarda 
musiqa savodi, xorshunoslikka oid stendlar, taniqli xor jamoalarining 
rasmlari va mashhur dirijyorlarning portretlari bo‘lishi tavsiya etiladi. 
Cholg‘u ijrochiligi to‘garagi xonasida fortepiano va boshqa cholg‘u 
asboblari, nota uchun pul’t, devorda maxsus oyna hamda musiqa asarlari 
va kitoblar uchun javon bo‘lishi kerak. Bundan tashqari devorlarda musiqa 
savodi, cholg‘uchilikka oid stendlar, cholg‘u asboblarining rasmlari va 
mashhur kompozitorlarning portretlari bo‘lishi tavsiya etiladi. 
Raqs hamda folklor to‘garagi xonasi keng bo‘lishi hamda xonada 
cholg‘u asboblari (jo‘rnavozlik uchun fortepiano va doira), ritmika 
mashg‘ulotlari uchun maxsus oyna, stanok (dastak), ovoz kuchaytirgich 
moslamalar va boshqa anjomlar bo‘lishi kerak. Bundan tashqari devorlarda 
xoreografiya, folklor san’atiga oid stendlar, raqs, folklor-etnografik 
jamoalarning rasmlari va mashhur xoreograf va baletmeystrlarning 
portretlari bo‘lishi tavsiya etiladi. 


309 
Ta’lim muassasalari (umumta’lim maktablari)da to‘garaklar haftada 
1 soat, bir oyda 4 soat, o‘quv yili davomida umumiy 34 soatni tashkil etadi. 
To‘garak mashg‘ulotlari tasdiqlangan yillik ish reja asosida olib boriladi. 
To‘garak rejasi o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, bilim darajalari, 
imkoniyatlari va boshqa xususiyatlarni inobatga olgan holda tuzilishi 
kerak. To‘garakning yillik ish rejasiga kiritilgan mavzular maktab 
dasturiga mos, o‘quvchilar uchun qiziqarli hamda o‘zaro uzviy tarzda 
tanlanishi maqsadga muvofiq. 
Musiqa to‘garagida mashg‘ulotlar nazariy va amaliy shaklda olib 
boriladi. 
Nazariy 
mashg‘ulotlarda 
mavzular 
bo‘yicha 
bilimlar 
shakllantirilib, amaliy mashg‘ulotlarda musiqiy asarlar yordamida 
mustahkamlanadi. Musiqa to‘garaklaridan xor, cholg‘u ijrochiligi, raqs va 
folklor to‘garaklari ishini rejalashtirishda quyidagi jihatlarga e’tibor 
qaratiladi: 
Xor to‘garagida – xor haqida tushuncha, nafas bilan ishash, ovoz 
bilan ishlash, diktsiya ustida ishlash, vokal mashqlar, ansambl, partiya va 
matn bilan ishlash, lad hissi, asar tahlili va asar ijrosi kabi malakalar 
shakllantiriladi. Dastlab, 1 ovozli qo‘shiqlar, keyin bolalar xori uchun 
yozilgan a’capella (jo‘rsiz) asarlar, keyin jo‘rnavozlikdagi asarlar 
o‘rgatiladi. 
Cholg‘u ijrochiligi to‘garaklarida – cholg‘u asboblari va ansambl 
haqida tushuncha, cholg‘u asbobining tuzilishi, cholg‘u asbobini sozlash, 
cholg‘u asbobini chalish holatlari, notani varaqdan o‘qish, asarni tahlil 
qilish va ijro etish malakalari shakllantiriladi. Dastlab, mashqlar, 
gammalar, keyin kichik hajmdagi xalq kuylari, bolalar ijrosi uchun 
yozilgan kuylar, kompozitorlar tomonidan cholg‘ular uchun yaratilgan 
asarlar bosqichma-bosqich o‘rgatiladi. 
Raqs to‘garagida – xoreografiya san’ati haqida tushuncha, ritmik 
harakatlar, raqs chizmalari, oyna va dastak bilan ishlash, murakkab 
bo‘lmagan raqs harakatlari, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona raqs maktablari, 
raqsdagi asosiy holatlar, doira zarblariga mashg‘ulotlar, bosh, gavda, qo‘l, 
oyoq holatlari, salomlarning turlari, sahnada ijro etish malakalari 
shakllantiriladi. Milliy va zamonaviy raqslar o‘rgatiladi. 
Folklor to‘garagida – xalq og‘zaki ijodi haqida tushuncha, 
Surxondaryo-Qashqadaryo, 
Buxoro-Samarqand, 
Farg‘ona-Toshkent, 
Xorazm mahalliy uslublari, bolalar folklor qo‘shiqlari va raqs harakatlari, 
mehnat qo‘shiqlari, mavsumiy marosim qo‘shiqlari, oilaviy marosim 
qo‘shiqlari, diniy navolar haqidagi malakalar shakllantiriladi. Qo‘shiq, 
ashula, lapar, yalla, termalarni ijro etish o‘rgatiladi. 
Musiqa to‘garaklari mujassam holda umumiy musiqiy bilimlarni 
shakllantiruvchi to‘garak tarzida ham tashkil etilishi mumkin. Bunda 
to‘garak aniq bir yo‘nalish (xor, vokal, cholg‘u ijrochiligi, raqs, folklor, 


310 
drama va h.k.) bo‘yicha emas, balki bularni umumlashtiruvchi yagona 
musiqiy to‘garak sifatida faoliyat olib boradi. Bu to‘garak rejasiga musiqa 
savodi, musiqa adabiyoti, musiqa tarixi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar, 
vokal va cholg‘u bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar kiritilishi mumkin. 
Maktabdan va sinfdan tashqari musiqiy tarbiya jarayonini tashkil etishning 
eng samarali vositasi bu – to‘garaklar faoliyatidir. Musiqa yo‘nalishidagi 
to‘garaklarda o‘quvchi-yoshlar milliy musiqa hamda zamonaviy musiqa 
namunalarini o‘rganib, o‘zbek va jahon madaniyati haqidagi bilimlarga ega 
bo‘ladi. To‘garaklarda yangidan-yangi iste’dodlar kashf etilib, ularning 
muvafaqqiyatiga zamin yaratildi. 

Download 5,14 Mb.
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish