140
etiladi. Estetik tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalarda go‘zallikni
tushunish uni his qilish yaxshi va yomonni, badiiy san’at turlarini
farqlay olish va ularga ijodkorona yondashishga yo‘naltirilgandir.
Estetik tarbiyaning eng ko‘zga ko‘ringan omillaridan biri bu –
musiqadir. Bu maqsadlarga erishish
uchun maktabgacha yoshdagi
bolalarning umumiy musiqiyligini rivojlantirish kerak. Bolalarning
umumiy musiqiyligiga nimalar asos bo‘ladi: musiqa bolaning estetik
tarbiya omili sifatida unga go‘zallikni qabul qilish tushunish
qobiliyatlarini rivojlantirish.
Bu masalalarni hal etish uchun umumiy musiqiylikni
rivojlantirish zarurdir.
Musiqiy omillar 3 tamoyilga bo‘linadi:
1.
Musiqaning xarakteri,
kayfiyatini his etish, musiqaga
emotsional munosabat bildirish ( musiqaning ifodaviyligi va
tasviriyligi). Bolada musiqani tinglaganda uning xarakteriga mos
kayfiyatda bo‘lishiga erishish kerak.
2.
Eng yorqin musiqiy obrazli asarni qo‘shiq, taqqoslash va
baho berish. Bunda musiqa ifoda vositalari, musiqiy
asboblar tembrlari,
eshitish madaniyati talab etiladi. Masalan, cholg‘u asboblarning yuqori
va past tembrlari (skripka – alt, kontrabas – violonchel va boshqa cholg‘u
asboblar)
3.
Musiqaga ijodkorlik munosabatini bildirish. Har bir bola
biror musiqiy asarni eshitib o‘zicha badiiy tasavvur qiladi va
qo‘shiqda, o‘yinlarda, raqs elementlari bilan hissiy munosabat bildirishi
mumkin. Bu bolalarda ijrochilikning ilk namoyishlari bo‘lishi mumkin.
a) Musiqa – bolalarning aqliy faoliyatining faollashtiruvchi omildir.
b) Musiqa – ahloqiy omil bo‘lib, ma’naviyatning ajralmas qismini
tarkib toptiradi. Musiqadan an’analarga hurmat,
vatanni sevish va
boshqa tarbiyaviy axloqiy fazilatlarni tarbiyalaydi.
v) Musiqa – jismoniy tarbiya omili hamdir.
Musiqa bolalarning his – tuyg‘ulariga bevosita ta’sir qilishi orqali
ularning ma’naviy qiyofasini shakllantiradi. Musiqa san’atining ta’sir
kuchi boshqa – ta’kid va uqtirishlarga nisbatan kuchliroq bo‘ladi.
Bolalarni har xil emoqional – obrazli mazmundagi asarlar bilan
tanishtirar ekanmiz, biz beixtiyor ularni hissiyotlariga ta’sir qilamiz va
ularni kechinmalar olamiga olib kiramiz.
Bolani musiqaviy asarlarni idrok etish to‘g‘risidagi masalaga
to‘xtaymiz.
Idrok san’ati o‘zidan qiyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi,
qaysiki,
intellektual, bilish, emoqional momentlarni birlashtiradi. Musiqa
san’ati asarlarini tushunish masalasi o‘zidan o‘zi kelib chiqishi mumkin
emas. Uni o‘rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissiyotidan
141
boshlanadi. Musiqa asarlarini idrok etish emoqional jonkuyarlikni vujudga
keltiradi. Bolaning bu holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok
asosida emotsiyalarning paydo bo‘lishidir. Bolalarda asarni tushunib qabul
qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur.
Musiqani idrok etish ilk bolalardan shakllanadi. To‘plangan
emotsional musiqaviy taasurotlar qo‘shiq aytishga,
musiqa asboblarini
chalishga, badiiy xalq qo‘shiqlaini aytishga olib keladi.
Hissiyot, eshitish, idrokning rivojlanishi asosida bolalarda musiqaviy
taasurotlar to‘plana boshlaydi. 7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab
fikr yuritadi. Biz bola oldiga musiqani idrok etishninng payida bo‘lishi
vazifasini qo‘yamiz. Keyin esa tashqi ta’sir etish orqali musiqaviy
taasurotlarni yig‘indisi vazifasini.