• SHASHMAQOM CHOLG‘U IJROCHILIGI MASALALARI 1960-1990 YILLAR KESIMIDA Dilovar Qodirova
  • Annotatsiya
  • Kalit so ‘ zlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet230/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Adabiyotlar ro‘yhati:
     
    1. Халимов, М. К., & Жабборов, Р. Р. (2018). Сравнение продуктивности 
    учебной доски и проектора в преподавании предметов, входящих в цикл 
    инженерной графики. Молодой ученый, (6), 203-205. 
    2. Халимов, М. К. (2016). Роль самостоятельной работы в профессиональной 
    подготовке будущих педагогов. Молодой ученый, (4), 845-846. 
    SHASHMAQOM CHOLG‘U IJROCHILIGI MASALALARI 
    1960-1990 YILLAR KESIMIDA 
    Dilovar Qodirova 
    Musiqashunos, 
    O‘zbekiston 
    kompozitorlari 
    va 
    bastakorlari uyushmasi a’zosi, Buxoro ixtisoslashtirilgan 
    san’at maktabi oliy toifali o‘qituvchisi 
    Annotatsiya:
    Ushbu maqolada O‘zbek mumtoz musiqasining asosi bo‘lmish 
    Shashmaqom cholg‘u ijrochiligi masalalariga e’tibor qaratilgan. Cholg‘u ijrochiligining XX 
    asrning ikkinchi yarmi 1960-90 yillardagi rivoji, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar 
    borasida fikr yuritiladi. Akademik Yunus Rajabiy tomonidan tashkil etilgan Maqom ansambli, 
    Shashmaqom nota nashrlari, Sharq musiqasi kafedrasining tashkil etilish, Faxriddin Sodiqov 
    rahbarligidagi talabalar ansamblining ijodiy faoliyati, ustozning ko‘rsatgan jonbozliklari 
    borasida ma’lumotlar keltirilgan.
    Kalit so

    zlar:
    Shashmaqom, mushkilot, mumtoz kuy, ustoz-shogird, milliy musiqa, 
    cholg‘u kuy, cholg‘u ijrochiligi, ansambl, yakkanavoz, jo‘rnavoz. 
    Ma’lumki, 1959 yilda O‘zbekiston radiosi qoshida Maqomchilar 
    ansambli
    34
    ning tashkil etilishi, maqomot borasidagi jonli ijro 
    an’analarimizni asrab qolish uchun qilingan ishlarning dastlabkisi edi. Bu 
    yerda akademik Yunus Rajabiy olib borgan rahnamolik faoliyati haqida 
    ham aytib o‘tish o‘rinlidir.
    34
    1978 yildan e’tiboran “Yunus Rajabiy” nomidagi maqom ansambli.


    411 
    “Zero, Yunus Rajabiy maqom ansambllarining tuzish, tarkiblarini - u 
    yoki bu miqdorda belgilash, yakkaxon, yakkanavoz va umumiy-jamoaviy 
    sadolanishlar muvozanatini aniqlash borasida ma’lumotlarini bir 
    tomondan - o‘tmish risolalaridan to‘plangan bo‘lsa, ikkinchi tomondan - 
    bevosita zamona zaylidan kelib chiqib, mazkur sohadagi an’analarni 1920-
    yillardanoq o‘rgana boshlagan. Shu maqsada nainki Toshkent va Farg‘ona 
    vodiysi, Samarqandu Buxoroni, balki qo‘shni Tojikiston vohalarini kezib, 
    turli tuman ansambllar tuzilishi bilan tanishib chiqadi.”
    35
    , - deydi bu haqda 
    musiqashunos T.B.G‘ofurbekov. Ushbu jamoa ishtirokida maqomlarning 
    navbatma-navbat o‘zlashtirib ijro etilishi muhim bir yangilik bo‘ldi.
    Ushbu ansambl to‘g‘risida Yunus Rajabiy o‘zining “Musiqa 
    merosimizga bir nazar” nomli so‘nggi kitobida quyidagicha yozadi: 
    “So‘nggi yillarda O‘zbekiston televideniesi va radiosi qoshidagi 
    Maqomchilar 
    ansamblining 
    zahmatkashlari 

    musiqa 
    boshlig‘i 
    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Faxriddin Sodiqov 
    (changda), xonandalardan - O‘zbekiston xalq hofizlari marhum Jo‘raxon 
    Sultonov, Ortiqxo‘ja Imomxo‘jaev, O‘zbekiston xalq artistlari Kommuna 
    Ismoilova, Berta Davidova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Orif 
    Alimaxsumov, marhum Karim Mo‘minov, Siroj Aminov, Shokirjon 
    Ergashev, solistlar - Umarjon Otaev, Alijon Hasanov, Tolibjon Badinov, 
    sozandalardan - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Zokirxon 
    Sodiqov (g‘ijjakda), Orif Qosimov (dutorda), Mahmudjon Muhamedov 
    (nayda), Ishoq Qodirov (nayda), marhum Yoqubjon Dovidov (tanburda), 
    Ilhom To‘raev (g‘ijjakda), solistlardan Turg‘un Alimatov (tanbur va 
    satoda), G‘aybulla Sa’dullaev (qo‘shnayda), Dadaxo‘ja Sottixo‘jaev 
    (doirada) – lar men bilan yonma-yon turib, hormay-tolmay mehnat 
    qilishdi. Shogirdlarim qisqa vaqt ichida maqom qismlarini o‘rganish va 
    o‘zlashtirishdek og‘ir va murakkab vazifani uddalay oldilar”
    36
    .
    Ushbu hayrli ishni boshlagan Yunus Rajabiy vaqtni qo‘ldan boy 
    bermasdan maqom ansambli ijrosida Shashmaqom ashula bo‘lmiga kirgan 
    barcha sho‘’balarni va ayrim cholg‘u yo‘llarini magnit tasmalari va 
    grammofon lappaklariga yozib oladi. Bu murakkab va o‘ta muhim ish 
    O‘zbekiston musiqa madaniyati sohasida ajoyib tarixiy voqea bo‘ldi.
    Maqom ansambli bilan olib borgan ijodiy faoliyati to‘g‘risida Atoqli 
    olim quyidagilarni mamnuniyat bilan aytadi: “Ansambl bilan ishlash 
    mening uchun o‘ziga xos ijodiy laboratoriya bo‘ldi. Juda ko‘p jumboqlarni 
    yechish imkoniyatini yaratib berdi. Jumladan, 1959 yildagi nashrda 
    maqomlarda o‘rni bo‘lishi lozim bo‘lgan ba’zi qismlar yetishmaganligi 
    aniqlandi. Eng muhimi shundaki, ansambl bilan ishlash jarayonida oldin 
    35
    T.G‘ofurbekov. XX asr o‘zbek musiqasi va Yunus Rajabiy. //Musiqa ijodiyoti masalalari. “Qatortol – 
    Kamolot” T., 1997. 48-bet.
    36
    Rajabiy Yu. Musiqa merosimizga bir nazar. T.,1978. 11-bet. 


