168
Musiqa janrlari ichida eng demokratik va ommaviy xususiyatga ega
bo‘lgan tur - bu xor san‘atidir. U kishilarimizning kundalik hayoti bila
chambarchas
bog‘liq
bo‘lib,
ularni
g‘oyaviy-estetik
jihatdan
tarbiyalaydi.Mashhur musiqa nazariyotchisi, faylasuf, bastakor va sovet
musiqa madaniyati shakllanish davrining asoschilaridan biri B.Asafev
fikricha, xor san‘ati musiqani tushina olish vositasidir. Xor sanati ommani
komunistik ruxda tarbiyalash bilan birga, kishilarni xalq qo‘shiqlari
ijodiyoti
durdonalari sovet, rus va chet el klassik vokal-xor asarlari
namunalari bilan tanishtiradi, ularning ma‘naviy dunyosini boyitadi. Xor
san‘ati ommani musiqaviy tarbiyalashda kishilarni loqayt eshituvchi emas,
balki faol qatnashchilarga aylantiradi.Ba‘zi bir sotsiologik kuzatishlarga
qaraganda, xavaskorlik xor kollektivlarida astoydil qatnashgan kishilar
xayotda ham, ishlab chiqarishda ham serg‘ayrat bo‘ladilar. Xor shunday
bir san‘atki unda badiiy va musiqiy ijodiyot o‘zaro uyg‘unlashuv va yaxlit
va abadiy obraz yaratiladi. Bu san‘at doimo xalq qo‘shiqchilik
ijodiyoti
bilan bog‘liq bo‘lib, xususan, rus va ayrim boshqa xalqlar milliy musiqa
madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynab kelgan.
Xor san‘ati uzoq tarixga egadir. Qadim zamonlardan beri xalqlar orzu-
umidlari, xis tuyg‘ularini qo‘shiq aytish , patomima qilish kabi vositalar
bilan ifodalab kelganlar. Ko‘pchilik bo‘lib qo‘shiq aytish deyarli hamma
xalqlarning mehnat faoliyati, an‘anaviy marosimlari,
qolaversa, butun
turmush hayoti bilan doimo boģliq bo‘lib kelgan. Ma‘lumki an‘anaviy
marosim qo‘shiqlari u yoki bu marosim munosabati bilan xalq tomonidan
to‘kilgan, xor bo‘lib ijro etilgan. G‘arb davlatlarida, shuningdek, Rossiyada
xalq qo‘shiqlari bilan bir qatorda keyinchalik cherkovda aytiladigan
professional xor ijrochiligi paydo bo‘ladi. Qadimiy cherkov qo‘shiqchiligi,
asosan unison bo‘lib, x asrlarda ikki ovozli qo‘shiqlar paydo bo‘ladi.
Uyg‘onish davrida ko‘p ovozli xor ijrochiligi rivojlandi. Xususan, XV-XVI
asrlarda D. Palestrina O.Lasso, K.Janeken, J.Depre kabi polifonist
kompozitorlar yashab ijod qilgan davrda xor san‘atining akapella ijrochilik
uslubi yanada ravnaq topdi. Professional xor qo‘shiqchiligi vaqt o‘tishi
bilan cherkovdan tashqari podshoh, knyaz, pomeshchiklar saroylarida xam
keng tarqaldi. Saroylardagi professional xorlar o‘yin-kulgi tomoshalarida
xizmat qilish uchun saqlangan. Bu esa yuqorida qayd qilingan ba‘zi xalqlar
xor san‘atining rivojlanishiga keyinchalik ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi.
Keyinchalik Bax, Gendel,
Betxoven, Glyuk, Gaydn, Motsart, Verdi, Bize,
romantik
kompozitorlardan
Shubert,
Shuman,
Mendelson,
rus
kompozitorlaridan Glinka, Rimskiy-kKorsakov va boshqalar o‘z ijodlari
bilan xor san‘atini yuqori pog‘onalarida ko‘tradilar. Rossiya cherkovdan
tashqari krestyan, shahar, makrab qo‘shiqchiligi, opera teatrlari va qo‘shiq
aytishni sevuvchilar xorlari rivojlandi. Xor ijrochiligi san‘atida aralash
169
xorlar formasi deyarli bo‘lmasada alohida erkaklar, ayollar va bolalar
tomonidan qo‘shiq aytish an‘analari bo‘lgan.
Shuni ham takidlab o‘tish kerakki
revolutsiyaga qadar mavjud
bo‘lgan xor orkestr va boshqa badiiy havaskor kollektivlar ma‘lum
miqdordagi san‘at shinavandalaridan iborat bo‘lib ularning bu ishi esa
umumxalq ishga qaratilgan edi.O‘zbekistonda professional xor san‘ati eng
kech rivojlana boshlagan san‘at turlaridan biridir. Chunki dastlabki
yillarda professional xor san' atini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan shart-
sharoitlar yo‘q edi. Xalqqa manzur bo‘ladigan uni sevib ijro etadigan
zamonaviy ko‘p ovozli musiqa asarlari yaratish, o‘zbek xalq qo‘shiqlarini
qayta ishlash uchun kerakli kompozitsiya vositalarini topish zarur edi. Bu
masalalarni amalga oshirish va o‘zbek musiqa madaniyatini rivojlantirish
uchun musiqa o‘quv
yurtlari uchun ochish, malakali xor mesterlari ,
kompozitor va musiqashunoslar, musiqachilar va boshqa kadrlar tayorlash
va ko‘p ovozli musiqani propaganda qilish kerak edi. Professional xor ijodi
va ijrochiligining oddiy formalari 30-yillarda yozilgan musiqali dramalarda
uchraydi. "Farxod va Shirin" va "Gulsara" musiqali dramalarda ikki ovozli
xor
nomerlari
qo‘llaniladi.
Masalan
Farxod
va
Shirin
musiqalindramasining xotima qismida Xisrav lashkarlarining xor ijodida
ikki ovozlilik qo‘llangan. Shu asarning 2-redaksiyasiga esa kompozitorlar
ikki ovozli xorlarni anchagina kiritadilar. Gulsara musiqali dramasida ham
xor fakturalari , asosan, ikki ovozda yozilgan, ba‘zan epuzodik uch ovozli
ham uchraydi. Lekin o‘sh xor fakturalarida to‘liq uch va to‘rt ovozlar
qo‘llanilmagan,chunki
kompozitorlar
ham
sharoit
to‘liq
pishib
yetilmaganini yaxshi bilar edilar. 30-yillarning
ikkinchi yarmida bu ish
ancha takomillasha bordi. Musiqa xor sohasida rus kompozitorlari bilan bir
qatorda milliy kompozitorlar ham ijod qila boshladilar.
1934-1937-yillar davomida Moskva konservatoryasida yangi tashkil
qilingan opera studiyasining har xil bo‘limlarida O‘zbekistondan kelgan
ko‘pgina istedodli yoshlar ham o‘qidi. Karim Zokirov G‘ulom
Abdurahmonov Mihail va Morhuday Davidovlar Muhtor Ashrafiy Sora
Samandarova va boshqalar shu studiyada tahsil ko‘rib kelgusida tanilgan
honanda , sozanda , drijor va kompozitorlar bo‘lib yetishdilar.