128
Haykaltaroshlik bajaradigan vazifasi va mazmuniga ko‘ra
bir necha
turlarga
ham
bo‘linadi:
monumental
haykaltaroshlik,
bezak
haykaltaroshligi, mayda haykaltaroshlik kabilar. Me’morlik san’ati bilan
bilan bog‘liq bo‘lgan monumental haykaltaroshlikga muhim tarixiy
voqealar, atoqli shaxsla xotirasini abaiylashtirish maqsadida o‘rnatilgan
monument yodgorliklar kabilar misol bo‘la oladi. Monumental
haykaltaroshlik asarlari uzoqdan ko‘rishga mo‘jallanganligi sababli, kata-
katta yaxlit shakllardan krng foydalaniladi,
odam yuzidagi mayda
unsurlar, kiyimdagi buklanishlar, mayda qismlar ko‘rsatilmasligi mumkin.
Bezak haykaltaroshligiga bog‘lar, xiyobonlar, me’moriy binolarning
devorlarini bezash uchun ihlatiladign turli bezak haykallari kiradi. Kichik
shakllar haykaltaroshligi o‘z xarakteriga ko‘ra amaliy bezak san’atiga yaqin
turadi. Bunga stol ustiga qo‘yiladigan sopol, chinni va boshqa xom
ashyolardan ishlangan , hajm jihatidan bir muncha kichik bo‘lgan
haykallar kiradi.
Ko‘p asrlar ilgari odamlar o‘z uylarining devorlarini har xil bezaklar
bilan faol ravishda bezashgan. Bu tosh yoki yog‘och o‘ymakorligi bo‘lishi
mumkin. Biroq, ular orasida barelyef
har doim eng nozik va eng
hashamatli hisoblanib kelgan. Barelyef bu- devor sirtidan bir muncha
yuqoriga bo‘rtib chiqadigan hajmli dekorativ element. Bu odamlar yoki
hayvonlarning figuralari, o‘simliklar, naqshlar, uy- ro‘zg‘or
buyumlari,
afsonaviy mavjudodlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda ham
zamonaviy arxitekturada binova inshootlarning devorlarini bezashda
barelyef elementlaridan keng foydalanib kelinmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yirik badiiy yodgorlik
haykallar barpo etildi, ularda ajdodlarimizning yorqin qiyofalarini
yaratishga erishildi. Bu davrda haykaltaroshlikda yaratilgan asarlarning ilk
namunasi O‘zbekiston milliy bog‘ida
joylashgan Alisher Navoiy
(haykaltaroshlar E. Aliyev, N. Banzeladze, V. Degtyarov, 1991) haykalidir.
O‘zbekiston haykaltaroshligida o‘ziga xos ijodiy uslubga ega bo‘lgan
T.Tojixo‘jayev (“Alisher Navoiy”, “Ulug‘bek”, “Mashrab”, “Furqat” kabi
buyuk siymolar hamda “Kurash”, “Raqs”, “Chavandoz” kabi asarlar), D.
Ro‘ziboyev(“Navro‘z
malikasi”,2000),
J.
Quttimurodov
(“Ayol”,
“Amudaryo”, “Oqqush”, “Avesto” turkumi va boshqalar), J. Mirtojiyev
(“Bobur-Vatan sog‘inchi”, “Sayyoh Bobur”,”Temur Malik”, “Behzod”) va
boshqa haykaltaroshlar samarali ijod qilmoqdalar.
Hozirgi kunda zamonaviy haykaltaroshlik turi sifatida interyer-
eksteryerda, turli kartinalar ko‘rinishida relyefli haykaltaroshlik
rivojlanmoqda. Bu yo‘nalishda bir qancha ustalarimiz samarali ijod qilib
kelmoqdalar.
Xulosa o‘rnida
shuni aytish mumkinki, milliy madaniyatimiz va
milliy meroslarimizni yoshlarga targ‘ib qilish va ulara tasviriy san’atga
129
bo‘lgan qiziqishlarini orttirirish orqali kelgusi avlodga o‘z san’atimizni
yetkazish imkoniyatimiz mavjud bo‘ladi. Tarixsiz kelajakni tasavvur
qilishimiz qiyin albatta. Tarixda tasviriy san’atni rivoji uchun o‘z hissasini
qo‘shgan olimlarimiz ishlarini mukammal organishlik va kelgusi avlodga
yetkazish yoshlarimizni san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga
va qadrlab, e’zozlab, davom ettirishga sabab bo‘ladi.