• Junaydova Malohat Hasan qizi Buxoro davlat pedagogika instituti, Musiqa ta’limi yo‘nalishi talabasi Annotatsiya
  • Kalit s o‘ zlar
  • BADIIY TO‘GARAKLARDA TALABALARNI G‘OYAVIY-




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    BADIIY TO‘GARAKLARDA TALABALARNI G‘OYAVIY-
    ESTETIK TARBIYALASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK 
    XUSUSIYATLARI 
    Alayeva Zarnigor Maxmudovnav 
    Buxoro davlat pedagogika instituti, Musiqa va 
    tasviriy san’at o‘qituvchisi 
    Junaydova Malohat Hasan qizi 
    Buxoro davlat pedagogika instituti, Musiqa ta’limi 
    yo‘nalishi talabasi 
    Annotatsiya: 
    O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining 
    buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy g‘oyamizning har bir 
    O‘zbekistonlikning mustahkam e’tiqodida, mehnatga, kelajakka bir-biriga munosabatlarida 
    ustuvor namoyon bo‘lishiga, ma’naviyatning yengilmas kuchga aylanishiga erishish – pirovard 
    maqsadimizdir. 
    Kalit s
    o‘
    zlar: 
    Musiqa, rassomlik, insoniyat, ommaviy madaniyat, nazariy fikrlar, 
    ko‘pqirrali, metodik materiallar, mafkuraviy, g‘oyaviy-estetik. 
    Ma’naviyat haqida har qancha da’vatlar, muhim nazariy fikrlar 
    bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib 
    bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o‘ylangan 


    171 
    tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko‘zlagan maqsadga 
    erisholmaymiz, ya’ni, inson qalbiga yo‘l topolmaymiz. 
    Shuning uchun ham biz bugungi kunda ta’lim tarbiya sohasidan 
    boshlab, matbuot, televidenie, internet va boshqa ommaviy axborot 
    vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik,va haykaltaroshlik 
    san’atigacha, bir so‘z bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga 
    bevosita ta’sir o‘tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning 
    ma’naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, 
    yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur. 
    XXI asr insoniyat tarixiga globallashuv asri bo‘lib kirdi. 
    Globallashuv-obyektiv tendensiya. Ayni paytda u ko‘pqirrali va ziddiyatli 
    hodisadir.Unda ijtimoiy taraqqiyotga ko‘maklashuvchi ulkan beqiyos kuch 
    bilan bir qatorda ommaviy madaniyat niqobidagi ba’zi bir nohush 
    xodisalarning, aksilmadaniyat(konturkultura) ning tarqalish xavfi hamda 
    xalqlarning rang-barang ,boy ma’naviy-madaniy hayotning bir xillashuvi, 
    milliy o‘zligini anglashining o‘tmaslashuvi, milliy va moddiy-ma’naviy
    nigilizmning o‘sish xavflari ham yashirin. 
    Muhtaram 
    prezidentimiz 
    Sh.M.Mirziyoyev 
    ham 
    alohida 
    ta’kidlaganidek, 
    “Bugungi 
    kunda 
    yon-atrofimizda 
    diniy 
    eksterimizm,terrorizm giyohvandlik, odam savdosi,noqonuniy migratsiya 
    “ommaviy madaniyat” degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib 
    borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu so‘zlarning chuqur ma’nosi va 
    ahamiyati yanada yaqqol ayon bo‘ladi. 
    Haqiqatdan ham, xozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z 
    dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib 
    qolmoqda’’. 
    Shuningdek, ”Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlanlantirish chora 
    tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarorining 2017-2021 yillarda oliy 
    ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini joriy etish bo‘yicha chora-
    tadbirlar kompleksining VI-bandida “Oliy ta’limning ma’naviy-ahloqiy 
    takomillashtirish va tarbiyaviy tadbirlar natijadorligini oshirish” alohida 
    ta’kidlab o‘tilgan. 
    Ta’lim muassasalarida talabalarni g‘oyaviy-estetik tarbiyalash 
    falsafasini, metodologik va uslubiy asoslarini takomillashtirish, uni 
    obyektiv baholash mezoni hamda darajalarini ishlab chiqish bo‘yicha 
    tadqiqotlar Seoul National University Centre for Health Systems 
    Research,KOSHA,KASP(Janubiy Koreya) JOICFP, JSHEP(Yaponiya); 
    School of Public Health and Primary Care, Peking Union Medical Collage 
    and School of Public Health(XXP); SOPHE, ERIC, AAPAC, NIH, NHC, 
    NHIC, CAHA, CHHCS, HPRC (AQSH); Database of Internet Resources in 
    Public Health the Department of Health of England, Brington University, 


    172 
    AYPH (Buyuk Britaniya) kabi dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari 
    va ilmiy markazlarida olib borilmoqda. 
    Talabalarni g‘oyaviy-estetik tarbiyalash, ularning mafkuraviy 
    sog‘lomlik haqidagi bilimlardan xabardorligini oshirish maqsadida 
    Koreyada yoshlar madaniy turmush tarziga oid o‘quv-dasturiy va metodik 
    materiallar yaratilgan, talaba va o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzi 
    bo‘yicha salomatlik reytinglari aniqlangan(JOICFP,JSHEP); yoshlar 
    tarbiyasi va farovonligini ta’minlash, o‘zgarishlarni tahlil qilish dasturi 
    ishlab chiqilgan.
    Respublikamiz mustaqilligi bois talabalarni tarbiyalashda milliy 
    g‘oya, g‘urur, iftixor ustuvorligi ijtimoiy buyurtma sifatida kun tartibiga 
    qo‘yilmoqda. 
    Darhaqiqat, 
    milliy 
    g‘oyaga 
    mustahkam 
    sadoqat 
    vatanparvarlik, 
    mehnatsevarlik, 
    mehr-shavqat, 
    sahovat, 
    ma’naviy 
    go‘zallik, mafkuraviy immunitet, yuksak badiiy qadriyatlar uyg‘unligini 
    mujassam qila olgan shaxsda mujassam bo‘ladi. 
    Bugungi kunda oliy ta’lim tizimidagi to‘garaklar mashg‘ulotlarida 
    chetdan bizning yoshlarimiz uchun mutlaqo yot bo‘lgan ma’naviy 
    tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan mafkuralarning talaba yoshlar madaniy 
    ehtiyojlariga tahdidlari mohiyatini ilmiy-nazariy o‘rganish, badiiy 
    havaskorlik to‘garaklari repertuarlariga milliy g‘oya asosiy tushuncha va 
    tamoyillarini singdirish yo‘llarini ishlab chiqish, badiiy to‘garaklarda 
    talabalarni g‘oyaviy-estetik tarbiyalashning pedagogik-psixologik 
    xususiyatlarini asoslash, talabalarni g‘oyaviy-estetik tarbiyalashning uslub, 
    shakl va vositalarini ishlab chiqish, havaskor talabalarda “ommaviy 
    madaniyat”, ”axloqsizlik falsafasi” mafkuralari ta’siriga qarshi mafkuraviy 
    immunitetni shakllantirish vazifalari belgilab berilmoqda. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BADIIY TO‘GARAKLARDA TALABALARNI G‘OYAVIY-

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish