Foydalangan adabiyotlar.
385
1. Egamberdiev, Hasanov, Abdullaev, Mujdatov. Rasm chizish va uni o‘qitish
metodikasi.
2.
Ibadullaeva Shakhnoza Ilkhamovna. (2021). Development of Fine Art of
Uzbekistan in The Middle f XX Century. Middle European Scientific Bulletin, 9.
https://doi.org/10.47494/mesb.2021.9.210
3. Oydinov N. “O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar”. T.: “O‘qituvchi”,
– 1997. – B. 63.
MUSIQIY-PEDAGOGIK FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISHDA
TALABALARNI KREATIVLIKKA TAYYORLASH
Kambarova Maxfuza Botirovna
Buxoro davlat Pedagogika instituti II-bosqich
magistranti
Annotatsiya
O‘qitish faqat o‘quvchilarga bilim berishdan iborat emas, balki talabalarni
o‘rganishga qiziqarli va kutilmagam usullar bilan yondashishga o‘rgatishdir. O‘qitishning
kreativ yondashuv asosida tashkil etilishi dars jarayoni samaradorligini kafolatlaydi. Ushbu
maqolada kreativ yondashuv asosida o‘qitish haqidagi fikrlar bayon etilgan.
Kalit s
o‘
zlar: -
O‘qitish, faoliyat, kreativ, zakovat, tafakkur, xarita, innovatsiya, global,
pedagog, fikr, samar
Iqtisodiy
globallashuv
sharoitida
oliy
ta’lim
tizimida
tayyorlanayotgan kadrlarning tayyorgarlik sifati, ularning salohiyati va
raqobatbardoshligini
oshirish
kabi
masalalar
o‘tkir
muammoga
aylanmoqda. Buning ustiga, mamlakatimiz ta’lim tizimida, xususan oliy
ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning erishilgan darajasi xalqaro
maydonda e’tirof etildi, degan fikr-mulohazalar bilan chegaralanib
qolmasdan, uning sifat jihatlarini yanada oshirish yo‘lida to‘xtab
qolmasligimiz, bu boradagi ishlarimizni yanada yangi bosqichga
ko‘tarishimiz lozimdir.
30
Har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat er osti va er usti tabiiy
boyliklari, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi
navbatda o‘zining yuksak madaniyati bilan kuchlidir.
31
O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi asosida shaxsni rivojlantirishda
juda katta e’tibor berilib kelinmoqda. Bu o‘rinda shubhasiz musiqa
darslarida e’tibor tubdan takomillashtirilib, uni yanada rivojlantirish
masalasiga e’tibor o‘zgacha tus oldi. Kelajak avlodni barkamol inson etib
30
“Pedagogik ta’limda o’qituvchi innovatsion faoliyatini rivojlantirish texnologiyalari” Sh.Sh.Olimov - BuxDU
pedagogika kafedrasi mudiri, p.f.d., prof. “Ijtimoiy sohani modernizatsiyalash kontekstida pedagogik ta’lim
taraqqiyoti: muammo va istiqbollar” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari 2021 yil 28 may
31
Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekistonning taraqqiyotining poydevori. – Т.: «O’zbekiston», 1998. -5-b
386
tarbiyalashga alohida urg‘u berilishi juda ham ahamiyatli va quvonarli
holdir.
Shaxs shakllanishida ayniqsa o‘zbek xalq musiqa tarixi fanining o‘rni
bir qadar ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Bugungi
globallashuv jarayonida musiqiy ta’lim-tarbiya jarayoni, sifati va
samaradorligini oshirish maqsadida mavjud muammolarni aniqlash,
jumladan, bugungi kun musiqa o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlarini
interfaol texnologiyalardan etarli darajada foydalanilmayotganligi mazkur
amaliy-ijodiy jabha bilan birga, uning nazariy-ilmiy asoslarini ishlab
chiqish bugungi kun va kelajagimizning dolzarb ehtiyojlaridan biridir.
Oliy ta’lim muassasasi talabalari kreativ fikrlashga yo‘naltirilgan
sifatlarni rivojlantirishi, ular tomonidan musiqiy va mutaxassislik
fanlaridan xabardor bo‘lishi, o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy ijrolarni
amaliyotda qo‘llay olishi zarur.
Kreativ talabalarda musiqiy-pedagogik sifatlarni shakllantirish,
zamonaviy jamiyat ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Kreativ talabaning oldiga qo‘yilgan vazifa maqsadli ta’limni
bosqichma – bosqich amalga oshirishi, bunda musiqiy-pedagogik dars
jarayonining har bir ishtirokchisi bilan individual ishlashi va ularga yangi
bilimlarni etkazib berishi va undan samarali foydalanish uchun imkon
yaratib berish muhim masalalardan biridir.
Kreativ sifatlarni rivojlantirishda kreativ insonlarni individual hamda
shaxsiy o‘ziga xosligi katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar natijasida kreativ
insonlar boshqalarga taqlid qilmasdan, o‘zlari tanlagan faoliyatlarining
barcha bosqichlariga ijodiy yondashadilar, degan fikr etakchilik qiladi.
V.A.Slastenin, L.S.Podimova, N.M.Gnatko qarashlari asosida
kreativlikni ikki turga bo‘lishni taklif qiladilar:
Potentsial va dolzarb.
Potentsial kreativlik – muallifning fikricha, kreativlik
faoliyatidir. Individual potentsial joylashuvi ma’lum tashqi sharoitlarda
dolzarb kreativlikni egallashning asos tayyorgarligini tashkil etadi:
Potentsial kreativlik – ijodning sub’ektiv zarur sharoitidir.
V.A.Slastenin, L.S.Podimova potentsial kreativlikning dolzarb kreativlikka
izchil taqlid qilish orqali o‘tishi muammosiga o‘ziga xos yondashganlar.
32
Shunday qilib, kreativlik taqlid qilish, nusxa ko‘chirishdan ijodiy
nusxa ko‘chirish, taqlidiy ijod va haqiqiy ijodkorlikka tomon rivojlanib
boradi.
32
R.Mavlyanova, N.Raxmankulova “Boshlang’ich ta’lim innovatsiya va integratsiyasi”. Toshkent “Voris-Nashriyot”
2013 y. 128-129 betlar.
387
Talabalarning musiqiy – pedagogik faoliyatini rivojlantishda kreativ
darslar an’anaviy darslardan tubdan farq qilishi kerak.
Kreativ ta’limni o‘qitish jarayonida egallangan bilimning miqdori va
sifati: rivojlanish samaradorligi talaba qobiliyatining o‘sish darajasi bilan
belgilanadi.
Mazkur ta’limning asosi o‘quv jarayonining talaba tomonidan to‘g‘ri
rejalashtirilishidir. Tizimli musiqiy darsni hosil qiluvchi omil – ta’lim
jarayoni natijasini o‘z vaqtida interfaol metodlar yordamida aniqlashi va
talabalarni mazmunli o‘quv strukturasini rejalashtirishga o‘rgatishdan
iborat.
|