371
Kompozitor A.Muhamedovning shoir Zafar Diyor she'riga
yozgan
"Archa qo‘shig‘i" asarini o‘rgatish jarayonida quyidagicha ish tutildi.
Qo‘shiq yangi yil arafasida, rang-barang o‘yinchoqlar bilan bezatilgan,
bayram libosiga burkangan yam- yashil archa atrofida tashkil etildi.
Qish fasli va uning ajib manzaralari haqidagi musiqa asarlari inson
hissiyotiga o’zgacha tuyg‘ular baxsh etadi. Musiqa darsida qish manzalari
tasvirlangan asarlarni o’rganish qor va qishning ziynati,
uning tabiatni
yashartirishi, yashnatishi, butun mavjudot – suv, daraxt, o’simliklar uchun
qanchalik muhimligi to‘g‘risida qisqacha suhbat o’tkaziladi.
Chaman- chaman bog‘larning,
Bizlar jambil-rayhoni.
Bizning quvnoq qo’shiqlar,
Jaranglatar har yonni.
Salom senga ko’k archa,
Qishin yozin yashnaysan.
Yaproqlaring ninacha,
Yasangansan go’zalsan.
Atrofingda aylanib,
Qo‘shiq aytib quvnaymiz.
Har birimiz qo‘l berib,
Yangi yilni qutlaymiz.
Odatda bolalar qish faslini sevadilar. Atrof, ko‘chalar, daraxtlar, qir
adirlar oppoq qorga burkangan. Bolalar qorda, muzliklar ustida chana va
konkilarda uchadilar. Yangi Yil arafasida bezatilgan archa atrofida davra
qurib she'r va ashulalar aytish, raqsga tushish, Qorbobodan sovg‘alar olish
o‘quvchilarga
yaxshi kayfiyat, zavq-shavq bag‘ishlaydi. Bu qo‘shiqni
o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda, avvalo she'riy matnni, qish faslining
o‘ziga xos go‘zalligini idrok etishlariga alohida e'tibor qaratildi. Shu
maqsadda quydagicha savol-javob matn tuzildi:
O‘qituvchi: - Aytingchi yilning qanday fasllarini bilasiz?
O‘quvchilar: - Qish, bahor, yoz, kuz.
O‘qituvchi: - Qay biringiz qish faslini sevasiz?
Deyarli barcha o‘quvchilar qo‘l ko‘tarib qish faslini sevishini
bildirishdi.
O‘ituvchi:- Yaxshi, endi aytingchi, bu faslni nima uchun sevasiz?
Bir o‘quvchi: - Qishda oppoq qor yog‘adi, hammayoq oppoq va
chiroyli, toza bo‘ladi.
Ikkinchi o‘quvchi: -Yangi yilda Qorbobodan sovg‘alar olamiz.
O‘qituvchi : - To‘g‘ ri, qish faslida butun tabiat dam oladi, qor yog‘ib
hamma yoq oppoq bo‘ladi. Aytingchi, qish faslida qanday daraxt o‘z
barglarini to‘kmay, yashilligi va chiroyliligini saqlab turadi?
O‘quvchi: - Archa daraxti qishda ham o‘z barglarini to‘kmaydi,
372
O‘qituvchi : Aytingchi, qishda yoqqan
qorlarni yerga daraxtlarga
qanday foydasi bor?
O‘quvchi: qorlardan yer va daraxtlar suv ichadi.
O‘qituvchi: to‘g‘ri qishda yoqqan qor va yomg‘irdan yerlar, daraxtlar
o‘simliklar to‘yinadi. Ular qancha to‘yib suv ichsa, kuzda mo‘l hosil
beradilar. Demak qish fasligo‘zal va zavqli bo‘lishi bilan birga juda foydali
fasl ekan. Mana shuning uchun ham odamlar qish faslini sevadilar.
Bunday savol javob suhbatlarni “Laylak qor", “Qish”, “Qorbo‘ron",”
Archa bayrami" kabiko‘plab qo‘shiqlarni o‘rganish jarayonida o‘tkazish
bolalarni tabiatni jonli, jonsiz predmetlariga, ne’matlarga
qiziqishni
kuchaytiradi darsga bo‘lgan munosabatlarida keskin o‘zgarish
yangilanishga olib keladi. Dars so‘ngida o‘quvchilarga archa rasmini chizib
kelish topshirig‘i beriladi.