395
aylantirish bajarilgunga qadar qanday proyeksiyalansa, tekislikni
aylantirib, biror tekislikka jipslashtirgandan keyin ham shunday
proyeksiyalanadi.
Internet manzillar:
http://chizmachilik.uz/T0.67767040371969230.639860142584715.pdf
ELEMENTAR MUSIQA NAZARIYASI FANINI FIZIKA FANI
ORQALI SINTEZ TARZDA O‘TISH
Ruziyeva Xosiyat Rasulovna
Buxoro davlat pedagogiga instituti, musiqa ta’limi
va san’at ta’lim yo‘nalishi I bosqich magistri.
Annotatsiya:
Maqolamiz orqali aniq fan tarkibiga kiruvchi fizika fani darslarini, musiqa
bilan bog‘lagan holda, olib borish jarayoni haqida aytib o‘tilgan. Ikki qiziqarli fanni bir-biriga
bog‘liqligi va o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib o‘tilgan. Aniq fanni sintezlashtirilgan holda
o‘tilishi taklifi berilgan.
Kalit s
o‘
zlar:
Креатив, парагриф, метод, частота, мувофиқ, дастур, тебраниш,
диапазон, синтез.
Fizika va musiqa bir biri bilan xamoxang tarzda bog‘lik bir fandir.
Nima uchun? kabi savollarga bugungi maqolamizda ko‘rib chiqishimiz
mumkin. Bu kabi savol va muhokamalar ko‘pgina bo‘lib, ammo uning
negizini misollar ko‘rsatib, yoki uni bir fanning dasturiga ko‘rsatib
ulgurishmadi.
Vaholanki,
bugungi
kunimizda,
ya’ning
Yangi
O‘zbekistonning dolzarb mavzularidan biri bo‘lgan, dars o‘tish
metodlarining
yangicha, noodatiy shakllarda o‘tilishi talab etilmoqda.
Demak har bir fan dasturida yoki paragrifida kreativlik, mavzularning bir-
biridan o‘zgacha rangbarangligi mavjud bo‘lishiga fan ustozlarining
alohida dasturlar tuzishlarida e’tibor berilmoqda. Chunki xozirgi yosh
avlodni yangilikka intiluvchanligini, qiziquvchan bo‘lishini va fanga faol
qatnashishini ta’minlash biz o‘kituvchilar zimmasidadir. Bundan keyin
aniq fan dasturlariga iloji boricha albatta musiqa yoki san’at
turining
boshqa bir faoliyati bilan bog‘lansa maqsadga muvofiq bo‘lgan bo‘lardi.
Nimaga aynan musiqa yoki san’at turlari. Chunki xozirda bir bolalarning
bilimga chanqoqligi, izlanuvchanligi yosh avlodni fanga qizikishi keskin
pasayib bordi. Agarda noodatiy dars usublari mavjud fan bo‘lsa, yanada
qishiqish oshaveradi deb o‘ylaymiz. Hamda musiqa fani inson ongini,
ruhiyatini tinch sokinlashtiradi. Ma’naviy dam olish imkonini bera oladi.
Fanni o‘zlashtirishi bilan birga madaniy hordiq ham olishadi.
396
Har bir fan singari fizika fanining ham o‘z murakkabligi
mavjud
bo‘lib, bu kabi aniq fanni o‘quvchilar yaxshiroq ilg‘ab
olishlariga misollar
keltirib, yetkaza olish, fan o‘qituvchisining mas’uliyati, vazifasi
hisoblanadi. Shuning uchun musiqa fanida yaqqol fizikaviy hodisalarni
uchratishimiz mumkin. Xush zimmasida bu kabi vazifalari bo‘lgan fan
o‘qituvchilari darslari davomida musiqa asbolari bilan tanishtirib, ularning
ovozni qandan usulda qaytishi tebranishi singari misollar ko‘rsatib
berishlari shart.
Musiqadagi har bir ovoz balandligi, tovush tebranishi, ritm,
tovush
chastotasi, tovush qaytishi kabi ko‘plab misollariga guvoh bo‘lamiz. Bu
fizikaviy holat va hodisalar natijasida kuy, musiqa va ashulalar yaraladi.
Har bir musiqiy ovoz tebranishi yoki tovush qator, tovush pardalar bu
barchasi fizik hodisa demakdir.
Musiqa cholg‘u asboblarining barchasida tovush
balandligining pardalari, diapazoni va tovush to‘lqinini
ko‘rishimiz mumkin. Hozirda ko‘paygan
barcha elektron
musiqa cholg‘u asboblari ham urmadan torli-chertma
asbobda bo‘lgan tovushlar to‘lqini fizikaning asosiy
qismidir. Musiqa ritmini his qilish va to‘g‘ri
sanoq tartibiga solish uchun bizga metronom
asbobi yaratildi. Ko‘p hollarda metronom
vazifasini oyoq yoki qo‘llarni birbiriga urish
natijasida hosil qiladi. Bu demak musiqiy
idrok natijasida hosil bo‘ladi. YA’ni metronomni
his qilgan holda ritm
usuli beriladi. Metronom tovushi go‘yoki soat chiqqilashi singaridir. Har
bir urilgan zarba ya’niy stolga qo‘l orqali bir marotaba urib, so‘ng bir nafas
olgandan keyin, yana bir marotaba urish oddiy usul hisoblanadi.
Keyinchalik oyoq orqali ham bu usulni qo‘llab ko‘rish mumkin.
Deyarli barcha o‘quvchi ritmni his qila oladi, ammo uni tushuntira
olish uchun bizga musiqiy did lozim. Bu borada bizning milliy musiqamiz
tayanch bo‘la oladi. Milliy maqom ko‘ylarining barchasi usul orqali
yangraydi. Usul yaqqol yorqin ko‘rinishda bayon etilgan. Doira musiqa
asbobi yurak dinamiqasi singari maqom ashulasining ritmini beradi.
397
Demak
shu ritmni ham, fizik hodisaligini va uni biz qo‘log‘imizga
kelib tushgan ovozlar orqali his qila olamiz.
Inson tomonidan qilingan har bir harakati aslida bu fizika. Bu juda
ham qiziqarli va kerakli fanni, ayrim hollarda anglash qiyinroq kechadi.
Misollar keltirib o‘tilgan darslar esa inson miyasiga yaxshi o‘rnashib
qoladi. Fanni qanchalik qiziqarli o‘tib va yetib borishini onsonroq qilib
ta’minlar ekanmiz, o‘quvchi qiziqib fanga mehri yanada oshib boraveradi.
Hozirgi yosh avlodning tinglash va uqish formulasi, ko‘rish sezgisiga
nisbatan pasayganligi sabadan bunday metodlarda o‘tilgan fanlarni maroq
bilan ilg‘ab olishadi. Kitobdagi o‘qiganlarini emas, amaliyotda
ko‘rilganlarini esda saqlashadi. Maqsadimiz o‘sib kelayotgan yosh avlodni
musiqiy nozik didda tarbiyalash. O‘zida kereativ g‘oyalari mavjud
bo‘lishini, sinchkov izlanuvchi yetishib chiqishini ta’minlashdir. Ahir
kelajagimiz yoshlar qo‘lidadir. Qolaversa nafaqat musiqa bilim
dargohlardagi o‘quvchi bolajonlar, balki o‘rta maktab o‘quvchilari ham
musiqa kabi fanlarda ogoh bo‘lishlarini istaymiz.