O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

Nafas olish
- qo‘shiq asttishda to‘g‘ri nafas olishning ahamiyati 
katta. Nafas qancha yengil olinib, bir tekisda ishlatilsa, ovoz ham shuncha 
erkin va tiniq, jarangdor chiqadi ammo, nafas olish ustida bolalar bilan 
maxsus shug‘ullanish tavsiya etilmaydi. Ular bilan ko‘proq ertalabki 
gimnastika paytida shug‘ullanish mumkin. Maktab yoshidagi bolalarning 
nafasi yengil yuzaki va qisqa bo‘ladi. Shuning uchun ovozni kuychan, 
cho‘zib kuylashda qiynaladilar va ko‘pincha so‘zni bo‘lib, ular o‘rtasida 
nafas oladilar. Maktab bolalarining “Qo‘shiqchilik” nafasi asosan qo‘shiq 
aytish jarayonida mustahkamlanadi. Buning uchun tarbiyachi bolalarning 
qo‘shiq aytish paytidagi nafas olishlarini quyidagicha nazorat qilib borishi 
lozim: nafasni qo‘shiq aytish oldidan va qo‘shiq jumlalarining oxirida 
hamda uning bo‘laklari orasida olishga undash; so‘zni kesib uning orasida 


379 
nafas olmaslikni tushuntirish; olingan nafasni jumlaning oxirigacha bir 
maromda etkazish, ashula aytganda me’yoridan ortiq nafas olmaslik; yelka 
ko‘tarmasdan yengil, shovqinsiz, tiniq nafas olish va hokazolar. 
Bolalarda qo‘shiq aytish jarayonida nafasni rejali ishlatish va uni 
to‘g‘ri boshqarib borish malakalarini hosil etish lozim.
Dastlabki paytlarda qisqa jumlali qo‘shiqlardan foydalanish yaxshi 
natija beradi. O‘qituvchining o‘zi nafasni me’yorida olib qo‘shiq kuylashni 
vaqti-vaqtida ko‘rsatib tursa bolalar nafas olib kuylash uslubini yanada 
tezroq o‘zlashtirib boradilar. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘zining ovozi 
bilan ham namuna bo‘lmog‘i lozim. Chunki, kichik yoshli bolalar ashula 
o‘rganishda ko‘proq kattalarga taqlid qiladilar. Ayniqsa, o‘qituvchining 
qattiq gapirish va baqirib ashula aytishi bolalarga har jihatdan salbiy ta’sir 
etishini unutmaslik lozim.
Diksiya
- qo‘shiq aytish paytida dikstiya, ya’ni talaffuz ustida ishlash 
katta ahamiyatga ega. So‘zlarni aniq va burro talaffuz etish, birinchidan, 
qo‘shiqning musiqiy - poetik uyg‘unligini ta’min etsa, ikkinchidan, bolalar 
nutqini o‘stirishda, ayniqsa nutqdagi ayrim nuqsonlarni bartaraf etishda 
katta yordam beradi. So‘zdagi unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri va aniq 
talaffuz etish dikstiyaning aniqligidir.
K.S.Stanislavskiy aytganidek, unli tovushlar daryo, undosh tovushlar 
esa uning qirg‘oqlaridir. Shuning uchun unli tovushlarni ochiq, cho‘zib va 
erkin talaffuz etib, undosh tovushlarni burro qisqa va aniq talaffuz etishga 
erishish lozim. Shuning uchun ashula aytishdagi so‘z talaffuzi nutq 
talaffuzidan yanada aniq va burroligi, ohangdor va jarangdorligi, ayniqsa 
so‘zdagi urg‘ularni aniq ifodalab talaffuz etilishi bilan farq qiladi. Bolalar 
ko‘pincha ansambl hosil qilib kuylashda qiynaladilar. Bu qiyinchilik asosan 
so‘zlarni hamma bir vaqtda, baravar talaffuz etolmaslikdan va tovush 
kuchining umumiyligiga erisholmasligidan kelib chiqadi. 
Umuman, xor-vokal malakalarini shakllantirish o‘qituvchidan katta 
diqqat e’tiborni, bolalar faoliyatini doimiy nazorat qilib turishni, ular bilan 
umumiy va individual tarzda ish olib borishni talab etadi.

Download 5,14 Mb.
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish