• RANGTASVIRDA KOMPOZITSIYA FANINING AHAMIYATI Toxirov San’at Sobir o‘g‘li Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi Annotasiya
  • Kalit s o‘ zlar : kompozitsiya, qalamtasvir, rangtasvir, sondagi kompozisiya, kartina teksligi.
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet174/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
    1.
    “Ta’lim muassasalarida to‘garaklar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 
    Nizom; 
    2.
    Rajabov T.I., Raximov A.R. “Musiqa to‘garagini tashkil etish” uslubiy 
    qo‘llanma. Buxoro: «Sadriddin Salim Buxoriy» Durdona nashriyoti, - 2022. – 110 b; 
    3.
    Musiqa fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va 
    interaktivmetodlar: monografiya / Umurova Ma’rifat Yoshiyevna, Raximov Abdurasul 
    Ravshan o‘g‘li – Buxoro: «Sadriddin Salim Buxoriy» Durdona nashriyoti, - 2022. – 136 b. 
    RANGTASVIRDA KOMPOZITSIYA FANINING 
    AHAMIYATI 
    Toxirov San’at Sobir o‘g‘li 
    Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi 
    Annotasiya:
    Maqolada qalamtasvir yoki rangtasvir asarining kompozitsion yechimiga 
    aloqador tushuncha mohiyati, kompozisiyaning son bog‘liqligi munosabatlari hamda 
    kompozitsiya tamoyillari haqida yoritilgan.
    Kalit s
    o‘
    zlar
    : kompozitsiya, qalamtasvir, rangtasvir, sondagi kompozisiya, kartina 
    teksligi.
     
    Qalamtasvir 
    yoki 
    rangtasvir 
    asarining 
    kompozitsiyasi 
    “struktura”siga aloqador tushuncha mohiyati, kompozisiyaning son 
    bog‘liqligi 
    munosabatlari, 
    bu 
    chizilayotgan 
    narsaning 
    absolyut 
    o‘lchamining uning asliga nisbati, chizilayotgan o‘lcham tomonlarining 
    o‘zaro nisbatlari, predmetlarning masshtabi, ular orasidagi masofalar, 
    narsalarning qanday burilib turganligi, ufq sathi darajasi, yorug‘lik 
    manbaining holati, soya-yorug‘ning taqsimlanishi, tusi, soya va 
    yorug‘ning nisbiy muvozanati, shuningdek asosiy rang dog‘ari 
    muvozanati, tasvirlanayotgan ob’yektlar bo‘laklarining o‘zaro joylashishi, 
    qiyofalar va fonga nisbatan «kontrast»lar farqi (rang, soya-yorug‘, o‘lcham) 
    kompozisiya unsurlarining fazodagi ko‘rinishini tashkil qilish (metr, ritm) 
    dan iboratdir. 


    311 
    Yuqorida keltirib o‘tilganlarning barchasi predmetlarning sondagi 
    belgilaridir. Ularni o‘lchash va sanab ko‘rsatish mumkin. Kompozisiyada 
    qancha narsa ishtirok etayotganini aniqlash imkoniyati aniq. Shunday qilib 
    ko‘rish orqali qabul qilish mumkin bo‘lgan belgilarni kompozisiyaning 
    vositalari deb atashimiz mumkin. Bu asosda esa rassom ularning bevosita 
    yordamida o‘z fikrini ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xuddi musiqa 
    yaratayotgan kompozitor notalardan foydalangani singari rassom ham 
    yuqorida sanab o‘tilgan vositalardan foydalanib, o‘z asari g‘oyasini 
    yuzaga chiqaradi, tasvirlarda ko‘rsatib beradi. Sondagi kompozisiya
    sifatini ta’minlovchi, fikrni to‘liq ifoda etishga xizmat qiluvchi
    belgilarni jamlovchi holat mazmuni kompozisiya tamoyillari deyiladi. 
    Ular: yaxlitlik, mutanosiblik, o‘lchamlar muvofiqligi, muvozanat, birlik
    va uzviylikdir. Bular orqali rassom ishning sifat darajasini 
    ta’minlaydi.Natijada asar kompozisiyasi yuzaki emas, balki chuqur 
    ma’no kasb etadi, tafakkurlash natijasida tushuniladi. Rassom 
    kompozisiya tamoyillarini ustalik bilan qo‘llab, har tomonlama yutuqqa 
    erishadi. Ma’lumki, kompozisiya tamoyillari uch xil ko‘rinishda namoyon 
    bo‘ladi. Ular quyidagicha: frontal, hajm-fazoviy va chuqurlik-fazoviy 
    kabilardan iborat. Bulardan birinchisining belgisi – kompozisiyaning ikkita 
    koordinat orqali (vertikal va gorizontal) rivojlanishini bildiradi. 
    Unda uchinchi koordinat chuqurlik qolgan ikkisiga bo‘ysungan 
    holatda 
    ishtirok 
    etadi. 
    Bunday 
    kompozisiya amaliy 
    – bezak
    kompozisiyalarida ko‘p qo‘llaniladi, hajm-fazoviy kompozisiyalarida esa 
    shakllar uch o‘lchamli holatlarda yaratiladi. Ular har tomondan turib, 
    aylanib ko‘rishga mo‘ljallangan bo‘lib, haykaltaroshlikda qo‘llanadi.
    Chuqurlik-fazoviy kompozisiya predmetlarni kartina teksligida tasvir 
    etishda qo‘llanadi va dastgohli rangtasvirda foydalaniladi. 
    Tarixdan ma’lumki o‘tmishning ulug‘ rassomlari kompozisiya 
    masalalariga juda jiddiy yondoshganlar va o‘z asarlarini yaratishda
    umumqoida bo‘lib qolgan tamoyillarga amal qilganlar. Kompozisiyaning 
    «vertikal», «gorizontal», «doiraviy», «kvadrat», «burchak» va boshqa 
    ko‘rinishlarini qo‘llab, yuksak natijalarga, go‘zal ifodaviylikka erishganlar. 
    «Oltin kesim» kompozisiya usulidan unumli foydalanish har sohada qo‘l 
    kelgani ham ma’lum. 
    Kompozitsiya tuzishga mohir bo‘lgan va uni o‘z asarlarida 
    mukammal darajaga olib kelgan mo‘yqalam ustalari ko‘p, ularga misol 
    qilib quyidagilarni qisman atab o‘tsak o‘rinli bo‘ladi. Bunday o‘tmish 
    tasviriy san’ati ustalari: Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, A. Dyurer, J. D. 
    Engr, P. Rubins, Rafael, Tintoretto, A. Ivanov, K. Bryullov, I.YE. Repin, YA. 
    Mateyko va boshqalardir. 
    O‘zbek rassomlaridan tasviriy san’atning turli tur va janrlarida ijod 
    qilgan va hozirgi paytda ajoyib asarlar yaratib kelayotgan musavvirlardan 


    312 
    U. Tansiqboyev, I. Ikromov, Z. Inag‘omov, CH. Axmarov, X. 
    Husniddinxo‘jayev, A. Abdullayev, R. Axmedov, R. Choriyev, I. Jabborov, 
    A. Boymatov, J. Umarbekov, SH. Abdurashidov, A. Mirzayev, S. 
    Abdullayev, A. Ikromjonov, B. Jalolov, A. Nuritdinov, O. G‘oziyev va 
    boshqa ko‘plab ijodkorlarni kompozisiya ustalari deb atashimiz, ularning 
    asarlarini ijobiy jihatlarini tahlil qilinishi o‘quv-mashqlarni bajarishda 
    nazariy asos vazifasini o‘taydi. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish