126
jo‘rligida va akapella tarzida ijro eta olish. Musiqada takt hissalarining
urg‘uli va urg‘usiz ( kuchli yoki kuchsiz) bo‘lishi haqida tushunchaga ega
bo‘lish. 3 chorakli va 2 chorakli o‘lchovlarda dirijorlik harakatlarini
tushunish. O‘qituvchi asarda dirijorlik qilganda uning qo‘liga qarab
ko‘pchilik bilan birgalikda nafas olish, ijroni boshlash, dirijorlik ishorasiga
amal qilgan holda ijroni to‘xtatish.
3 – sinfda
o‘quvchilar DO 1 – RE (MI) 2 diapozonidagi bir ovozli va
ikki ovozli elemenlari bo‘lgan qo‘shiqlarni kuylaydilar. Qo‘shiq
kuylashdagi holat: 1 va 2-sinflarda olingan malakalarni takomillashtirish,
kuylaganda gavda, bosh yelkalar, qo‘llar, oyoqlarning, shuningdek, ovoz
apparatlarining erkin holatda bo‘lishini kuzatib borish.
Nafasni rejaga solish: to‘g‘ri nafas olish malakalari ustida ishlashni
davom ettirish, nafasni ko‘krak qafasiga olinishi hollariga yo‘l qo‘ymaslik.
Olingan chuqur nafasni to‘xtata olish va undan kuylash uchun tayanch
hosil qila bilish. Ayniqsa yuqorigi va pastgi notalarni kuylaganda nafasdan
tejamli foydalanish