• Mexrangiz Xasanova
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet215/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. 
    D.Soipova “Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi” O‘quv qo‘llanma. 
    Toshkent. 2009-y 131- bet
    2. 
    Azizbek Haydarov “Vokal” O‘quv qo‘llanma. Qo‘qon. 2019- yil 51- bet
    3. 
    D.Shostakovich. Znayte i lyubite muziku. –M., Presveshenie, 1973g.19str. 
     


    380 
    MAKTAB O‘QUVCHILARIDA TASVIRIY SAN’AT 
    ASARLARINING OBRAZLI TAFAKKURINI 
    SHAKLLANTIRISH MUAMMOSIGA O‘ZBEK OLIMLAR 
    MUNOSABATI 
    Mexrangiz Xasanova 
    Buxoro davlat pedagogika instituti, magistri 
    O‘zbekiston xalqi, aniqrog‘i respublika hududida yashovchi mahalliy 
    xalq o‘zining qadimiy tarixiy-madaniy merosi, jahonga mashhur allomalari 
    (Ibn Sino, Imom Buxoriy, Mirzo Ulug‘bek, Amir Temur, Alisher Navoiy, al 
    Xorazmiy, Naqshbandiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, al Beruniy, 
    Ahmad Yassaviy, Kamoliddin Behzod va b.) bilan haqli ravishda 
    g‘ururlansa arziydi. Har bir sohada dunyoga tanilgan, yashab ijod etgan 
    buyuk shaxslari qatorida O‘zbekistonning tasviriy san’at tarixi ham 
    benihoya boy. Bunga misol sifatida Varaxsha, Afrosiyob, Tuproqqal’a, 
    Qo’yqirilgan qal’a, Ayritom, Dalvarzintepa va boshqalarni keltirishimiz 
    mumkin. 
    Arxeologik 
    qazilmalarning 
    guvohligicha, 
    yuqoridagi 
    hududlarning barchasida qadimgi zamonlarda yuksak madaniyat, shu 
    jumladan, tasviriy san’at rivoj topgan.
    Afrosiyob (Samarqand shahri) miloddan avvalgi VI-V asrlarda 
    yaratilgan bo‘lib, R.Hasanovning yozishicha, qazilma ishlari natijasida bir 
    necha xonalar aniqlangan. Shulardan birida tasviriy san’at asarlari topilib, 
    unda to‘y safari, daryoda cho‘milish, elchilarni qabul qilish marosimi, 
    erkak va ayol suhbati, ov kabilar aks ettirilgan. 
    Kamoliddin Behzodning hayoti va ijodi Sharq xalqlari madaniyatida 
    muhim o‘rin egallaydi. Uning asarlari bugungi kunda AQSH, Buyuk 
    Britaniya, 
    Germaniya, 
    Misr, 
    Rossiya, Turkiya, Frantsiya, 
    Eron 
    davlatlarining muzey va kutubxonalarida saqlanmoqda.
    O‘zbekistonda tasviriy san’at bo‘yicha taniqli olim, ko‘pgina 
    darsliklar muallifi R.Hasanovning yozishicha, “Kamoliddin Behzodning 
    hayoti va ijodi ta’sirida XV-XVI asrlarda O’rta Osiyo (Movarounnahr) 
    tasviriy san’atida keskin burilish ro‘y berdi. Olim va san’atkorlar bu 
    hodisani san’at tarixida Uyg‘onish (Renessanis) davri deb atadilar” . 
    O‘zbekistonda tasviriy san’atning amaliy, uslubiy jihatdan rivojlanishiga 
    katta hissa qo‘shgan, betakror san’at asarlarini yaratgan, ko‘pgina 
    shogirdlarni Shu jumladan, pedagog kadrlarni tayyorlashda o‘z mehnatini 
    ayamagan rassomlar va xalq orasida taniqli bo’lganlar qatorida Pavel 
    Bengkov, O’rol Tansiqboev, Chingiz Ahmarov, Iskandar Ikromov, Malik 
    Nabiev, Abdulhaq Abdullaev, Laylo Salimjonova, Bahodir Jalolov, Ilhom 
    Jabborov kabilarning nomlarini keltirish mumkin.
    O‘zbekistonda tasviriy san’at sohasida fan doktori, professor, bir 


    381 
    qator darslik, o‘quv hamda metodik qo‘llanmalari maktab ta’limida 
    foydalanilayotgan, davlat ta’lim standartlarining tuzuvchilaridan biri
    Rahim Hasanov ; qator ilmiy va ilmiy-metodik ishlar muallifi Asqarali 
    Sulaymonov; O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillari “Tasviriy san’at 
    darslari va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni badiiy 
    kasb-hunarlarga yo‘naltirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini 
    yoqlagan Alimjon Turdaliev, “O‘zbekiston umumta’lim maktablarida 
    tasviriy san’at o‘qitilishining shakllanishi va taraqqiyoti” (1917-1995 yillar) 
    mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi muallifi Oysoat Xudoyarova , 
    “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini 
    shakllantirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi muallifi Dono 
    Sobirova; “Tasviriy san’atdan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda 
    o‘quvchilarning 
    tabiatga 
    estetik 
    munosabatlarini 
    shakllantirish” 
    mavzusidagi 
    nomzodlik 
    dissertatsiyasi 
    muallifi 
    Bahodir 
    Qo‘chqorovlarning ishlari bugungi kunda respublikamizda tasviriy san’at 
    fani bo‘yicha DTS, o‘quv dasturlari va darsliklarni ilmiy asosda 
    takomillashtirishda o‘ta muhim ilmiy materiallar vazifasini o‘taydi.
    Oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar hamda maktab o‘quvchilarini 
    tayyorlashda, yoshlarda tasviriy san’atga mehr uyg‘otishda, ularni estetik 
    tarbiyasida prof.S.Bulatovning ilmiy-metodik, ilmiy-ommabop asarlari, 
    ilmiy-pedagogik faoliyatining roli benihoya katta . 
    Yuqoridagi ishlarni va ulardan olingan natijalarni imkon darajasida 
    tahlilga tortamiz. O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillari Moskvada
    himoya 
    qilingan 
    Asqarali 
    Sulaymanovning 
    “Kitobat 
    san‘ati 
    mashg‘ulotlarida yuqori sinf o‘quvchilarining badiiy ta‘limi” mavzusidagi 
    nomzodlik dissertatsiyasi hozirgacha ayniqsa, O‘zbekiston kabi taraqqiy 
    etayotgan davlatlar uchun o‘ta muhimdir, chunki kitobat san’ati sohasida 
    O‘zbekistonda muammolarimiz yetarli, ayniqsa maktab darsliklarini 
    tayyorlashda darsliklardagi illyustratsiyalar ko‘pgina hollarda estetik didni 
    emas, balki didsizlikni shakllantirishga ko‘proq xizmat qilishi mumkin. 
    Ayniqsa, tasviriy san’at bo‘yicha chop etilgan o‘quv va metodik 
    adabiyotlarda mashhur asarlar oq-qora ranglarda tasvirlanib, na estetik 
    zavq bag‘ishlaydi, na estetik tarbiyaga xizmat qiladi, na estetik didni 
    shakllantiradi.
    Birinchidan, ushbu mavzu bo‘yicha tadqiqot davom ettirilishi va eng 
    muhimi, kitobat san’atida mavjud tajribalar, ayniqsa, rivojlangan 
    mamlakatlar tajribasi nashriyot amaliyotiga joriy qilinishi, maktab 
    o‘quvchilari uchun tayyorlanayotgan darsliklarni kitobat san’ati talablari 
    darajasida chop etilishiga erishishimiz lozim.
    Alijon Turdalievning yuqorida qayd etilgan mavzu bo‘yicha 
    dissertatsion ishi maktab o‘quvchilarini tasviriy san’at darslari va darsdan 
    tashqari mashg‘ulotlarda badiiy kasb-hunarga yo‘naltirishga bag‘ishlangan 


    382 
    bo‘lib, muallif tomonidan tasviriy san’at vositasida badiiy kasblarga 
    yo‘nalishning eng maqbul usullari ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan .
    Ishda o‘quv dasturlari tahlil qilingan, mavzular va soatlar nisbati 
    ko‘rib chiqilgan. Ammo yuqoridagi ishlarning barchasi faqat bir maqsadga 
    ya’ni, kasbga yo‘naltirish pozitsiyasini ko‘rib chiqish, o‘rganish, ilmiy tahlil 
    qilishga bo‘ysundirilgan. Muallif o‘quvchilarni badiiy kasb-hunarga 
    yo‘naltirishda maktabdan va sinfdan tashqari turli faoliyat turlaridan 
    foydalangan. A.Turdaliev – tasviriy san’atning yangi qirralarini ochib, 
    ilmiy asoslab bergan .
    D.T.Sobirova maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik 
    elementlarini 
    shakllantirish 
    masalasini 
    o‘rgandi. 
    Ushbu 
    masala 
    A.Sulaymonov kitobat san’ati misolida, R.Hasanov boshlang‘ich naqsh 
    chizish misolida, X.Egamov qurish, yasash faoliyati bilan bog‘liq ishlarida 
    qisman tahlil qilgan bo‘lsalar-da, yuqoridagi mualliflar maktab 
    o‘quvchilari bilan tadqiqot olib borganlar. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish