• MUSIQA PEDAGOGIKASIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA To‘ymurodova Dilshoda Dilmurodovna
  • Tayanch s o‘ zlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet176/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Adabiyotlar 
    1.
    B.B. Baymetov. “Qalamtasvir”. T.:, “Musiqa”, 2006. -216 b. 
    2.
    S.S. Abdullayev. “Qalamtasvir asoslari”. T.:, “Cho‘lpon”, 2013. -216 b. 
    3.
    Sobirova, S. U. (2021, October). A Brief History of the Science of Perspective. 
    In 
    " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM
    (pp. 64-67). 
    MUSIQA PEDAGOGIKASIDA INTERFAOL USULLARDAN 
    FOYDALANISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA 
    To‘ymurodova Dilshoda Dilmurodovna 
    Buxoro davlatr Pedagogika instituti II-bosqich 
    magistranti 
    Annotatsiya. 
    Shu narsani ta’kidlash joizki ta’lim – tarbiyaning sifati va 
    samaradorligini ta’minlash o’quvchi yoki talabaning o’quv mazmunini o’zlashtirishiga 
    yo’naltirilgan o’quv jarayonining to’g‘ri, mazmunli, qiziqarli tashkil etilishi, bu jarayonda 
    o’quvchi – talabalarni darsda oddiy tinglovchi emas, mashg‘ulotni faol ishtirok etuvchisi, 
    mustaqil top[shiriqlarni bajaruvchi, mustaqil va ijodiy fikrlovchi, o’z fikr mulohazalarini erkin 
    ifoda eta oluvchi, o’z fikrlarini himoya qila oladigan faol shaxsga aylanishi muhim rol o’ynaydi.
    Tayanch s
    o‘
    zlar: 
    Interfaol usullar, pedagogika, musiqa, ta’lim, texnologiya. 
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning hozirgi 
    kunda hal qiluvchi bosqichida ko’zda tutilgan sifat va samaradorlik 
    ko’rsatkichlariga erishish uchun ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishni
    modernizatsiya qilish va uning innovatsion shakl va usullarini amaliyotga 
    joriy qilish shu kunning kechiktirib bol’lmas dolzarb masalasi bo’lib 
    turibdi. Shuning uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalarning obyekti, 
    predmeti, maqsad va vazifalari nimalardan iborat va ularni ta’lim 
    jarayoniga tadbiq etish qanday natija beradi va ta’lim mazmunini 
    takomillashishiga qanday ta’sir ko’rsatadi degan savol har bir fanni 
    o’qitilishida ko’ndalang qo’yilayotganligi bejiz emas. Fan, texnika va 
    axborot uzatish, almashish texnologiyalarini aql bovar qilmaydigan 
    darajada tez va shiddatli rivojlanish jarayoni o’z navbatida ta’lim sohasida 
    ham an’anaviy metodlarni yangicha zamonaviy va interfaol metodlar bilan 


    315 
    boyitib borishni taqozo etmoqda. Xo’sh, interfaol, modellashtirilgan 
    metodlar qaysi jihatlari bilan ustunlik kasb etmoqda? Uning qanday 
    turlari, tarkibiy tuzilishi, o’quv jarayonlarini tashkil etish shakl va 
    vositalari, ilgari mavjud bo‘lgan o‘qitish (Ta’lim) metodlaridan nimasi 
    bilan farqlanadi, uning samarasi nimalarda o‘z isbotini topadi va uning 
    monitoringi, baholash tizimi qanday olib boriladi degan savollarga har bir 
    o‘quvchi-murabbiy va pedagoglar 
    tayyor bo‘lishlari ular oldiga 
    qo‘yilayotgan eng muhim ijtimoiy buyurtma ekanligini anglash va bu 
    savollarga javob berishga to‘g‘ri keladi. 
    “Ta’lim to’g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da 
    ta’limni modernizatsiya qilish bo’yicha belgilangan vazifalarni amalgam 
    oshirishning asosiy me’yoriy, dasturiy xujjatlari bo’lmish o’quv rejalari 
    namunaviy fan dasturlari, yangi avlod darsliklari, o’quv uslubiy 
    qo’llanmalar ta’lim mazmuni va darajasiga qo’yiladigan talablarni aks 
    ettiruvchi Davlat ta’lim standartlari fan va ta’limning eng so’nggi yutuqlari 
    asosida qanchalik takomillashtirilmasin o’quv jarayoni va uni tashkil 
    etishning moddiy texnik ta’minoti qanchalik mustahkamlanmasin, 
    modernizatsiya qilinmasin, olinadigan pirovard natija oxir oqibat ta’lim 
    jarayonini tashkil etuvchi, dars mazmuni va sifat samaradorligini 
    ta’minlovchi o’qituvchi – murabbiylarning kasbiy bilimi, ko’nikma 
    malakasiga, ijodkorligiga, tashabbuskorligi, pedagogik mahorati va 
    intelektual salohiyatiga, o’quvchilarni fan bo’yicha bilimlarni egallashiga 
    qiziqtira olishi va eng zarur intilish qobiliyatlarini ro’yobga chiqara olish 
    salohiyatlariga bog‘liq bo’lib qolaveradi. 
    Ko’rinib turibdiki ta’lim jarayonini bunday tashkil etish eng avvalo, 
    bo’lg‘usi o’qituvchilarni oily dargohlarda kasbga tayyorlash jarayonida 
    inobatga olishni taqozo etadi. Shuning uchun oily ta’limda faoliyat olib 
    boruvchi professor – o’qituvchilar o’zi dars berayotgan fan bo’yicha 
    mashg‘ulotlarni texnologiyalashtirilgan shaklda olib borishi, shogirdlarini 
    mazkur faoliyatga tayyorlab borishilozim bo’ladi. 
    Ta’limga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bo’yicha amaliy 
    tajribalarni o’rganish, kuzatish va tahlil qilish shuni ko’rsatmoqdaki, 
    ta’limning deyarli barcha bo’g‘inlarida mashg‘ulotlarni interfaol metodlar 
    asosida tashkil etish keng tus olmoqda. Bizningcha bu har bir darsda 
    pedagogik texnologiyaning u yoki bu turini qo’llash kerak degan xulosani 
    bermasligi kerak. Ilg‘or pedagogik texnologiya qachon samarali bo’ladi, u 
    o’quvchilar uchun qiziqarli, ularni faollashtiruvchi, mustaqil va ijodiy 
    fikrlashga, mushohada qilishga yo’naltira olsa. Buning uchun o’qituvchi 
    pedagogik texnologiyani tanlashda dars mavzusi, tuzilishi, o’quvchilarni 
    qiziqishi, agar musiqa darslari bo’lsa ularni nazariy, amliy, ijrochilik 
    imkoniyatlarini hisobga olgan holda qo’llashiga to’gri keladi. 


    316 
    Pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad va 
    vazifalar quyidagilarni ko’zda tutadi: Tashkil etish, hamkorlikda ( 
    O’qituvchi va o’quvchi o’zaro munosabatlari ) ishlash, guruh bo’lib, yakka 
    holda ishlash, har bir o’quvchining faolligini ta’minlash, takomillashtirish, 
    tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, nazorat qilish, 
    baholash va hokazo. 
    Fanlarni o’qitish jarayonida har bir o’qituvchi pedagogik 
    texnologiyalarni qo’llash uchun quyidagi tayyorgarlik tizimi bo’yicha ish 
    tutishi maqsadga muvofiq bo’ladi: 
    Mavzuni aniqlash; 
    Maqsadni to’g‘ri qo’yish, belgilash; 
    Mavzu yuzasidan o’zlashtirish lozim bo’lgan kalit so’zlarni 
    belgilash; 
    Vazifalarni 1,2,3,4…. belgilab olish; 
    Texnologik jarayon senariysini tuzib olish; 
    1.
    Individual ishlash; 
    2.
    Guruh ( kichik guruh ) va jamoa bo’lib ishlash; 
    3.
    Butun jamoa bilan savol – javob, munozara, klaster, aqliy hujum 
    va boshqalar. 
    Reglament; 
    Baholash; 
    Xulosalash; 
    Tayyor holdagi texnologiyalar avval tajriba – sinovdan o’tgan va 
    ijobiy (yuqori) samara berganlari o’quv jarayoniga tadbiq etiladi. 
    Hozirgi vaqtda o’quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish va ayrim 
    fanlargagina xos texnologiyalarni qo’llashga ham e’tibor kuchaymoqda. 
    Xuddi shunday holatni musiqa mashg‘ulotlarini texnologiyalashtirish 
    tajribasida ko’rish mumkin. Bunga misol qilib ilg‘or pedagoglar tomonidan 
    qo’llanilayotgan “Konsert darslari”, “Viktorina darslari”, “Quvnoqlar va 
    zukkolar darsi”, “Musiqiy sayohat”, “Men dirijyor” kabi texnologiyalarni 
    ko’rsatish mumkin. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish