409
Musiqaviylikning rivojlanishi tufayli bolalar musiqa obrazlarini
- ularning
atrofdagi qo‘shimcha obrazlarni bolalar yorqin his eta boshlaydilar. Bu esa
o‘z navbatida, ularning tevarak-atrofini bilishda, estetik baholashni
tarbiyalashda, badiiy didni, musiqaga bo‘lgan
muhabbatni tarbiyalashda
katta ahamiyatga ega.
Bolaning musiqaviyligi uning aktiv musiqaviy faoliyati orqali
tarbiyalanadi. Pedagog mapiulotlarda bolalar diqqatini tashkil etish va
yo‘naltirish orqali qabul qilayotgan narsalar xaqida o‘ylash, qiziqish,
taqqoslash, qiziqish uyyutishga yordam beradi. Bolalarda musiqa
mazmuniga tushunarli munosabatda bo‘lish paydo bo‘ladi,
musiqani
tinglashga ishtiyoq tug‘iladi.
Musiqaviy asarlarni tinglash bolalar ishtirokida amalga oshirilishi
lozim. Musiqa orqali beriladigan kayfiyat ularda javob qayg‘usini
uyg‘otish kerak. Maktabgacha ta’lim muassasalarida mohir metodik
usullar orqali bolalarni musiqa asarlarining bajarilishiga jalb qilish
mumkin. Bular: qo‘shiq kuylash, raqsga tushish, qo‘shiqlarga ritmik jo‘r
bo‘lishdan iborat.
Bog‘cha bolalari qanchalik tanish musiqa asarini tinglasa, shunchalik
u musiqaviy faoliyatda aktiv ishtirok etadi.
Suhbat musiqaga yanada
ongliroq munosabatda bo‘lishga yordam beradi. Uyinchoqlar, rasmlar
she’riy va obrazli so‘zlar qo‘llanishi musiqa orqali ko‘zg‘atilgan kuy
ogohlikni chuqurlashtiradi va shu asosda musiqani yanada nozik tinglash
ortadi. O‘z navbattida ular bolaning aktiv faoliyatini hisoblagan qushiq
aytish va harakatlarida mustahkamlashadi. Bolani musiqaviy asarlarni
idrok etish tug‘risidagi masalaga to‘xtaymiz. Idrok san’ati o‘zidan
kiyin
psixologik faoliyatni namoyon qiladi, qaysiki, intelektual, bilish,
emotsional momentlarni birlashtiradi. Musiqa san’ati asarlarini tushunish
masalasi o‘zidan o‘zi kelib chiqishi mumkin emas. Uni o‘rgatish kerak.
Musiqa asarlarini idrok etish hissiyotidan boshlanadi. Musiqa asarlarini
idrok etish emotsional jonkuyarlikni vujudga keltiradi.
Bolaning bu
holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning
paydo bo‘lishidir. Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini
tarbiyalash zarur. Musiqani idrok etish ilk bolalardan shakllanadi.
To‘plangan emotsional musiqaviy taasurotlar qo‘shiq aytishga, muzika
asboblarini chalishga, badiiy xalq qo‘shiqlaini aytishga olib keladi.
Hissiyot, eshitish, idrokning rivojlanish
asosida bolalarda musiqaviy
taasurotlar to‘plana boshlaydi. 7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab
qayg‘uradi va fikr yuritadi. Biz bola oldiga musiqani idrok etishninng
payida bo‘lishi vazifasini qo‘yamiz. Maktabgacha yoshdagi bolalarning
aqliy faolligi va mustaqilligini rivojlantirish, intellektual qobiliyatlarni
410
egallash maktabni muvaffaqiyatli tashkil
etish va kelgusi ishlarga
tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim shartdir.
Aqliy qobiliyatlar - bu yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish
osonligi va tezligini, ulardan turli muammolarni hal qilishda foydalanish
imkoniyatlarini aniqlaydigan psixologik fazilatlar. Bolaning aqliy
rivojlanishi ijtimoiy muhit ta'siri ostida amalga oshiriladi. Aqliy
rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari bilim tizimini o‘zlashtirish,
uning
fondini to‘plash, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va yangi bilimlarni
egallash uchun zarur bo‘lgan kognitiv faoliyat usullarini mahorat bilan
to‘ldirishdir.