Maktabgcha ta’lim muassasalarida didaktik o‘yinli texnologiyalar




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

Maktabgcha ta’lim muassasalarida didaktik o‘yinli texnologiyalar 
didaktik 
o‘yinli 
mashg‘ulotlar 
shaklida 
qo‘llaniladi.
Ushbu 
mashg‘ulotlarda tarbiyalanuvchilarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati 
orqali uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli tarbiyalanuvchilarning musiqani 
anglashi, o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan didaktik o‘yinli mashgulotlar 
deb ataladi. 
Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga 
oshiriladi: 
- o‘yin faoliyati orqali shaxsning o‘qishga, mehnatga bo‘lgan qiziqishi 
ortadi; 
- o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, 
kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi; 
- shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon 
etishiga imkon yaratiladi; 
- hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni 
yengish va mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam 
beradi; 
- o‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, 
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; 
- shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi; 
- insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, 
ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni 
o‘rganishga e’tibor qaratiladi; 
- o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish 
ko‘zda tutiladi. 
Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni tarbiyalanuchilarning bilim olish va 
o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga qarab: syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, 
ishbilarmonlar o‘yini, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin. 
Musiqiy 
mashg‘ulot 
olib 
boruvchi 
pedagog 
avval 
tarbiyalanuvchilarni individual (yakka tartibdagi), so‘ngra guruhli 
o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin muvaffaqiyatli chiqqandan 
so‘ng esa, ularni ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki 


322 
tarbiyalanuvchilar didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari 
uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, bundan 
tashqari, guruh jamoasi o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga 
kelishi lozim.

Download 5,14 Mb.
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgcha ta’lim muassasalarida didaktik o‘yinli texnologiyalar

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish