References:
1.English Literature./M.Bakoeva,E.Muratova,M.Ochilova/Toshkent 2010
2.https://en.m.wikipedia.org/wiki/William_Shakespeare
3.https://nosweatshakespeare.com/quotes/literature/quotes-about-shakespeare
4.
https://www.theupcoming.co.uk/2020/09/01/how-shakespeare-changed-
literature-around-the-world/
MUSIQIY BILIMLAR O‘ZVIYLIGINI TA’MINLASHDA
IJODIY FAOLLIKNI OSHIRISH YO‘LLARI
M.Mirzyeva
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
1-bosqich magistranti.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining ma’naviy yangilanish yo‘lida
ijodning barcha turlari rivojlanishiga sharoit yaratib berishga, o‘sib
151
kelayotgan yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish, millatidan va
irqidan qat’i nazar yoshlarning ijodi va qobiliyatlarini o‘stirish ishiga katta
ehtibor berish, bo‘gungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Bu
esa umumta’lim maktablarida o‘quv-tarbiyavaiy ishlarning yanada
takomillashtirishni, ta’lim va tarbiyani mushtarakligiga erishishni taqozo
etadi.
Musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rin tutgan va inson
shaxsiyatining shakllanishida muhim rol o‘ynaydigan san’at turidir.
Eramizdan oldingi IV asrdanoq grek faylasufi Platon shunday degan edi:
«Eng katta tarbiyaviy omil musiqiy san’atda emasmikan, zeroki, ritm va
garmoniya hammadan ko‘proq shu vaqtda qalbga chuqur yo‘l topadi va
salobat baxsh etib, uni ko‘rkam qiladiki, agar tarbiya to‘gri yo‘lga qo‘yilgan
bo‘lsa, aks xolda uning teskarisi bo‘lib chiqadi.
Uning shogirdi Aristotel (Aflotun) komil ishonch bilan mazkur fikrni
quvvatlaydi. «Musiqa kishi ruhining axloqiy tomoniga ma’lum darajada
ta’sir etadi, bas shunday ekan, u yoshlarning tarbiyasiga, ta’sir etadi.»
Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu-Nasr Al-Forobiy esa musiqaning
shaxs shakllanishiga aniq ta’sirini quyidagicha bayon etadi: «Bu fan (ya’ni
musiqa D.O) shu ma’noda foydaliki, kimning fe’l atvori muvozanatni
yo‘qotgan bo‘lsa, tartibga keltiradi, kamol topmaganlarni kamolotga
yetkazadi va muvozanatda bo‘lganlarning muvozanatini saqlaydi. Bu fan
tanning sog‘ligi uchun ham foydalidir.»
Musiqa madaniyati darslarida maktab yoshidagi o‘quvchilarni ijodiy
faoliyatini oshirish tamoyillarini ishlab chiqish va amalga oshirish
ta’limning ustivor vazifalaridan biridir.
Bu esa musiqiy–ijodiy faollik orqali o‘quvchi – yoshlarning musiqiy–
madaniyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘gan holda, bir qator holatlar
orqali belgilanadi.
Musiqiy o‘quv tovushning baland va pastligi, ohanglar, usullar,
musiqiy ifoda vositalari, yakka ovozlilik, jo‘rovozlilik, musiqiy idrok,
musiqiy tafakkur, musiqiy layoqat, tinglash va kuylash qobiliyati shular
jumlasidandir.
Maqolaning amaliy ishini tashkil qilish yuzasidan o‘tkazgan tajriba–
tadqiqot–ishimizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqiy ijodiy
layoqat tizimini ishlab chiqishga harakat qildik va uning asosiy
ko‘rsatgichlarini quyidagilar deb belgiladik:
- musiqaga va musiqiy faoliyatga qiziqtirish;
- musiqiy va musiqiy faoliyat jarayonida musiqiy ijodning namoyon
bo‘ishi;
- musiqiy asarlarni taqqoslash orqali fikrlar xilma- xilligini farqlash,
baholash, xulosa chiqarish;
152
-o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga intilish, ijrochilik
va musiqiy ijodini faolligini oshirish.
|