162
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni, 2017 yil 9 sentabrdagi
«Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek, Maktabgacha ta’lim
vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk
va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk
qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturini
amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarini hal
etish nazarda tutilgan.
Ushbu chiqarilgan qaror va farmoishlar ayni vaqtda qabul qilingani
yurtimiz aholisini birdek quvontirdi. Sababi uyda usgan bola bilan
maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalangan bolaning farqi keskin
sezilishini Prezidentimiz ham o‘z ma’ruzalarida qayta-qayta takrorladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan mash’g‘ulotlar
orasida musiqa mashg‘ulotlarinig ahamiyati beqiyosdir. Bo‘lajak
musiqa
mutaxassislari yosh avlod ongiga yuksak tuyg‘ularni singdirish, ularda
Ona Vatanga muhabbat, go‘zallikka intilib yashash, uni asrash va
yaratishga bo‘lgan ishtiyoq uyg‘otuvchi kasb egalari hisoblanadilar.
Bolalar musiqa asarlarini tinglash madaniyatini
puxta egallashlari,
ularning ichidan o’zlariga kerak, yoki kerak emaslarini, yaxshi yoki
yomonlarini ajrata bilishlari, qisqacha aytganda musiqani to’g‘ri idrok eta
olisah malakasiga ega bo’lishlari ularning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga
o’ta kuchli ta’sir ko’rsatuvchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Bolalarning
musiqa tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilishi, ularning musiqani to’g‘ri
idrok eta olish qobiliyatlarini to’g‘ri yo’nalishda shakllantirishga jiddiy
ahamiyat berilishi zarur.
Musiqiy mashg‘ulotlar oldiga qo‘yilgan
har qanday maqsad va
vazifalarni amalga oshirish, avvalo, musiqa rahbarining pedagogik
tayyorgarligiga bog‘liq.
Musiqiy mashg‘ulotlar bog‘chada o‘tiladigan boshqa mashg‘ulot-
lardan ancha farq qiladi va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar
quyidagilardan iborat:
- musiqa mashg‘ulotlari musiqa savodi va ijrochilikka doir bir necha
faoliyat turlaridan (qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqiy-ritmik
harakatlarni bajarish,
musiqa savodi, bolalar musiqa cholg‘u asboblarida
jo‘r bo‘lish) tashkil topadi;
- bu mashg‘ulotlar boshqa mashg‘ulotlardan o‘zining ifoda vositalari,
ya’ni «tili» bilan farq qiladi. Tasviriy san’at ranglar bilan, adabiyot so‘z
bilan, musiqa esa tovushlar orqali vujudga keladigan ohanglar vositasida
insonga ta’sir etadi;
- musiqa mashg‘ulotlari bolalarning ruhiyatiga,
emotsiyasiga faol
ta’sir ko‘rsatib, ularni quvontiradi, ijodiy kechinmalar hosil qilib, ma’naviy
ozuqa beradi;
163
- musiqa mashg‘ulotlari jismoniy tarbiya, rasm, odobnoma,
atrofimizdagi olam kabi mashg‘ulotlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Musiqiy
mashg‘ulotlarni
olib
borishda
musiqa
rahbari
kichkintoylarning yoshi va qiziqishlarini e’tiborga olishi lozim.
Mashg‘ulotning tuzilishi o‘quv materiallarining mazmunidan kelib
chiqishi kerak. Bunda asarlarning ta’limiy, tarbiyaviy ahamiyati, badiiy
saviyasi, bolalar yoshiga mosligining hisobga
olinishi muhim ahamiyat
kasb etadi.
Musiqa mashg‘ulotlarining tuzilishi quyidagi faoliyat turlaridan
iborat: