|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti Pdf ko'rish
|
bet | 213/239 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 5,14 Mb. | | #244342 |
Bog'liq “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VABolalarda q
o‘
shiq aytish malakalarini shakllantirib borish kerak
Qo‘shiq aytishdagi holat
- Stulchalarda o‘tirib, qomatni to‘g‘ri tutish
lozim. Stulcha bolaning bo‘yiga mos bo‘lib, suyanadigan qismiga yengil
tayanib turish mumkin bo‘lsin. Yelka tekin tutilgan, qo‘llar tizzaga
qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Vokal malakalari
- tovush hosil qilish, nafas olish va dikstiyaning
o‘zaro aloqadorligidan iboratdir. Nafas yengil va chuqur olinib,
shovqinsiz, sekin chiqarilishi lozim. Ovoz tiniq, yengil va jarangdor
bo‘lishi zarur. So‘zlarni esa aniq va burro talaffuz etish kerak. Bunda til va
labni to‘g‘ri holatda tutib, og‘izni erkin ochish va pastki jag‘ni erkin
harakatlantirish lozim.
Xor malakalari
- sinfdagi bolalar xor bo‘lib kuylaganda soz va
ansamblning uzviy hamjihatligidan iboratdir.
Soz
qo‘shiq aytganda
ovozlarning musiqaga sozlangan sof intonastiyasi,
ansambl
esa barcha
xonandalar ovozining jarangdorlik kuchi va xor tovushning balandligi
jihatdan bir me’yorda uyg‘unlashuvidir. Bolalarning ilk vokal-xor
malakalari bog‘chada shakllanib boradi. Buning uchun xorda va yakka
qo‘shiq aytishda intonastiya sofligiga intilish lozim. Garchi, xorda barcha
bolalar sof intonastiyada kuylay olmasa-da, lekin metodik jihatdan izchil
tashkil etilgan musiqa mashg‘ulotlari umumiy intonastiya sofligini
yaxshilashga yordam beradi.
Tovush hosil qilish
– yyengil va erkin nafas olib nutq apparatini
erkin ishlatish yo‘li bilan tiniq va jarangdor ovoz hosil qilish demakdir.
Bunda bog‘cha yoshidagi bolalar ovozining hali zaifligi va tez toliqishini
hisobga olish shart. Ularda xonandalik malakalari hali etarli darajada
shakllanmaganligi sababi ko‘proq nutq pastanofkasida kuylaydilar.
Shuning uchun bolalar kuychn ovozda kuylashni yaxshi bilmaydilar.
Ohangdor, cho‘zib, kuychan ovoz bilan kuylash uzoq mashq jarayonida
shakllanib boradi. Kuychan ovoz kuylash yuqori sinf bolalarida bir
muncha yaxshi shakllanadi.
|
| |