    412 
    notaga olingan kuy va ashulalarning doira usullarida, milliy ijrochilikka 
    xos bo‘lgan ba’zi xususiyatlarda, kuy tuzilishida ozmi-ko‘pmi kamchiliklar 
    borligi ko‘zga tashlandi.”, - deya fikrini davom ettiradi. – “Shularni 
    e’tiborga olgan holda “Shashmaqom”ning yangi nashrini tayyorlash lozim 
    topildi. Shunday qilib, 1965 yildan boshlab “Shashmaqom”ning olti 
    jildligini tayyorlashga kirishdim. Bunda, shubhasiz, O‘zbekiston radiosi 
    “Maqom ansambli”da olib borilgan amaliy ishlarning roli asosiy o‘rin 
    egalladi”
    37
    .
    Vaqt o‘tishi bilan Yunus Rajabiy maqom ijrochiligidagi orttirgan 
    tajribasi orqali olti jildli Shashmаqomda ham ayrim kamchiliklar 
    mavjudligini biladi. Boshlagan ishini oxiriga yetkazish maqsadida 
    Yu.Rajabiy yana yangi bir ishga qo‘l uradi. “Musiqa merosimizga bir 
    nazar” nomli asari uning navbatdagi kitobi hisoblanadi. 
    Allomaning so‘nggi “Musiqa merosimizga bir nazar” nomli kitobi 
    F.Karomatov tahriri ostida 1978 yil chop etilgan bo‘lib, ushbu kitobda 
    Yu.Rajabiy besh jildli “O‘zbek xalq musiqasi” va olti jildli “Shashmaqom” 
    to‘plamlari borasidagi fikr mulohazalari, ayrim lozim bo‘lgan tuzatishlari 
    o‘z o‘rnini topadi.
    1972-73 o‘quv yilida Toshkent konservatoriyasida o‘z faoliyatini 
    boshlagan “Sharq musiqasi” kafedrasining asosiy, yetakchi vazifalaridan 
    biri - yuqorida zikr etilgan fojea oldini olish edi. Shunday tadbirlardan 
    dastlabkisi Shashamaqom va umuman o‘zbek maqomlari hamda o‘zga 
    murakkab janrlarning ustoz ijrochilarini tayyorlashdan iborat bo‘ldi. 
    Ikkinchi eng muhim vazifa - konservatoriyamiz o‘z e’tiboridan chetda 
    qolgan, kengroq miqyosda umuman o‘tmish davr o‘quv yurtlarida ham 
    amalgа oshirilmayotgan muhim muammo - Sharq tillarini (hech bo‘lmasa 
    birini) bilgan, musiqaga tegishli o‘rtа asr va turli yozma manbalarni 
    bevosita o‘qib tushunishga qodir, ayni vaqtda, zamonaviy talab 
    darajasidagi 
    musiqashunos, 
    aniqrog‘i, 
    musiqiy 
    sharqshunoslarni 
    tayyorlashga qaratildi. Ushbu soha musiqashunoslarini yetishtirishda 
    Sharq davlatlari o‘tmish musiqiy merosi, zamonaviy musiqa, jumladan, 
    kompozitorlik, bastakorlik ijodiyotlari bilan kelajakda “Sharq mamlakatlari 
    musiqasi” fanini o‘quv yurtlarimizda joriy etishda ishtirok etishlari ko‘zda 
    tutilgan edi
    38
    .
    Bu kafedra musiqiy sharqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha yuqori 
    malakali musiqashunos hamda maqom ijrochiligi bo‘yicha bilimdon 
    mutaxassislarni yetishtirish, o‘zbek xalq cholg‘ularida an’anaviy 
    ijrochilikni puxta egallagan sozanda va xonandalarni tarbiyalash 
    vazifalarini o‘z zimmasiga olgan edi. 
    37
    O‘sha adabiyot. 12-bet. 
    38
    Bu haqda qarang: Karomatov F. Ana’analar ildizi umrboqiy. (Toshkent davlat konservatoriyasi Sharq 
    musiqasi kafedrasining 20 yilligi). “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”. 1993 yil, 23 aprel', №17 (3225) 


    413 
    Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun ko‘zga ko‘ringan olim va 
    atoqli maqom ijrochilari ishga taklif qilinadi. Ularning orasida 
    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, tanburchi Rizqi Rajabiy, naychi 
    Mahmudjon Muhammedov, doirachi To‘ychi Inog‘omovlar bor edi. Bu 
    ishlarga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, mashhur changchi 
    va bastakor Faxriddin Sodiqov yo‘lboshchilik qildi. F.Sodiqovning ta’lim 
    berish uslubiyati alohida ahamiyat kasb etgan holda iqtidorli talabalarga 
    og‘zaki an’anadagi kasbiy musiqa merosi, xususan maqomlarni 
    mukammal, ayni paytda ijodkorona o‘zlashtirishga qaratilgan edi. 
    Professorlar F.M.Karomatov va I.R.Rajabovlar ishtirokida xalq 
    cholg‘ularida ijro an’analarini o‘qitish usullari ishlab chiqilib, asosiy e’tibor 
    Shashmaqom cholg‘u yo‘llarini amalda o‘zlashtirishga qaratildi. Bunda 
    asosan quyidagi nota to‘plamlaridan: 9 jildlik “O‘zbek xalq musiqasi”, olti 
    jildlik 
    “Shashmaqom”, 
    shuningdek, 
    “Shashmaqom” 
    grammafon 
    lappaklaridan tashkil topgan materiallardan foydalanildi. 
    Mutaxassislik fanlari o‘qituvchisi va talabalar maqom ansambli 
    rahbari bo‘lgan Faxriddin Sodiqovni katta ijodiy murakkabliklar kutib 
    turgan 
    edi. 
    Shashmaqom 
    cholg‘u 
    qismlari 
    qayta-qayta 
    to‘liq 
    notalashtirilganligiga qaramasdan, ularning jonli jo‘rnavozlik ijro 
    an’analari sustlashib qolgan edi. hattoki O‘zbekiston radiosi huzuridagi 
    maqomchilar ansambli jamoasining dasturida “Shashmaqom” cholg‘u 
    qismining faqatgina ayrimlari chalinardi. 
    Maqomlarning cholg‘u yo‘llari, ba’zi sabablarga ko‘ra, uzoq vaqt ijro 
    etilmasdan keldi. Masalan, O‘zbekiston radiosi huzuridagi maqom dastasi 
    repertuarida Muxammasi Bayot, Tasnifi Dugoh, Samoyi Dugoh, Garduni 
    Segoh va maqom ashula yo‘llarining ayrim cholg‘u variantlari ijro 
    etilardi...(Nasri Segoh, Nimcho‘poni kabilar). 
    Shu sababli, ko‘proq maqomlarning xalq orasida mashhur bo‘lgan 
    namunalari Cho‘li Iroq, Mirza Davlat, Cho‘li Kurd, Abdurahmonbegi, Begi 
    Sulton, Eshvoy, Miskin, Ajam, Nasrulloyi kabi yakka va turkumli kuy 
    yo‘llari chalinardi
    39
    .
    Dastlabki urinishlardanoq jiddiy bo‘shliqlarni to‘ldirishga kirishildi. 
    Negaki Respublikamizning na musiqa maktablarida va na o‘rta maxsus 
    o‘quv yurtlarida an’anaviy ijrodagi maqomlarimizni xalq chog‘ulari 
    amalida qo‘llanilmas edi, bu narsaga e’tibor ham berilmasdi. F.Sodiqov 
    nafaqat yo‘qolib borayotgan an’anaviy maqom cholg‘u kuylarini 
    mukammal darajada tikladi, balki uning ijrochilik an’analarining saviyasini 
    yangi, yanada yuqori bosqichlarga ko‘tardi. Sifatli o‘zgarishlar yakka 
    hamda, ko‘proq cholg‘u ansambli ijrochiligiga qaratildi. 
    Birinchi qadamda pedagog-amaliyotchi Shashmaqom cholg‘u 
    qismlarining yakka ijrochiligiga e’tiborini qaratib, uni o‘quv amaliyotiga 
    39
    Ishoq Rajabov. Shashmaqom. //Maqom asoslari. T.,1992. 11-bet. 


    414 
    kiritdi. Ushbu ishni keng tarqalgan cholg‘ulardan dutorda boshladi. 
    Sodiqovning dutor sinfi dasturida bir qismli va turkumli asarlar bilan bir 
    qatorda 
    Shashmaqom 
    cholg‘u 
    yo‘llari 
    ham 
    kiritildi. 
    Masalan, 
    Shashmaqomning asosiy cholg‘u qismlaridan Tasnif, Tarje, Gardun, 
    Muxammas va Saqil, shuningdek “Talqin” sho‘’basi, ashula bo‘limining 
    Nasr va taronalari ham amalda o‘rganila boshlandi. Ushbu yangiliklar 
    chang, g‘ijjak, qo‘shnay, rubob va boshqa bir qator cholg‘u asboblarida 
    ham o‘rganila boshlandi. 
    Ustoz Faxriddin Sodiqovning Shashmaqom cholg‘u yo‘llarini 
    o‘zlashtirishdagi ko‘rsatgan jonbozliklari to‘g‘risida San’atshunoslik fanlari 
    nomzodi, professor R.Yunusov quyidagicha baho beradi. - “Maqom 
    ijrochiligi bo‘yicha akademik Yunus Rajabiyning izdoshi va yaqin safdoshi, 
    atoqli-ustoz murabbiy Faxriddin Sodiqov talabalar cholg‘u ansambli fanini 
    o‘z zimmasiga olar ekan, o‘quv vazifalari o‘rnida ayrim mezonlari 
    avvallari sinovdan o‘tkazilgan yangi ijodiy maqsadlarni ko‘zlaydi”., - deya 
    fikrini davom ettiradi – “Bilimdon ijodkor rahnamoligida sozandalar 
    guruhi ilk o‘quv yili ichida o‘rnatilgan tartibga rioya qilib “Tasnifi 
    Buzruk”, “Tarjei Buzruk”, “Garduni Buzruk”, “Muxammasi Buzruk”, 
    “Muxammasi Nasrulloyi” hamda Farg‘ona-Toshkent mumtoz cholg‘u 
    kuylaridan “Nasrulloyi”ni to‘la-to‘kis o‘zlashtirib ijro etdilar”
    40
    .
    Turli maktab egalarining o‘ziga xos ijrochilik an’analarini o‘rganish 
    ham muhim omillardan bo‘lib, talabalarga mashhur sozandalarning 
    an’analarini ham o‘zlashtirila boshlandi. Ustoz talabalar bilan olib 
    borilayotgan dars jarayonida o‘ziga xos ijro uslubiga ega bo‘lgan bir qator 
    sozandalar bilan tanishtirib boradi. Bular mashhur dutorchilar andijonlik- 
    Muhiddin Hoji Najmiddinov, Nug‘mon Qori Mo‘minzoda, Solixon Hoji, 
    toshkentlik Abdusoat Vahobov va boshqalar. 
    O‘zbek maqom ansambli ijrochiligining an’analari va u bilan bog‘liq 
    bo‘lgan muhim vositalar to‘g‘risidagi savollar yechimi ilmiy-metodik 
    qo‘llanmalarda mavjud emas edi. F.Soddiqov tomonidan jamlangan 
    malaka, ijodiy tajriba va pedagogik bilimlari ana shu masalada o‘zining 
    kerakli bo‘lgan javobini topdi
    41

    An’anaviy musiqa tamoyillarini egallagan, shuningdek zamonaviy 
    musiqa an’analari bilan ham yaxshi tanish bo‘lgan maqomchilar 
    ansamblining ustozi F.Soddiqov ansambl ijrochiligini yangi, yanada yuqori 
    bosqichlarga ko‘tardi. 
     
    40
    Ravshan Yunusov. Maqom ta’limi: nazariya va amaliyot. // Shashmaqom saboqlari.(maqola va 
    ma’ruzalar to‘plami). Toshkent., 2005, 46-bet. 
    41
    Вызго Т.С. Инструментальный состав “Шашмакома” и традиции ансамблевого исполнительства
    на Среднем Востоке. // Макомы, мугамы и современное композиторское творчество. Ташкент, 1978, 
    62-63 бет.


    415 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish