389
bosh-olddan ko‘rinishi ro‘parasida joylashgan bo‘lib, chizmada o‘zining
asosiy ko‘rinishi bilan qo‘shilib, ya’ni unda yashirinib yotadi.
Chizmasi
berilgan
detalning
fazodagi
vaziyati bu qoidaga asosan quyidagi algoritm
bo‘yicha aniqlanadi-chizmasi o‘qiladi, 1- rasm:
Fikran, ya’ni ongimizda hayolan detalning olddan
ko‘rinishidagi kontur
chiziqlar tahlil qilinib,
ularning har birini fazoda kuzatuvchi tomon
tasvir tekisligiga perpendikulyar yo‘nalishda
ketma-ket tiklanadi. Ya’ni, bosh ko‘rinishda
yashirinib yotgan detalniing tarkibiy qismlar
birin-ketin hayolan gavdalantiriladi. Ongimizda
kechayotgan bunday chizmani o‘qish
jarayonini
bayon qilishni tushunarli bo‘lishi uchun, 2- rasm,
a
dagidek, detalning bosh ko‘rinishi o‘lchamlarsiz tasvirlangan bo‘lsin,
ya’ni yig‘ish chizmasidagi kabi.
1. Tiklash jarayonini ko‘rinimli bo‘lishi uchun perpendikulyar
yo‘nalishni biroz og‘dirib,
s
yo‘nalishda detalning kontur chiziqlarini
xarakterli-chegaralovchi
nuqtalaridan
s
ga parallel bog‘lovchi chiziqlar
fikran o‘tkaziladi, 2- rasm, b;
2. Detalning olddan va ustdan ko‘rinishlarini tahlil qilib,
eng katta
70x87 mm li to‘g‘ri to‘rtburchakning qalinligi 12 mm va radiusi 12 mm
bo‘lib, 20 mm ga uzaytirilgan yarim silindrik teshikli prizma ekanligi
aniqlanadi, 2- rasm,
c
;
390
3. Ikkinchi kichik to‘g‘ri to‘rtburchak, diametri 14 mm li ikkita teshik
o‘yilgan va o‘lchamlari 30x70 mm bo‘lgan prizma ekanligi fikran anglab
yetiladi, 2- rasm,
d
;
4. Uchinchi, balandligi uzunligiga nisbatan katta to‘g‘ri to‘rtburchak,
o‘lchamlari 10x75 mm bo‘lgan prizma-mustaxkamlik qovurg‘asi (rebro
jyostkosti) ekanligi hayolan aniqlanadi. 2- rasm,
e
;
Agar chuqurroq tahlil
qilinsa, ikki ko‘rinishi o‘xshash, ya’ni to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lgan prizma,
dioganali bilan chegaralangan yarim prizma yoki dioganal chizig‘iga
nisbatan botiq yoki qavariq yoy bilan chegaralangan prizma bo‘lishi ham
mumkin, 2- rasm, e.
Bundan
shunday
xulosa
kelib
chiqadi: Agar detal tarkibida olddan va
ustdan ko‘rinishlari o‘xshash bo‘lgan
tarkibiy
qismlari
bo‘lsa,
ularning
konstruksiyalarini bir nechta variantda
loyihalash mumkin bo‘ladi.
Berilgan
chizmani
yuqorida
keltirilgan
algoritm
asosida
unda
yashiringan detalni yaqqol “abstrakt
obrazi”ni -
mavhum siymosini ongimizda
fikran tiklaymiz va bu jarayonga chizmani
o‘qish deb ataladi. 3- rasmda ongimizda
fikran tiklangan detalning mustaxkamlik
qovurg‘a konstruksiyasi bilan farqlanuvchi yaqqol tasvirlari keltirilgan.