174
bugun paydo bo‘lgan emas. Azaldan ijodkorlikning boshlanishi bo‘lgan
insondagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish masalasi bevosita bolalar
ta’lim-tarbiyasi
bilan
shug‘ullanuvchi
pedagoglarni
ham,
ilmiy
tadqiqotchilarni ham birdek qiziqtirib keladi. Ta’lim va tarbiya, shaxsning
shakllanishi,
qobiliyatlarni
rivojlantirish
hanuzgacha
zamonaviy
pedagogikaning eng dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda. U tadqiq qilinar
ekan, avvalo qobiliyatlar keng ma’noda va badiiy ijodkorlik ayri holda
nimani anglatadi, degan mavzuda juda ko‘plab ruhshunoslar izlanish olib
borishgan va olib borishmoqda. Bular orasida B.M.Teplov, R.S.Nemov,
S.L.Rubinshteyn,
B.G.Ananev,
L.S.Vigotskiy,
A.N.Leontev,
V.S.Kuzinlarning ishlarini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Ularning
izlanishlarida mazmun,
mohiyatni aniqlab olish, qobiliyatlar tushunchasi
tadqiqot qilinadi. Ruhshunos V.S.Kuzin qobiliyatlar haqida quyidagicha
fikr yuritadi: qobiliyatlar deganda, aniq bir faoliyat turini yuqori darajada
bajarishga xizmat qiladigan shaxs sifatlari va xususiyatlari tushuniladi.
Bunday ta’rifga ko‘ra, har qanday qobiliyat qandaydir faoliyat natijasi
bo‘lib, faoliyat talablariga mos keladigan va o‘ziga kerakli sifat va
xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Qobiliyatlar
umumiy va maxsus
qobiliyatlarga bo‘linadi. Insonning barcha faoliyatlarida u yoki bu
darajadagi ko‘rinuvchi qobiliyatlar umumiy qobiliyatlar deyiladi. Maxsus
qobiliyatlar inson faoliyatining faqat alohida turlarida (ijodiy, pedagogik
va h.k.) ko‘rinadi. A.Kovalev qobiliyatlarni ikki guruhdan tashqari, yana
uchinchi guruh – amaliy faoliyatga nisbatan qobiliyatlarga bo‘ladi. Ularga
texnik-konstruktiv, tashkilotchilik va pedagogik qobiliyatlar kiradi.
Bunday turlanish asosiga inson qobiliyatlariga o‘zining
talablarini
qo‘yadigan faoliyatlarning uch xil turi: fan, san’at va amaliyot kiradi. Ijodiy
faoliyatlarga tegishli badiiy qobiliyatlarni o‘rganish bilan V.I.Kireenko,
A.G.Kovalev, N.N.Volkov, V.S.Kuzinlar shug‘ullanishgan.
O‘z navbatida ijodiy qobiliyatlar tizimida yana asosiy va yordamchi
xossalarni ham aytib o‘tish mumkin. V.S.Kuzinning fikricha, ijodiy
qobiliyatlarning asosiy xossasiga quyidagilar tegishli:
● kompozitsiya, undagi munosabatlar, voqelikdagi ko‘rinishlardagi
asosiy va xarakterli jihatlarni ilg‘ay olishni ta’minlaydigan
badiiy ijodiy
tasavvur;
● rassom ongidagi yorqin obrazlarni yaratish va uni badiiy obrazga
aylantirishni ta’minlaydigan ko‘rish xotirasi xususiyati;
● ko‘rayotgan va tasvirlanayotgan ko‘rinishga nisbatan hissiyotning
kuchliligi;
● irodaning kuchliligi.
Bolalarning
tasviriy
faoliyatdan
malaka
va
ko‘nikmalarini
shakllantirish omillari T.N.Komarova tomonidan atroflicha ilmiy asoslab
berilgan bo‘lsa, bolalarni rasm ishlash texnikasiga o‘rgatish muammosi XX
175
asr boshlarida V.M.Bexterev, Korrodo Richchi,
Liberti Tedd tomonidan
tadqiq etilgan. Ular bolalar ijodiyotining o‘ziga xos rivojlanishini
ta’kidlagan holda bu jarayonda rasm ishlashga o‘rgatishning zarurligiga
alohida urg‘u berganlar. Liberti Tedd rasm chizishda qo‘l harakatlari
uchun maxsus mashqlar tizimini ishlab chiqqan. Bu mashqlar
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
bu mashqlarni
bolalar bajonidil bajaradilar. U faqatgina geometrik shakllarni chizdirish
bilan cheklanib qolmasdan, balki tabiiy unsurlarni chizdirish va bu orqali
bolalarning ona tabiatga bo‘lgan qiziqishlari, kuzatuvchanliklarini
rivojlantirish lozimligini ta’kidlaydi. P.N.Nikonorova esa o‘z
tadqiqotlari
natijasiga asoslangan holda tasviriy faoliyatda vazifalarni turli materiallar
va texnikada ishlash bolalarning ijodiy tashabbusini uyg‘otishi, fantaziyasi
va tasavvurlarini o‘stirishning muhim sharti ekanligini ta’kidlaydi.