134
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Bulatov S.S., Jabborov R.R.
Tasviriy san’at asarlarining falsafiy va
psixologik taxlili (Monografiya). – T.: Fan va texnologiya, 2010. – 80 b.
2.
Abdirasilov.S “Tasviriy san’at va o‘qitish metodikasi” Toshkent - “Fan va
texnologiya” – 2012
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA
TO‘GARAKLARINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK
XUSUSIYATLARI
Hamrayeva Umida Shonazarovna
O‘zbekiston-Finlandiya
pedagogika
instituti
“Musiqa ta’limi” kafedrasi o‘qituvchisi
Sayfitdinov Jamoliddin Fazlitdinovich
O‘zbekiston-Finlandiya
pedagogika
instituti
“Musiqa ta’limi va san’at” yo‘nalishi magistri
Annotatsiya
. Maqolada umumta’lim maktablari musiqa madaniyati darslarida milliy
madaniy va musiqiy merosimiz namunalari hisoblangan “folklor” san’ati va ularda ilgari
surilgan g‘oyalarning tarbiyaviy jihatlarini hamda shaxs kamolotidagi ahamiyati, dars faoliyati
jarayonida keng targ‘ib qilishning ilmiy pedagogik xususiyatlarni ochib berilgan.
Kalit s
o‘
zlar:
umumta’lim maktablari, musiqa darslari, folklor qo‘shiqlari pedagogik
xususiyatlar
.
Bugungi kunda jamiyatimizni isloh qilishda ta’lim-tarbiyada vujudga
kelayotgan
dolzarb
muammolar,
yosh-avlodning
ma’naviyatini
yuksaltirish, ayniqsa o‘quvchilarni musiqa san’ati asosida tarbiyalash
orqali ularning ongini zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilish masalalariga
katta e’tibor qaratilmoqda. Har qanday millatning tafakkuri, turmush tarzi,
ma’naviy dunyoqarashlari o‘z - o‘zidan shakllanib qolmaydi. Ularning
shakllanishi va rivojlanishi uchun aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy vositalar
asos bo‘ladi. Ajdodlarimizning ma’naviyati aynan shu zaminda, tarixda
ham, bugungi kunda ham butun dunyo ahlining e’tiboraini va havasini
tortib kelayotgan olijanob insoniy va ma’naviy fazilatlar asosida
shakllangan.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, sinfdan va maktabdan tashqari
musiqa mashg‘ulotlari orqali yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash uchun
bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga loyiqdir.
Har qanday mamlakatning kelajagi milliy kadrlarning intelektual
salohiyati, malakalari va kasbiy mahorati, ma’naviy yetukligi va tarixiy
xotirasining mustahkamligiga bog‘liq bo‘ladi. Umumta’lim maktablari
135
musiqa to‘garaklarida o‘rgatib kelinayotgan milliy musiqiy merosimiz
o‘quvchi-yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirishda muhim omil hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san
ʼ
at
sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g
ʼ
risida" gi PQ-112 Qarori [1] hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa
me
ʼ
yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi oliy ta
ʼ
lim muassasalari
musiqa ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari
oldiga qator muhim vazifalarni qo‘yadi. Shu ma’noda bugungi zamonaviy
sharoitda musiqa ta’limi o‘qituvchisining pedagogik faoliyati va
vazifalarining murakkabligi oshib bormoqda. Bugungi kunda tor doiradagi
yangi mutaxassis emas, balki malakali, pedagogik madaniyati, boy shaxsiy
va ijodiy salohiyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchini sifat jihatidan yangi
shakllangan musiqa ta’limi o‘qituvchisini tayyorlash muammosi ayniqsa
dolzarbdir. Uning faoliyati samaradorligini faqat yuqori darajadagi kasbiy
va pedagogik mahorat bilan ta’minlash mumkin. Bunda oliy ta’limda
muassalari musiqa ta’limi yo‘nalishida o‘qitilayotgan barcha fanlarning
salmog‘i katta. Shu jumladan “Musiqa to‘garaklarini tashkil etish” fani o‘z
oldiga yuqorid keltirilgan maqsad va vazifalarni qo‘yadi. Maktabda
musiqa
to‘garaklarini
tashkil
etish
o‘quvchilarning
ijodkorlik
qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham
o‘quvchi-yoshlarni har jihatdan komil inson va aqqli qilib tarbiyalashda,
ularning
bo‘sh
vaqtlarini
mazmunli
o‘tkazishda
ham
musiqa
to‘garaklarining ahamiyati katta. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan o‘quvchi-yoshlar ijodkorligini
shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, musiqa
san
ʼ
ati turlari bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari borasida tavsiya
etilgan 5 muhim tashabbusning «1-tashabbus Yoshlarni musiqa, rassomlik,
teatr va san
ʼ
atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, qobiliyatlarini
nam oyon qilishni ta
ʼ
minlash choralari» ni ko‘rish [2] kabi qator vazifalar
belgilab berildi. Umumta
ʼ
lim maktablarida tashkil etilgan musiqa
to‘garaklariga o‘quvchilarinikeng jalb etish va musiqa to‘garaklarining
soni va sifatini kengaytirish lozim. Umumtalim maktablarida “Cholgu
ijrochiligi”, «Xor bo‘lib kuylash», «Xalq cholg
ʼ
u asboblari to‘garagi»,
«Vokal ijrochiligi», “Ashula va raqs”, «Аn
ʼ
anaviy xonandalik», «Estrada
xonandaligi», «Folklor jamoasi», «Teatr» kabi musiqa togaraklarini tashkil
etish va ularni har jihatdan samarali olib borish kompetensiyalarini musiqa
talimi yonalishida tahsil olayotgan talabalarda shakllantirish ushbu
“Musiqa togaraklarini tashkil etish” fanining asosiy maqsad va
vazivafalaridan sanaladi [3]. Yosh-avlodni bilimli qilib tarbiyalash,
ayniqsa, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va kasbga yo‘naltirilgan holda
maqsadli tashkil etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri
hisoblanadi. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan tavsiya etilgan
136
«Yoshlarni musiqa, rassomlik, teatr va san
ʼ
atning boshqa turlariga
qiziqishlarini oshirish, qobiliyatlarini namoyon qilishni ta
ʼ
minlash» ga
qaratilgan 5 ta tashabbusning birinchisi sifatida e
ʼ
tirof etilishi, joylarda
o‘quvchi-yoshlarni musiqa san
ʼ
ati turlariga bo‘lgan qiziqishi bo‘yicha
ijodkorligini qo‘llab-quvatlashga qaratilganligi o‘ta muhimdir. Hozirgi
kunda musiqa san
ʼ
atini inson tarbiyasidagi roli ortib bormoqda.
Yoshlarimizni ma’naviy yetuk, komil inson etib tarbiyalashda
maktablar bilan birga darsdan tashqari to‘garaklar faoliyati shak-
shubhasiz katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. O‘smirlarning to‘garak orqali
hayotga qiziqishi, his-tuyg‘ularining o‘sib borishi, atrof-muhitni kuzatish
qobiliyatining o‘sishida musiqa san’ati muhim o‘rin tutadi. Boshqa san’at
turlariga nisbatan musiqa san’ati estetik tarbiyaning muhim tarbiyaviy
qismidir. Estetik tarbiya go‘zallikni his qilish va tushunish tarbiyasi
demakdir. Estetik tarbiyada darsdan tashqari olib boriladigan musiqa
san’ati mashg‘ulotlari o‘ziga xos, alohida o‘tkir ta’sirchanlikka ega
bo‘lganligi sababli maorifchilarning e’tiboriga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Musiqa san’atining turli sohalarini qamrab olgan holda musiqa
to‘garaklarini tashkil etish o‘z oldiga muhim maqsadlarni qo‘yadi. Milliy
ta’lim va tarbiyaga asoslangan musiqa to‘garaklari o‘z mazmunida
insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g‘urur, axloqiy va umuminsoniy
fazilatlarni mujassam etishi bilan jamiyat rivojida ustuvor ahamiyat kasb
etadi. Hozirgi kunda milliy ta’lim va tarbiya oldidagi eng muhim
maqsadlardan biri ham o‘quvchi-yoshlarda milliy ong va milliy
madaniyatni tarkib toptirishdan iboratdir. Bu esa, birinchi navbatda, ta’lim
va tarbiya ishlarida milliy-ma’naviy qadriyatlardan unumli, oqilona va o‘z
o‘rnida foydalanishni taqozo etadi. Musiqa san’atining tarbiyaviy
ta’sirchanlikka ega bo‘lgan xalq musiqa ijodiyotidan ta’lim tizimida,
xususan, umumta’lim maktablarida dars va darsdan tashqari (turli
madaniy-ommaviy tadbirlar, musiqa to‘garaklari, ko‘rik-tanlovlarga
tayyorgarlik va hokazo) faoliyatlarda keng foydalanishni yanada
kuchaytirish, birinchidan, ta’lim mazmunini boyitsa, ikkinchidan,
ta’limning milliy negizini mustahkamlaydi. Umumta’lim maktablari
musiqa to‘garaklarida xalq musiqa ijodiyotini o‘rganishga e’tibor berish,
ta’limiy va tarbiyaviy faoliyatni pedagogik tashkil qilish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Bugungi kunda maktabda musiqa to‘garaklarini tashkil etish va
ularning sifat va samarodorligini oshirishda maktabda ta’lim-tarbiya
olayotgan o‘quvchi-yoshlar uchun eng zamonaviy texnologiyalar asosida
qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. Musiqa to‘garaklarini
zamonaviy uslubda olib boorish uchun tarbiyaning barcha yo‘nalishlariga
e’tibor qaratilishi, pedagogik faoliyati davomida to‘plagan tajribalardan
unumli foydalanish kerakligini taqazo etadi [3]. O‘quvchilarning musiqiy
137
qobiliyati va unga bo‘lgan dunyoqarashi shu bilan birga ularning estetik
tarbiyasi turlicha bo‘ladi. Musiqa to‘garaklarining tuzulishi, to‘garak
maqsadi, to‘garak mazmuni, didaktik jihatdan o‘ziga xosligi, to‘garak ish
rejasining fan mazmuni bilan bog‘liqligi, o‘quvchilarning yoshi va
imkoniyatiga ko‘ra bir-biridan farq qilinishi lozim. Musiqa to‘garagi
rahbari o‘quvchilarni turli yo‘nalishdagi musiqa to‘garakalariga, ularga
tarbiyaviy ta’sir etuvchi estetik qadriyatlar bilan boyitilgan tarbiyaviy
omillarga boyitilgan to‘garaklarga yo‘naltirishi lozim. O‘quvchilarni milliy
qadriyatlarimizga, onavatanimiz tabiatiga, milliy xalq san’atimizga, badiiy
madaniyatimizga, o‘z tariximizga muhabbat tuyg‘usini rivojlantirib
boorish lozim. Musiqa to‘garaklarida xalq pedagogikasi tayanish, Sharq
mutafakkir-olimlarining dono fikrlaridan, shu bilan birga zamonaviy
bilimlardan foydalanish lozim.
|