• Kalit s o‘ zlar: natyurmort, perspektiva, tus munosabatlari, konstruktiv tuzilish, shakl, tasvir.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet171/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Toxirov San’at Sobir o‘g‘li
    Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi 
    Annotatsiya:
     Maqolada natyurmort nazariyasi va turli shakllarni tasvirlash, ularning 
    konstruktiv tuzilishi, tus munosabatlari, perspektiva qoidalari hamda natyurmortni tasvirlash 
    ketma – ketligi yoritilgan.


    304 
    Kalit s
    o‘
    zlar:
    natyurmort, perspektiva, tus munosabatlari, konstruktiv tuzilish, shakl, 
    tasvir.
     
    Natyurmort postanovkasini maqsadga muvofiq o‘rnatib olgandan 
    so‘ng, uni metodik izchillikda tasvirlashga o‘tiladi. 
    Qo‘yilgan natyurmortning asosiy g‘oyasini surat tekisligida tasvirlab 
    berish uchun, ya'ni natura bilan tasvir o‘rtasida to‘la o‘xshashlikka erishish 
    uchun tasviriy san'atning ifoda vositalari bo‘lgan kompozisiya, 
    perespektiva, yorug‘-soya va rangshunoslik nazariyalarini puxta bilish va 
    ularni amalda qo‘llay olish talab qilinadi. Alohida narsalarni asliga qarab 
    tasvirlash vaqtida bilim va ko‘nikmalar hosil bo‘ladi. Lekin natyurmort 
    ishlashda vazifalar ancha murakkablashadi. Endi vazifa bitta narsani emas, 
    bir necha narsani o‘zaro bog‘lanishida qismlarni bir-biriga mos bo‘lgan 
    yaxlit tasvirlab ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi. Shuning uchun amaliy ishning 
    ketma-ket bosqichlar bilan olib borish maqsadga muvofiqdir. 
    Avvalo, qo‘yilgan natyurmortni diqqat bilan kuzatib, uni tahlil qilib 
    olinadi. Kompozisiyani ijodiy masalalari, asosan postanovka (natyurmort 
    tuzish) qo‘yish vaqtida hal etilgan bo‘ladi ya’ni natyurmort qismlari 
    o‘rtasida uzviy bog‘lanish bo‘lib, hamma narsa birgalikda, yaxlit bo‘lib 
    ko‘zga yaqqol tashlanib turmog‘i lozim. Lekin unga har xil nuqtalardan 
    qaraganda umumiy ko‘rinishi ham, qismlarning o‘lchamlari va nisbatlari 
    ham o‘zgarib boshqacharoq ko‘rinib qolganini sezamiz. Demak, 
    natyurmort tasvirining ta'sirchan bo‘lishi va undan ko‘zlangan maqsadga
    to‘la erishish uchun qo‘yilgan natyurmortga nisbatan eng qulay va 
    qiziqarli ko‘rish nuqtasini topish kerak. Buning uchun har hil joyga o‘tirib 
    yoki turib, naturaga yaqinlashib yoki uzoqlashib qarab ko‘rish kerak 
    bo‘ladi. Bunda har gal kuzatuvchi ko‘zlarning balandligi o‘zgarishi bilan 
    birga ufq chizig‘i va ko‘rish markazi o‘zgarib turadi. Qo‘yilgan 
    natyurmortga nisbatan eng yaxshi ko‘rish nuqtasini topib, ufq chizig‘ini
    shunga muvofiq belgilab olish muhim ish bo‘lib, tasvirning umumiy 
    kompozisiyasi ko‘p jihatdan unga bog‘liq. Natyurmort tasvirini surat 
    tekisligida to‘g‘ri joylashtirish bir qator masalalarni hal etishni talab qiladi. 
    Shuning uchun ishni boshlashdan oldin bir necha hajmli xomaki rasm 
    bajarib ko‘rish maqsadga muvofiqdir. 
    Predmetlarning surat teksligida joylashtirish vaqtida, albatta 
    ularning asoslarini to‘la chizib chiqish kerak. Bu jarayon har qaysi 
    predmetning o‘rnini va alohida narsalar o‘rtasida qolgan masofani to‘g‘ri 
    ifodalashga yordam beradi. Shunday qilinganda ba’zi narsalarning 
    «muallaq» bo‘lib qolishi yoki bir narsaning ikkinchisiga o‘yib kirgandek 
    tuyulib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Umuman, hajmdor narsalarning rasmini 
    chizganda, ularni shishadan yasalgan tiniq deb faraz qilib, uning ko‘zga 
    yaqqol ko‘rinmaydigan jihatlarini ham bilinar-bilinmas chizib chiqish 
    maqsadga muvofiqdir. Chiziqlar vositasida hajmlarning chegaralarini 


    305 
    belgilash bilan birga ularning shakllarini yanada aniqroq bo‘lishiga 
    erishishning yana bir yo‘li yirik shtrixlar bilan shaxsiy va tushuvchi 
    soyalarni qoralab olishdir. Bu tadbir narsalarning mutanosibligini yanada 
    ta'kidlash va shakllarini aniqroq tasvirlashga olib keladi. 
    Natyurmortdagi narsalarning fazoviy holati va hajmini realistik 
    tarzda tasvirlash uchun ularning qay holatda turganini aniq chizish bilan 
    bir qatorda perspektiva va yorug‘-soya qonunlarini puxta bilish va ularni 
    amalda qo‘llash yuzasidan ma'lum ishlar olib borish kerak bo‘ladi. 
    Predmetlar shaxsiy va tushuvchi soyalarning chegaralari topilgandan 
    keyin, har bir narsaning yorug‘ soya, siyrak soyalari birma-bir ranglar 
    yordamida ishlab chiqishga o‘tiladi. Har bir narsaning hajmdorligi va 
    materialni haqqoniy qilib tasvirlash uchun natura bilan tasvirdagi soya, 
    yarim soya va reflekslarning nisbiy munosibligiga erishishga harakat qilish 
    kerak. Buning uchun esa natyurmortdagi eng to‘q soya yorug‘ yerlarni 
    aniqlab olib ana shu eng to‘q soyadan boshlash lozim. Ana shu paytda
    natyurmort rangiga xos umumiy och to‘qlikni to‘g‘ri aniqlash g‘oyatda 
    muhim. Buning uchun natyurmort yoniga bironta qop-qora narsa qo‘yib 
    qaralsa, eng quyuq soya ham unga nisbatan oqishroq bo‘lib ko‘rinadi.
    Agar shu narsa natyurmort tarkibida bo‘lganda, qoralashni 
    o‘shandan boshlash va qora qalamni bor imkoniyatidan foydalanish lozim 
    bo‘ladi. Natyurmortdagi hech bir narsa qoraligi baxmalga teng 
    kelmasligini hisobga olib, soyalarni bir oz kuchsizroq tonlarda berishimiz 
    kerak. Xudi shu yo‘l bilan natyurmortdagi eng yorug‘ yerning och-to‘qligi 
    darajasini aniqlasa bo‘ladi. Endi natyurmort yoniga aniq narsa, oq qog‘oz 
    parchasi yoki bir bo‘lak bo‘r qo‘yilsa bas, natyurmortdagi eng yorug‘ 
    dog‘ni ham taqqoslash imkoniyati tug‘iladi. Alohida peredmetlarning 
    yorug‘ va soya yerlarni taqqoslash vaqtida albatta, ularni fonga nisbatan 
    qanaqa ko‘rinib turganini aniqlash zarur.
    Odatda, peredmetning soya tomonidagi fon ochroq, yorug‘
    tomonidagi esa, aksincha to‘qroq ko‘rinadi. Bu yorug‘lik kontrasti bo‘lib, 
    rasm chizilganda uni albatta hisobga olish kerak. Predmetning yorug‘ 
    tomonidagi to‘qroq, soya tomoni ochroq qilib tasvirlash, natyurmortdagi 
    yorug‘ va soyalar qarama-qarshiligini yaqqol ko‘rsatishga yordam beradi. 
    Narsalardagi soya, yarim soya, refleksning har birini och-to‘qlik darajasiga 
    monand qator o‘ziga xos ranglar bilan ranglar chiqish, chiziqlarning va 
    aynan shu narsaning shakliga monand ranglar yo‘nalishni topishga 
    harakat qilish kerak. Masalan: silindirsimon idishning hajmdorligini
    ifodalash vaqtida soya va yarim soyalarni pala-partish chizib tashlansa,
    uning silliq yumaloq sirtini aniq ko‘rsatib bo‘lmaydi.
    Yumaloq sirtning har bir bo‘lakchasi yorug‘dan – soyaga o‘tishda 
    asta – sekin ranglari to‘qlashib boradi. Lekin eng qo‘yuq soya
    peredmetning chekkasida bo‘lmay, markaz tomonga bir oz surilgan 


    306 
    bo‘ladi, chunki eng chekkada uning yonidagi narsadan yoki tekislikdan
    aks etgan nurlar, tekslikda aks etgan nurlari bilan yoritilgan joy refleks 
    bo‘ladi. Narsaning yorug‘ qismi o‘rtasida dog‘ ko‘rinadi. Bu blikdir. 
    Sirtlarni silliq shisha, metal buyumlarida blik yaltirab turadi. Hamma 
    narsaning hajmdor shakliga diqqat bilan ishlov berilgach, natyurmort 
    ishlashning oxirgi bosqichiga o‘tiladi. Natyurmortning rangda tasvirlash 
    jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
    Qo‘yilgan natyurmortni sinchiklab tahlil qilish; 
    1.
    Surat tekisligida tasvirni joylashtirish; 
    2.
    Har bir peredmet o‘lchamini perspektiva qoidalari asosida
    taqqoslab belgilash. 
    3.
    Narsalarning hajmdorligini yorug‘ va soyalarini rang fazoviy 
    perspektivasi orqali ifodalab berish. Tasvirdagi yorug‘ soya reflekslarni
    ranglar nisbatini topib, ularni natura bilan munosabatini ifodalash; 
    4.
    Rasmni umumlashtirish, ortiqcha joylarini yo‘qotib ton 
    nisbatlarini tekshirish, kompozisiya markazini ranglar yordamida
    bo‘rttirib ko‘rsatish.

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish