142
Pedagog bolalarda aktiv faoliyatni vujudga keltirish uchun obrazli
va she’riy so‘z orqali ashula, o‘yin, eshitish uchun pesa syujetini yoritadi,
bolada paydo bo‘ladigan xayolni qo‘zg‘aydi, obrazlarni chaqiradi, uni
syujet asosida fikrlash harakati musiqa asarini dasturiga jalb qiladi.
SHunday yo‘nalishdan keyin musiqani idrok etish bolada emotsional
tushunarli bo‘ladi.
So‘z orqali natijani ifodalash va asarga baho berish musiqa
rahbarining mohir rahbarligi ostida asta – sekin badiiy – musiqaviy
didni paydo qiladi.
Shunday
qilib,
badiiy-musiqaviy
did
quyidagi
jarayonda
shakillanadi:
1.
Musiqa asarini to‘laligicha idrok etish.
2.
Uning ma’nosini tushunib olish.
3.
Agar o‘rinli bo‘lsa, bajarish.
Musiqa janrlari qahramonlik ruhidagi, lirik ohangdagi, quvnoq
yumorni va jo‘shqin raqsona kuylarni o‘ta jiloli tovushlar hamda boy
tembri bilan idrok etishga ko‘mak beradi. Qo‘shiq, raqs va musiqa
qo‘shiq faoliyatlari jarayonida bolalar ruhan birlashadilar hamda
jamoada tarbiyalanadilar. Bolalar individual shakillanishlari uchun ham
ularga jamoada yaxshi muhit yaratilgan bo‘lmog‘i lozim. Ijrosi yaxshi
bo‘lmagan, tortinchoq bolalar o‘z tengdoshlarining ijrosini ko‘rib ruhan
tetiklashadilar va faollashadilar, ularga ergashadilar va yaxshi ijroga
intiladilar. O‘ziga haddan ziyod bino qo‘ygan bolalarga ijrosi sust
bo‘lgan o‘rtoqlariga yordam berishni taklif qilib, ularni kamtarinlikka
o‘rgatish hamda ularning qobiliyatlarini rivojlantirish kerak.
– madaniy sifatlarini Shakllantirish uchun kerakli bo‘lgan shart –
sharoitlarni musiqa mashg‘ulotlari bolalarning umumiy madaniyatiga
ham ta’sir qilmay qolmaydi. Har xil faoliyatlar bilan shug‘ullanish
(musiqa qo‘shiq, qo‘shiq aytish, musiqiy – ritmik harakatlar bajarish,
bolalar musiqiy cholg‘ularida ijro etish) bolalardan diqqatni,
uyushqoqlikni, zukkolikni talab qiladi. Bu faoliyatlar davomida
bolalarda irodaviylik shakllanib, tortinchoqlik yo‘qola boradi. SHu
tarzda musiqiy faoliyatlar bolalar shaxsining ma’naviy ta’minlaydigan
va ularning umumiy madaniy saviyasiga asos soladi.