Список литературы:
1.
Axmedov Yu.X. Babadzhanovna A. S., Uli Y. S. S. CRITERIA FOR THE
EMOTIONAL PERCEPTION OF CURVES IN ARCHITECTURAL OBJECTS //E-
Conference Globe. – 2021. – С. 129-134.
2.
Авлякулова Ш. Б. ЗАПОЛНЕНИЕ ОРНАМЕНТАЛЬНОГО ПОЛЯ
РЕЗЬБЫ ПО ДЕРЕВУ НА ОСНОВЕ ТИПОВ СИММЕТРИИ ПРИМЕНИТЕЛЬНО К
КОМПЬЮТЕРНОЙ ГРАФИКЕ //Universum: технические науки. – 2022. – №. 4-1
(97). – С. 15-18.
3.
Тошев И. И., Авлякулова Ш. Б. РИСОВАНИЕ С НАТУРЫ
ОТДЕЛЬНЫХ ГЕОМЕТРИЧЕСКИХ ТЕЛ И ГРУППЫ ПРЕДМЕТОВ (НАТЮРМОРТ)
//Интернаука. – 2018. – №. 14-1. – С. 20-22.
4.
Axmedov Y. H. Avlyakulova Sh. B. The use of digital technology in the
computer-aided design of surfaces for architectural and construction ornaments and
technical forms //Journal For Innovative Development in Pharmaceutical and Technical
Science. – 2021. – Т. 4. – С. 71-76.
5.
Akhmedov Y., Asadov S., Azimov B. Two-sided estimation of linear
approximation error second-order hypersurfaces //Journal of Physics: Conference
Series. – IOP Publishing, 2022. – Т. 2388. – №. 1. – С. 012124
405
MAKTAB O‘QUVCHILARIDA TASVIRIY SAN’AT
ASARLARINI OBRAZLI TAFAKKUR QILINISHINING
RIVOJLANISH MUAMMOSI VA UNING XORIJIY OLIMLAR
TOMONIDAN O‘RGANILGANLIK HOLATI
Xasanova Mehrangiz
Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti
Insoniyat tasviriy san’at kishiga kuchli ta’sir etishini qadimdan
bilganki, bugungi kunga qadar “Go‘zallik dunyoni qutqaradi” degan
hikmat o‘z qiymatini saqlab kelayotganligi ham Shunga ishoradir. Zero,
to‘laqonli inson zoti istalgan joyda, istalgan sharoitda yoki yoshda go‘zallik
shaydosi bo‘lib qolaveradi. Tabiat go‘zalligi insonga kuchli ta’sir
etganligidan bu go‘zallik nusxasini olib qolish va o‘zgalarga yetkazish,
betakror go‘zal manzara o‘zgalarga ham huzur bag‘ishlashi, kayfiyatini
yaxshilashi, atrof-muhit, tabiat, yaqinlarga bo‘lgan mehr-muhabbatni
yanada kuchaytirishi, aqlini raso, qalbini pok qilishi maqsadida tasviriy
san’atdagi manzara janri kelib chiqqan deb taxmin qilishimiz mumkin.
Chunki hozirgi kunda ham yonida telefon, fotoapparat, videokameralar
bo’lmagan hollarda inson tabiat manzarasidan, uning go‘zalligidan
Shunday ta’sirlanadiki, ba’zan o‘zi rassom bo‘lmasa ham beixtiyor qo‘liga
qalam yoki mo‘yqalam olib, idrok etayotgan go‘zallikdan nusxa olib
qolishga harakat qiladi.
San’at asarlari qadimdan faqat estetik tarbiya emas, balki ta’limiy,
tarbiyaviy maqsadlarda yaratilgan. Bunday ma’lumotlar san’at tarixi
sahifalarida batafsil o‘z ifodasini topgan.
Ma’lumki, Leonardo da Vinchi tasviriy san’atdan tashqari fizika,
astronomiya, arxitektura, biologiya, samolyotsozlik va boshqa fanlar
bo’yicha asarlar yozgan, bir qator ixtirolar qilgan. Ko‘pgina mashhur
rassomlar katta aql egalari bo‘lib, o‘zga, san’atga yaqin bo‘lmagan
sohalarda ham o‘zlarini taniqli ijodkor sifatida namoyon etganlar.
Qaysidir ma’noda N.S.Bogolyubov dissertatsion tadqiqotining
mavzusi yuqoridagi fikrlarimizning tasdig‘i sifatida xizmat qilishi
mumkin. N.S.Bogolyubov (1993) doktorlik dissertatsiyasida umumiy o‘rta
ta’lim maktab o‘quvchilarida tasviriy san’at namunalari vositasida ijodiy
qobiliyatni shakllantirish muammosini tadqiq etgan.
Ushbu tadqiqotda N.S.Bogolyubov tomonidan tasviriy san’at
faoliyatida o‘quvchining individual va umumiy qobiliyati ifoda etilishi,
ular orasidagi nisbat, qobiliyatning namoyon bo‘lishida tug‘ma layoqat,
ijtimoiy omillar, maxsus yo‘naltirilgan ta’lim, tarbiya va rivojlanish bilan
bog‘liqligi o‘rganilgan. Tadqiqotchi badiiy ijodiy qobiliyatning turli yosh
406
bosqichlari (boshlang‘ich sinflar yoshi, o‘rta va yuqori sinf yosh
bosqichlari)da rivojlanishiga xos xususiyatlarini aniqlashni ilmiy vazifa
sifatida belgilab, ma’lum ilmiy natijalarni qo‘lga kiritgan.
Olingan natijalar asosida bolalarning maxsus va ijodiy qobiliyatlariga
tegishli ayrim tomonlarni tashxis qiluvchi psixodiagnostik metodlar
yaratilgan.
Mazkur ishda tadqiqot obyekti sifatida 1-11-sinf o‘quvchilari
o‘rganilgan va o‘tkazilgan tadqiqot quyidagi natijalarni bergan:
umuman ta’limda, Shu jumladan, tasviriy san’at ta’limida
badiiy ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda o‘quvchilardagi individuallikni
o‘stirishga alohida ahamiyat berish zarurligi, chunki u umumiy badiiy
qobiliyatning tarkibiy qismi ekanligi;
maxsus va ijodiy qobiliyatning psixofiziologik asosi har xil
ekanligi;
badiiy ijodiy qobiliyat turli yosh bosqichida turlicha ifoda
etilishi;
tadqiqotda
qo‘llanilgan
tashxis
metodikalari
orqali
o‘quvchidagi individuallikning turli qirralarini aniqlash;
tashxis metodikalaridan umumiy rivojlanish darajasi, tasviriy
san’at faoliyati uchun zarur bo‘lgan, ammo o‘quvchida yetarli
rivojlanmagan tomonlarni aniqlash va Shu asosda tegishli rivojlantiruvchi,
korrektsion dastur ishlab chiqish va maqsadli faoliyat olib borish;
bilim, ko‘nikma va malakalar ta’limning yakuniy maqsadi
bo‘lmasdan ular o‘quvchi shaxsidagi individuallikni rivojlantirish vositasi
ekanligi, ijodkor shaxs kelgusida barcha faoliyatda ijodiy yondashuvni
namoyon qilishi tadqiqotda aniqlangan.
N.S.Bogolyubov fikricha, rassomlardagi individuallikdan ularning
ijodiy va kasb faoliyatida janr kelib chiqadi, ya’ni ijodkor o‘ziga mos
bo‘lgan alohida mehr qo‘ygan janrini belgilab oladi va ijodining asosiy
qismini shu janrga bag‘ishlab, eng yaxshi asarlarini ham shu janrda
yaratadi.
Mazkur tadqiqotining yana bir qimmatli tomoni shundaki, u
rassomlar ijodiy faoliyatidagi individual uslub psixologik-pedagogik
tavsifnomasini, ijodkorlar ijodiy faoliyatida zarur bo‘lgan sifatlarni tarkibi
va yetakchiligiga ko‘ra uch guruhga bo’ladi. Uning fikricha, birinchi guruh
sifatlarni neyrofiziologik tug‘ma layoqat, tashqi muhit bilan o‘ziga xos
muloqot, uzoq vaqt irodani safarbar qilib, bir yoki turli ijodiy faoliyat olib
borishga bo‘lgan ehtiyoj va qobiliyat tashkil qiladi. O‘quvchilar shaxs
sifatlari jihatidan turlicha bo‘lganligi sababli ba’zilar uchun topshiriq oson
bo‘lsa, faoliyatga qiziqish yo‘qoladi, ba’zilarga vazifa murakkabroq
tuyulsa, muvaffaqiyatsizlikdan o‘zini olib qochib, faoliyatini to‘xtatadi, “Bu
407
menga to‘g‘ri kelmaydi”, “Bu men uchun qiziq emas” kabi vajlar bilan ijod
qilishdan yoki vazifa bajarishdan bosh tortadi. Bunday o‘quvchilarga
tegishli suhbat, rag‘batlantirish, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash,
stimullardan foydalanish kerakligi uqtirib o‘tiladi.
|