Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Zagashev I.O., Zair-Bek S.I., Mushtavinskaya I.V. Bolalarni tanqidiy fikrlashga
o‘rgatish. 2 -nashr. SPb.: "Delta" alyansi: Nutq, 2003. 192 b.
2. Boruxzon L.M. "Pianino atrofida" bolalar musiqali teatri. Sankt -Peterburg:
Bastakor, 2009.40 b.
3.https://gigafox.ru/uz
375
UMUMIY O
‘RTA TA’LIM MAKTABI O‘QUVCHILARINING
SHAXS SIFATIDA KAMOL TOPISHIDA DARSDAN
TASHQARI MASHG‘ULOTLARNING AHAMIYATI
Shukurov Avaz Ro‘ ziboyevich
Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti
Aslanova Nargiza Xakimovna
Buxoro davlat pedagogika instituti “TSABS”
II-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish,
uning barkamol inson sifatida o‘sib kamol topishida darsdan tashqari mashg‘ulotlarning
ahamiyati hamda sinfdan tashqari ishlarning turlari haqida so‘z yuritilgan.
Kalit s
o‘
zlar:
To‘garak, ma’naviy tadbirlar, vazifalar, integratsiya, sinddan va darsdan
tashqari mashg‘ulotlar
Hozirgi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida qator samarali qaror va
qonunlar qabul qilinmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil
20-dekabr kuni xalqqa qilgan murojaatnomasida maktab o‘quvchilarini
xorijiy tillar va kasb-hunarga o‘rgatish zaruratini aytgan edilar. 2023-yil 20-
yanvar kuni bu boradagi vazifalar bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda esa
tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, o‘quvchilar
maktabning o‘ zida 64 xil ishchi kasblarga o‘ rgatilishi rejalashtirildi.
29
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda o‘quvchilarning
bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mamlakatimizda turizmni
rivojlantirish,uchun qabul qilinayotgan bunday qarorlar ayni muddaodir.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar ni to‘la qamrab olgan to‘garaklar bir necha
xilda bo‘lishi mumkin:
fan to‘garaklari;
mohir qo‘llar to‘garaklari;
duradgorlik to‘garaklari;
sport to‘garagi;
badiiy havaskorlik to‘garagi.
O‘ rta umumta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va
tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to‘garak
rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil
bo‘lgan o‘z o‘quvchilarini biror to‘garakka a’zo bo‘lishga chorlaydi.
Darsdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi
tarbiyaviy
faoliyatni
to‘ldiradi.
Ularni
dunyo
qarashini
to‘g‘ri
shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni
29
Sh.M Mirziyoyevning Oliy majlis va O’zbekiston xalqiga murojaatnomasi https://president.uz/uz.20.12.2022
376
amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog‘lanishiga zamin yaratadi.
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga
quyidagilar kiradi:
darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga
oshirishni nazorat qilish;
o‘quvchilarning darsdan tashqari ko‘ p qirrali ishlarni
pedagogik jamoa, o‘quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo‘lga
qo‘ yish;
darsdan tashqari mashg‘ulotlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik
qilgan holda, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, o‘quvchilar
tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
umummaktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim
tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va
madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish;
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar ning tarbiyaviy ta’siri ko‘p darajada
o‘quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o‘quvchilar jamoachining
xilma-xil ishlarni qanday yo‘ lga qo‘yishga bog‘liqdir. Darsdan tashqari
faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil
o‘quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi.
Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga
qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy
ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu
faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli
mavzularda o tkaziladigan kitobxonlar konferentsiyasi va munozaralar,
siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va
suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayoram kechlari va
ertaliklari, to‘garak mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarning darsdan tashqari mashg‘ulotlar i o‘z mazmuniga
ko‘ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki darsdan
tashqari mashg‘ulotlar da olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va
shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi.
O‘quvchilar darsdan tashqari mashg‘ ulotlar da qatnashib, turli
kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch
keladilar. Shuning uchun ham o‘quvchilarning faoliyatlari qanchalik
xilma-xil bo‘ lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat
doirasi keng va ma’naviy o‘sishi samarali bo‘ ladi. Sinfdan tashqaridagi
tarbiyaviy ishlarda o‘ quvchilar jamoada ishlashni o‘rganadilar ijtimoiy
mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo‘shiladilar,
jamoatchilik fikriga bo‘ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga
odatlanadilar. Darsdan tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning
377
ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko‘ra
belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham
ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari
bir bo‘lsa-da, o‘sha maktablarning o‘ziga xos xususiyatlari bor va bu
xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko‘rinadi.
|