• IXTISOSLASHGAN SAN’AT MAKTABLARI O‘QUVCHILARIDA CHANG CHOLG‘USI IJROCHILIGI MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH XUSUSIYATLARI Sh.N.Omanqulova
  • Annotatsiya.
  • Kalit s o‘ zlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Adabiyotlar: 
    1.
    S. Abdurasulov, N.Tolipov. “Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi” Toshkent, 
    “Aloqachi”, 2007 yil. 
    2.
    S. Abdurasulov, B.Boymetov. Tasviriy san’at. Toshkent, 2006 yil. 
    3.
    O‘zbekiston Badiiy Akademiyatsi nashri. “O‘zbekiston san’ati” majmuasi. 
    “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh taxririyati. T. 2001. 
    IXTISOSLASHGAN SAN’AT MAKTABLARI 
    O‘QUVCHILARIDA CHANG CHOLG‘USI IJROCHILIGI 
    MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH XUSUSIYATLARI 
    Sh.N.Omanqulova
    O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute, (PhD)
     
    Qodirberganova Dilrabo San’atovna 
    O‘zbekiston-Finlandiya 
    pedagogika 
    instituti 
    “Musiqa ta’lim va san’at” yo‘nalishi magistranti 
    Annotatsiya.
    Bugungi kunda mavjud professional musiqa ta'limi tizimining pedagogik 
    talabiga javob beradigan mahoratli cholg‘uchilarning malakalarini shakllantirish musiqa ta'limi 
    sohasida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar zimmasiga katta ma'suliyat yuklaydi. Shu 
    ma'noda 
    ixtisoslashtirilgan 
    san'at 
    maktablari 
    o‘quvchilari 
    ijrochiligi 
    malakalarini 
    shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularni kasbiy faoliyatga 
    tayyorlash mazmuni maqolada yoritib berilgan.
    Kalit s
    o‘
    zlar: 
    ixtisoslashtirilgan san’at maktablari, o‘quvchi, cholg‘u ijrochiligi, malaka, 
    shakllantirish, pedagogik jarayon, chang cholg‘usi, mashhur changchilar, ijrochilik uslublari.
    Jahonda musiqa juda ham yuqori sur’atda jadallik bilan rivoj topib 
    kelmoqda. Shu jumladan O‘zbekistonda ham butun dunyo musiqa 
    namoyondalariga teng keladigan ustoz sozandalar, juda kuchli operachilar, 
    mahoratli estrada xonandalari bir so‘z bilan aytganda dunyo xalqini lol 
    qoldira oladigan sa’nat olami vakillari juda ko‘pchilikni tashkil etadi. 
    San’at juda ham ko‘p tarmoqli soha bo‘lib aynan bir yo‘nalishiga 


    158 
    e’tiborimizni qaratsak. Bu yo‘nalish cholg‘uchilik ya’ni xalq cholg‘ularida 
    ijrochilik yo‘nalishini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. 
    Shuning uchun davlatimiz rahbari “O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rata 
    maxsus ta’lim vazirligining o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi 
    faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”
    19
    2018 yil 3-fevralidagi PQ 3504- 
    sonli qarori bilan san’at va ma’daniyat kollejlari bitiruvchilariga davlat 
    namunasidagi diplom beriladigan, ixtisoslashtirilgan sa’nat va ma’daniyat 
    maktablari hamda maktab-internatlariga aylantirilgan. 
    Ixtisoslashtirilgan san’at maktabining turli xil mutaxasisliklardagi 
    bo‘limlari mavjud bulardan misol uchun “O‘zbek xalq cholg‘u asboblarida 
    ijrochilik” bo‘limi bo‘lib bu bo‘limda o‘quvchilar turli xil milliy 
    sozlarimizni jahon musiqa talabiga javob bera oladiga holatda ijro etish 
    texnikalarini o‘rganishadi. Bu bo‘limda o‘rganiladigan milliy cholg‘u 
    sozlarimizdan biri chang cholg‘usidir. 
    Chang cholg‘usi o‘zbek xalqining musiqa merosidagi eng muhim 
    san’at durdonalaridan biri hisoblanadi. O‘zbek musiqa san’atida chang 
    cholg‘usining o‘rni beqiyos. Jumladan Abu Nasr Al – Farobiy (873-971) 
    “Kitob al _musiqiy al Kabr” (Musiqa haqida katta kitob) risolasida 
    cholg‘ularga, xususan chang, rubob, nay, doira kabi cholg‘ularga alohida 
    o‘rin ajratadi. Ayniqsa XVII asrning mashhur cholg‘uchisi va musiqiy 
    nazariyotchisi Darvesh Ali Changiy soz va sozandalarni ularning ijrochilik 
    san’atini o‘z risolasida tarannum etgan. Shuningdek, ulug‘ san’atkor – 
    shoir chang sozi xalq ommasi orasida sevib ijro qilinganini, 
    qadrlanganligini, ijrochilar tomonidan yuksak mahorat namoyish 
    etilganini qayd etishgan.[1] 1930- yillar o‘zbek musiqa madaniyatida har 
    tomonlama kurtak yoza boshlagan davr bo‘ladi. 1934-yilda O‘zbek davlat 
    filarmoniyasi, 1936- yilda Toshkent davlat Konservatoriyasi hozirgi 
    O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va boshqa ko‘pgina madaniyat, san’at 
    muassasalari tashkil etildi. O‘zbek xalq cholg‘ulari qatorida chang sozining 
    qaytadan yasalishi, takomillashtirilishi, natijada oilaviy turlarning 
    yaratilishi – O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, professor Ashot 
    Ivanovich Petrosyansning xizmatlari beqiyos [1]. Chang cholg‘usini 
    takomillashtirish natijasida jahondagi barcha xalqlar musiqa madaniyatini 
    hamda professional musiqa ijodiyotidan bahramand bo‘lish imkoniyati 
    tug‘ilgan.[2] Hozirgi kunda Chang sozining bir necha turlari mavjud bular: 
    1- Chang pikkola, 2- Chang prima, 3- chang tenor, 4- chang bas. Bugungi 
    kunda chang sozining Primasi keng miqiyosida foydalaniladi. Chang 
    musiqiy cholg‘usining ko‘rinishi trapetsiya shaklida bo‘lib, unda 75 ta sim 
    bor, xramatik tovush qatorda sozlanadi. Chang cholg‘usi ikkita 
    bambukdan yasalgan tayoqcha yordamida ijro etiladi. Bugungi kunda 
    19
    O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rata maxsus ta’lim vazirligining o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi 
    markazi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” 2018 yil 3-fevralidagi PQ 3504- sonli qaror. Lex.uz 


    159 
    chang cholg‘usining imkoniyat darajasi yuqori, shuning uchun chang 
    cholg‘usida skripka, balalayka, simbala, malini, santur, simbala, hattoki 
    fortepianoning o‘ng qo‘l partiyasini chalish imkoniyati ham mavjud, bir 
    so‘z bilan aytganda chang cholg‘u asbobida yuqori texnikali asarlarni ham 
    bemalol ijro etish mumkin. 
    Chang cholg‘usida turli xil shtrixlar mavjud misol uchun 1- 
    cho‘pning orqa tomoni bilan urib chalish. 2- glissando yani cho‘pning orqa 
    tomoni bilan simlar ustida sirg‘antirib belgilangan notagacha olib borish. 3- 
    yana bir oddiy usul changda oddiy zarb holatida chalish. 4- chang 
    cho‘plarini ushlagan lekin ishlatmasdan barmoqlarning uchi bilan mayin 
    pizz holatida chalish ya’ni ohista tirnab ijro etish. 5- changda vibrato qilib 
    chalish bunda bir qo‘ldagi chang cho‘pining orqa tomoni bilan tirnalib 
    ikkinchi qo‘limizning uchki qismi bilan shu simning boshlanish qismini 
    tebrantiramiz. 6- yana bir shtrix tayoqchalarning biri bilan tirnab chalish, 
    biri bilan esa urib chalish. Ijro jarayonida shtrixlarni kuylarning 
    xarakteridan kelib chiqqan holatda qo‘llaymiz, ijrochining mahorati va 
    fantaziyasi orqali turli xil shtrixlar o‘ylab topib ijro etish ham mumkin. 
    Chang asbobi xramatik tovush qatorda sozlanadi uning diapazoni 
    ya’ni ovoz hajmi kichik oktava G dan 3- oktava G# gacha. 1- oktavadagi sol 
    va re notalari yani xarrakning o‘ng tomoni va xarrakning chap tomoni 
    kvinta intervalini tashkil etadi. 
    Keyingi 2- oktava sol diyezdan keyin xaraklarning o‘ng tomoni va 
    chap tomoni oralig‘i kichik sekunda intervalini tashkil etadi. Ya’ni chap 
    tomon lya notasi bo‘lsa o‘ng tomoni si bemol notasini. 
    Chang cholg‘usi orkestr va ansambllarda solist vazifasini bajaradi va 
    chang cholg‘usiga orkestrda murakkab partiyalar beriladi. Chang 
    cholg‘usida ijro dasturlari xilma xil, aynan ixtisoslashtirilgan san’at 
    maktabi o‘quvchilari birinchi texnik imtihonda bitta etyut, bitta gamma 
    parallel minori bilan, har xil shtirixlar ijro etiladi. 2- bosqich imtihoni 
    Akademik imtihon deb nomlanib unda bitta oddiy asar bitta maqom 
    asarlaridan chalish lozim. Undan keyin yarim yillik yil yakuni uchun bitta 
    konsert va maqom asarlaridan ijro etishadi. Keyingi ikkinchi yarim yillik 
    ham shu tarzda imtihonlar o‘tkaziladi. 2- bosqich o‘quvchilari yilning 
    yakunida bo‘ladigan davlat imtihonlariga tayyorlanishadi. 
    Davlat imtihoniga qadar turli xil konsertlar, imtihon oldi eshituvlari, 
    texnik imtihonlar o‘tkaziladi. Davlat imtihonning 4 ta majburiy turdagi 
    asarlari mavjud, bular yirik shakldagi asar, oddiy pyessa, ijrochining 
    mahoratini ko‘rsatish uchun texnik asar va bitta o‘zbek mumtoz 
    asarlaridan bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. 
    Ixtisoslashtirilgan san’at maktablarida darslar yakka tartibda olib 
    boriladi. 1- bosqich o‘quvchilariga darslar bir hafta davomida 4 marotaba 
    o‘tiladi, uning bittasi o‘qituvchi bilan keyingi ikkitasi jo‘rnavoz 


    160 
    hamrohligida ijro etiladi. 2- bosqich o‘quvchilariga dars haftasiga 3 
    marotaba bo‘lib uchalasi ham deyarli jo‘rnavoz bilan ijro etiladi, chunki 
    ular yil yakunidagi davlat imtihoniga hozirlik ko‘rishadi. 
    Ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilarining hammasi ham bir 
    xil darajada qobiliyatli emas, ko‘p yillik tajribalarim natijasida ko‘pchilik 
    o‘quvchilarda “ritm” his qilmaslik muammosi uchraydi. Aynan shunday 
    o‘quvchilar uchun men “hayol va qadam” nomli metod yaratdim, bunga 
    ko‘ra o‘quvchi his qilib ijro eta olmayotgan nota cho‘zimini hayolida 
    gavdalantirib, ichki ovoz bilan sanab oyoq qadamini shunga ko‘ra 
    tashlaydi. Bu mashqni o‘quvchi kun davomida bajarishi mumkin. Bu 
    yaratgan metodimni o‘quv jarayoniga tadbiq etib bormoqdaman natijasi 
    ham sezilarli darajada bo‘lmoqda. 
    Yana bir muammolardan biri o‘quvchilarda ijrochilik texnikasi 
    yetishmasligi muammosi uchraydi. Shu o‘rinda ushbu muammoli 
    o‘quvchilar uchun bir nechta tavsiyalarni keltiramiz. Texnikani oshirish 
    uchun va ijroni sifatini ta’minlash uchun ko‘proq xramatik gammalar ijro 
    etish, tersiya, oktava, kvarta, kvinta tovush qatorida gammalar ijro etilsa 
    o‘quvchining ijrosida o‘sishiga olib keladi. Chang cholg‘usini to‘g‘ri va 
    aniq sozlash eng muhim vazifa hisoblanadi. Hattoki chang sozi 
    cholg‘ularning “qiroli” ya’ni boshi deb ham yuritiladi, bunga sabab chang 
    cholg‘usida ijro etish murrakkabligi va cholg‘uning yoqimli ovozi 
    mavjudligidir. 
    Qadimda chang cholg‘usidan tabobatda ham keng foydalanishgan. 
    Buxoroda (XVI asr) Shayboniylardan bo‘lgan Abdulloxning zamondoshi 
    Xo‘jai Kalon (buyuk xo‘ja Shayx Xo‘ja Sad) og‘ir dardga giriftor bo‘ladi. 
    Tabib sulton Muhammmad uni davolab, kasalni yengishda chang 
    mashqlarini eshitishni ta’vsiya etadi. Xo‘ja Sa’d Darvesh Alini huzuriga 
    chorlaydi Darvesh Ali uch oy davomida Sa’d qoshida chang chaladi. Xo‘ja 
    butunlay tuzalib ketadi [3] Nafaqat chang boshqa asboblarni mahorat bilan 
    ijro etish ham inson ruhiyatiga ozuqa bo‘la oladi. Ana shunday mahoratli 
    changchi sozandalardan F.Xarratov, R.Negmatov, A.Odilov, professor 
    A.Lutfullayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist K.Shermatov, 
    D.Mutalov, birinchi ayol changchi Fazilat Shukurova. Samarqand 
    ixtisoslashgan san’at maktabi oliy toifali o‘qituvchilari Jobirov Ismoil 
    Aliyevich, Salohiddinova Nazira kabilarni misol qilishimiz mumkin. 
    Musiqa ta’limida o‘qituvchi bolani dunyoga keltirgan ota-onasi 
    qatori kichikligidan boshlab oson bo‘lmasada, go‘zal kasb-hunarni 
    o‘rgatadi [2] Agar biz jonkuyarlik bilan o‘z vazifamizni bajarsak, bizdan 
    keyingi avlod ham ustozlarimizdek va bizdek jonkuyarlik bilan o‘z 
    ishlarining ustalariga aylanishadi. Musiqa o‘qituvchisi oldida turgan asosiy 
    vazifalar - o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, uning fe’l 
    atvori va imkoniyatini aniqlash, uni qiziqtirish, uni musiqiy qobiliyatini 


    161 
    rivojlantirishning eng oqilona yo‘llarini topishdan iborat [4]. O‘quvchining 
    ijrochilik malakasi rivoj topishi uchun yana bir muhim jihati ijrochi uchun 
    unga qobiliyat darajasiga mos asar tanlay olish o‘quvchining ijrochilik 
    malakalarini yanada shakllantirishga xizmat qiladi. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish