384
adabiyotda realistik oqimlar vujudga keldi. Kitob bosish, yangi-yangi ijod
ahli shakllandi. XV-XVI asrdagi Italiya bu o‘rinda birinchi bo‘lib, o‘zining
barcha sohalari bilan oldinda boradi. San’at va madaniyat beqiyos rivoj
topdi. Bu davrni Italiyalik san’atshunos rassom Jorj Vazarining, - «Italiyada
san’at uzoq vaqtdan so‘ng yana uyg‘ondi» - iborasi bilan san’at tarixida
«uyg‘onish davri» kategoriyasi vujudga keldi. Bu davrda Italiyada
Leonarda Do Vinchi, Rafael, Mikelanjello kabi san’atni titan ijodkorlari
etishib chiqdi. Ularning har biri o‘zlarini o‘ziga xos san’at maktablarini
yaratdilar. Ularni ko‘pchiligi rasm chizishni turli sohalari bo‘yicha nazariy
asoslarini ham yaratdilar. Leonarda Do Vinchi «plastik anatomiyani»,
«havoning chiziqli perespektivasini», Alberti «Perespektivani» nazariy
jihatdan asoslab beradilar. Ammo butun san’at tarixi bo‘yicha rasm chizish
uslubiyati bo‘yicha barcha nazariyotchilar cheklanib keldilar. Rasmni
maktabda o‘qitish bo‘yicha biron bir uslubiy xulosa bera olmadilar.
Tasviriy san’atni maktabda o‘qitilishi bo‘yicha faqat XVI-XVII
asrlarda bir qator pedagog olimlar shug‘ullana boshladilar. Buyuk Chex
pedagogi YA.O.Komenskiydan (1592-1670) boshlab, Jon Lokk (1632-1404),
Russo (1712-1778), Didro (1713-1784), Pestalotssi (1746-1827) K.D.Ushinskiy
kabi pedagoglar maktabda tasviriy san’atni o‘qitish bo‘yicha o‘zlarini
dastlabki qarashlarini berdilar. Ular rasm o‘quv predmetini maktab
umumta’lim fanlari qatoriga kiritib, bolani garmonik tarbiyasidagi roliga
katta baho berdilar. Pestalotsiyning shogirdi Petr Shmit I bo‘lib, «Rasm
mexanik mashqdan iborat», - degan nazariyaga zarba beradi. U, - «Rasm
o‘quvchi tafakkurini va tasavvurini o‘stiruvchi asosiy omil yoki u aql
gimnastikasidir»,- degan ilmiy xulosani beradi.
Yana u rasmni o‘kitishda
ko‘chirish metodini tanqid qiladi. 1835 yilda Parijda aka-uka Dyupyular
(Aleksandr va Ferdenantlar) bepul rasm maktabini tashkil etdilar.
1870 yili Rus Badiiy Akademiyasi qoshida rasm o‘qituvchisi
tayyorlaydigan kurs tashkil etiladi. Bu komisiya sostavida N.Ge,
I.Kramskoy, P.Chistyakov kabi yetuk rassomlar ish olib boradilar. XX asr
boshlaridan AQSH, Italiya, Germaniyada ham o‘rta umumta’lim
maktablarida rasm fanini o‘qitilishi yo‘lga qo‘yiladi. Tasviriy san’atni
o‘qitilishi bo‘yicha 1955 yilda Lunda (Shvetsiya), 1958 yilda Bazella
(Shvetsiya) 1960 yilda Maniles (Philippin), 1966 yilda (Chexoslovakiya),
1972 yilda Germaniyada, 1982 yilda Chexoslovakiya kabi mamlakatlarda
xalqaro simpoziumlar o‘tkazilib kelindi.