166
qishloqlarimiz obod bo‘lishi, eski
uylar zamonaviy uylar bilan
almashtirilishi shart, ammo ularni turlicha qilish, dizayn jihatdan yanada
takomillashtirish,
milliy
koloritni
ta’kidlashimiz,
milliy
san’at
elementlaridan o‘z o‘rnida samarali foydalanishimiz uchun aqlimiz,
salohiyatimiz va mablag‘imiz yetarlidir.
Istalgan sohani malakali kadrlar bilan tahminlanishi hech qachon
kun tartibidan tushmaydigan masalalardan biridir. Tasviriy san’at
darslarini
o‘tish
uchun
o‘quv-metodik
adabiyotlar
bilan
tahminlanganligimizni qisman qoniqarli deyish mumkin, ammo ular
asosida zamon talabida ishlaydigan tasviriy san’at bo‘yicha
maxsus
tayyorlangan maktab o‘qituvchilarimiz soni ko‘p emaski, bu so‘nggi yillari
mazkur masalaga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi bilan bog‘liq.
So‘nggi o‘n yil ichida oliy ta’lim muassasalarida ushbu yo‘nalish bo‘yicha
o‘qigan pedagog kadrlar son jihatidan ham, sifat (kasbiy malaka) jihatidan
ham xalq ta’limi ehtiyojini qondira olyapti deyish qiyin. Umumiy o‘rta
ta’lim maktab o‘quv yuklamasida mazkur fanga ajratilgan soatlar ko‘p
bo‘lmaganligi sababli oliy ta’lim muassasalarida ham tasviriy san’at
yo‘nalishiga qabul kvotasi kam ajratiladi. Bu fanga biroz o‘zgacha
munosabatda bo‘lingani uchun (asosiy fanlar sirasiga kirmaydi) tasviriy
san’atdan dars berayotganlarning ma’lum qismi o‘zga soha, yo‘nalish
egasi, yahni, nomutaxassislardir. Ba’zi hollarda tasviriy san’at bo‘yicha
diplomga ega mutaxassis boshqa fandan dars beradi.
“O‘zi yonmayotgan odam o‘zgani yoqa olmaydi”, deyilganidek,
sohaning egasi bo‘lmagan odam o‘quvchilarga zamon talabi darajasida
bilim bera olmaydi va, ko‘pincha, o‘quvchilarda tasviriy san’atga mehr,
qiziqish, havas uyg‘otishni uddalamaydilar, tasviriy san’at asarlarini
badiiy idrok etish hissini shakllantira olmaydilar. Muammoning eng nozik,
og‘riq joyi ham Shunda. Tasviriy san’at bo‘yicha respublikamizda o‘z
ilmiy,
ijodiy maktabini yaratgan, yurtimizni xalqaro hamjamiyatga
munosib taqdim eta oladigan olimlarimiz sanoqli (yoki yo‘q hisobda)
bo’lib, borlari ham ulug‘ yoshda, ularning ishini yuqori saviyada davom
ettiradigan yosh, yetuk olimlar afsuski, hozirgi vaqtda uchramayapti.
Vaholanki, tasviriy san’at ijtimoiy hayotimizdan o‘ziga xos munosib
o‘rin egallamas ekan, soha vakillariga, ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim
maktablardagi tasviriy san’at fani o‘qituvchilariga Shunga yarasha
munosabat o‘zgarishsiz qolaveradi. Shu bois o‘qituvchilar
orasida ham
ushbu yo‘nalish egalarining reytingi past, chunki ularga aholi, ota-onalar
kamdan-kam holda murojaat qiladi.
Rasm chizish qo‘lidan keladigan, tasviriy san’at sirlarini o‘zgalarga
kasbiy-pedagogik
nuqtai
nazardan
yuqori
darajada
o‘rgata
oladiganlarning ko‘pchiligi turli korxonalardan buyurtma olib yoki
shartnoma asosida ishlaydi. Yana bir qismi o‘zi yaratib yoki taniqli rassom
167
asarlarini nusxasini yasab,
tirikchilik qiladi, ammo o‘ziga raqobatchi
bo‘ladiganlarni ko‘paytirmaslik, sirini oshkor qilmaslik uchun tajriba va
mahoratini o‘zgalarga ulashmaydi, yahni shogird olmaydi.
Barkamol avlod markazlarida tashkil etilgan pulli to‘garaklarda ham
joy, mablag‘ va yaxshi kadrlar yetishmasligi kabi muammolar bor. Bu ham
tasviriy san’atga iqtidori bor bolalarni yoshlikdan yaxshi rassom sifatida
shakllantirishda salbiy ta’sir qilmoqda.
Navbatdagi muammolardan biri ommaviy axborot vositalarida
tasviriy san’at asarlarining yetarli darajada targ‘ib qilinmayotganligi
hamdir. Globallashuv davrida barcha davlatlarda kuzatilishi muqarrar
bo‘lgan ayrim salbiy holatlar bizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q, jumladan,
yoshlar uchun yangi avlod uchun hayotiy qadriyatlar ichida ma’naviy
boyliklarga nisbatan moddiy ta’minlanganlikning
ustunligi, unga “tobe
bo‘lish” illatining o‘ziyoq qadriyat sifatida qadrlanishga loyiq tasviriy
san’atga bo‘lgan munosabatning susayishiga olib kelmoqda.
Hamyurtlarimizning aksariyatida san’at asarlariga bo’lgan o’tkir
ehtiyoj sezilmaydi, chunki aholi ongida tasviriy san’at namunalaridan
estetik zavq olish madaniyati (hozircha) yetarli darajada shakllanmagan.
Zero, tasviriy san’at asarlariga bo‘lgan ehtiyoj buyruq yoki qaror bilan
yuzaga kelmaydi. Uning zamirida shaxsning umummadaniy saviyasi,
ma’lumoti, bilim darajasi, badiiy didi yotadiki, bu jihatga yetarlicha e’tibor
berilmasligi me’yoriy holat emas.