124
Boshlang‘ich sinflardagi musiqa madaniyati darslari umumiy ta’lim
maktablarida o‘quvchilarga badiiy ta’lim va axloqiy estetik tarbiya berish
tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
Dasturda o‘quvchilarga tizimli ravishda vokal-xor malakalarini
singdirib borish masalasi ham qo‘yilgan. Kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarning ovoz apparatini juda nozik, ovoz diapozonlari cheklangan
bo‘ladi. Uzoq vaqt surunkasiga qo‘shiq kuylash bolalar ovoz apparatining
shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Ayrim o‘qituvchilar amaliyotda dars
tuzilmasini buzib, musiqa savodi va musiqa tinglash faoliyatlari o‘rnida
ham jamoaviy qo‘shiq kuylatish hollariga yo‘l qo‘yishadi bu esa
o‘quvchilarning ovoz diapozonlariga putur yetkazishi mumkin.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar o‘zlariga xos juda mayin va yoqimli
ovozga ega bo‘ladilar. Birinchi sinfdan boshlab mashg‘ulotlarda
o‘quvchilarning vokal va xor malakalari takomillashtirilib boriladi. O‘tirib
va turib kuylaganda gavdani to‘g‘ri tutish, nafasni rejaga sola bilish,
kuylaganda unli va undoshlarni, melodik, garmonik intervallarni to‘g‘ri
talaffuz qilish, dinamik tuslarga rioya qilgan holda mayin ovozli uyg‘un,
yoqimli kuylash ustida muntazam ravishda isholib boriladi.
Dasturda vokal xor malakalari (gavdani to‘g‘ri tutish, nafasni rejaga
solish, tovush xosil qilish, diksiya, soz, ansambl va dinamika) ustida
ishlash harbir sinf uchun alohida belgilangan. Bolalar ovozini parvarish
qilish, vokal va xor malakalarini oshirishda, qushiq o‘rgatishda oldin
maxsus vokal mashqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda avval
o‘quvchilarni ishchi diapozonining prima (o‘rta) tovushlaridan boshlab,
pastga tomon yo‘naluvchi tetraxordlardan foydalaniladi. Nafas esa
me’yorida shovqinsiz, yelkani ko‘tarmay o‘z vaqtida olish va mayinataka
kuylashga aloxida e’tibor beriladi. Shuningdek, ularni ovoz diapozoni
haddan tashqari past yoki yuqori pardalarda kuylatish yaramaydi.
Qattiq gapirish, baqirish taom va ichimliklarni juda issiq yoki sovuq
holda iste’mol qilish ovoz pardalarini xastalantirishi haqida ogohlantirib
borish lozim. Ovoziga xastalik alomatlari aniqlangan o‘quvchilar muolaja
davrida kuylashdan ozod etiladi. Bular o‘z vaqtida muolaja uchun
otolaringologlar yoki foniatr shifokorlarga yuborilishi lozim. O‘quvchilar
ovozini asrash ustida muntazam ish olib borish ovoz apparatining sog‘lom
rivojlanishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi..
Musiqa darslari jarayonida 1-sinfda vokal – xor malakalarini
shakllantirishda Re 1 (Do diez 1) – Do 2 tovushlari oralig‘ida (diapozonida)
bo‘lgan bir ovozlik qo‘shiqlarni ayttirish tavsiya etiladi.